PROFEDU.UZ
1.16K subscribers
6.3K photos
1.01K videos
38 files
3.1K links
🏛 Professional ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali

• Veb sayt: http://ipitvet.uz/
• Elektron pochta: [email protected]
加入频道
Forwarded from uztdibot
⚡️ Педагог кадрлар аттестацияси бўйича онлайн мулоқот ўтказилади

Бугун, 24 декабрь куни соат 18:00 дан 19:00 га қадар Таълим инспекциясининг Facebook'даги расмий саҳифаси орқали педагог кадрлар аттестация бўйича инспекциянинг масъул ходимлари иштирокида онлайн мулоқот ўтказилади.

📌 Ўқитувчилар навбат билан инспекция ходимларига малака синовларидаги тест спецификациялари мазмуни ҳамда жараёнларнинг ташкил этилиши бўйича ўзларини қизиқтирган саволларни беришлари мумкин.

Эслатиб ўтамиз, жорий ой бошида Таълим инспекцияси томонидан барча умумтаълим фанлари бўйича илк маротаба тест спецификациялари эълон қилинганди.

Мазкур спецификациялар бўйича педагоглардан таклиф ва мулоҳазалар келиб тушган бўлиб, мулоқот давомида ушбу фикрлар ҳам муҳокама қилиниши режалаштирилган.

❗️Онлайн мулоқотда иштирок этиш учун Таълим инспекциясининг Facebook'даги расмий саҳифасига обуна бўлинг:

👉https://www.facebook.com/uztdi
Forwarded from Edu.uz
#Professional_taʼlim
#Hamkorlik

Germaniya bilan hamkorlikda yengil sanoat yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi

🔰 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi o‘rtasida shartnoma imzolandi.

✔️ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi rahbari Mattias Klingenberg va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov o‘rtasida mazkur loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil 👉https://edu.uz/uz/news/view/3354

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🏛 Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga a’zo bo‘ling

Veb-sayt|Facebook|Telegram|Youtube
#Infografika

📊 Ushbu #infografika O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-sentabrdagi “Professional ta’lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamlarini yaratishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 465-sonli buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan

Veb-sayt|Facebook|Telegram|Youtube
#Seminar

🌐
#German Sparkassenstiftung for International Cooperation loyihasi doirasida Pedagogik innovatsiyalar institutida “Micro Business game”ga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

📈 Ushbu biznes o‘yin tadbirkorlik va moliya sohasidagi nazariy bilimlarni olish, shu bilan birga o‘yin shaklda amaliyotda qo‘llash hamda bilim olishda yutuqlarni sezilarli darajada oshirishga imkon beradi.

Ushbu seminar trening kelgusida hududlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Veb-sayt|Facebook|Telegram|Youtube
Педагогларга аттестациядан ўтганлик тўғрисидаги сертификат электрон шаклда берилади

Мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартибини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисидаги Ҳукумат қарори (572-сон, 17.09.2021 й.) қабул қилинди.

🔰 Қарорга кўра, 2022 йил 1 январдан:

педагог кадрларни аттестациядан ўтказиш бўйича вазирликлар ва идоралар, Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар, Тошкент шаҳри, туманлар (шаҳарлар) ҳамда таълим муассасалари миқёсидаги аттестация комиссияларини тузиш ва йиғма жилд орқали ҳужжат топшириш амалиёти бекор қилинади;

педагог кадрларни аттестациядан ўтказиш уларнинг педагогик маҳорати ва психологик тайёргарлигини баҳолаш ҳамда Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси томонидан ўқув фани бўйича малака синовини ўтказиш орқали амалга оширилади;

педагог кадрларни аттестациядан ўтказиш ва уларга малака тоифаси (лавозим) бериш бўйича ҳужжатларни қабул қилиш ДХМ ёки ЯИДХП ёхуд Таълим инспекцияси расмий веб-сайтидаги махсус портал орқали амалга оширилади;

педагог кадрларга қоғоз шаклидаги аттестациядан ўтганлик тўғрисидаги сертификат бериш амалиёти бекор қилиниб, электрон шаклдаги сертификат бериш тартиби жорий этилади;

педагог кадрларга бунгача берилган сертификатлар ўз кучида қолади ва амал қилиш муддати тугагунга қадар сертификатда кўрсатилган малака тоифаси (лавозими) бўйича базавий тариф ставкалари асосида ҳақ тўлашда ҳисобга олинади.

🗓 2022 йил 1 январгачаpedkadr.tdi.uz” платформаси ишлаб чиқилади.

💰 Пенсия ёшига тўлган педагог кадрлар навбатдаги аттестацияга жалб этилмайди, аттестациядан ўтганлик муддати тугашидан қатъий назар уларнинг амалдаги малака тоифаси (лавозими) сақлаб қолинади ҳамда мазкур малака тоифаси бўйича ҳақ тўланади.

☑️ Пенсия ёшига тўлган педагог кадрлар ўз хоҳишига кўра навбатдан ташқари аттестациядан ўтиб, малака тоифаси оширилган тақдирда, уларга янги тасдиқланган малака тоифаси бўйича ҳақ тўланади.

📋 Қарор билан шунингдек, мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

http://yangx.top/Rasmiy_xabarlar_Official
#Seminar

🌐 Seminarda xalqaro tajribalar o‘rganildi

2021-yil 20-dekabr kuni Samarqand shahar kasb-hunar maktabida Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” fondi tomonidan viloyatdagi kasb-hunar maktablarida “Biznes asoslari” fani o‘qituvchilari uchun joriy yilning 20-dekabridan 26-dekabrigacha bo‘lib o‘tadigan juda qiziqarli bo‘lgan seminar-trening o‘quv tadbirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

💠 Seminar-trening German Sparkassenstiftung for International Cooperation (German Sparkassenstiftung)ning uzoq muddatli eksperti, fondning hududiy vakili Matias Vangler, Fondning mas’ul xodimi Raxmonova Sobaxon va master-trenerlar Nargiza Isxakova va Muxabbat To‘xtasinovalar hamda Samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda tomonidan tashkil qilindi.

👉 Batafsil

Veb-sayt|Facebook|Telegram|Youtube
PROFEDU.UZ pinned a photo
#Videoyoʼriqnoma

🎞 Professional ta’lim tizimini metodik ta’minlash portali haqida video yo‘riqnoma tayyorlandi

🏛 Pedagogik innovatsiyalar institutining Professional ta’limni raqamlashtirish laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqilgan edu.profedu.uz onlayn Metodik ta’minlash platformasidan foydalanish bo‘yicha video yo‘riqnoma.

‼️ Platformadan foydalanish bo‘yicha video yo‘riqnoma bilan Pedagogik innovatsiyalar instituti Raqamli ta’lim texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i Abrayqulov Abdimalik Umbarovich tanishtiradi.

🎬 Video yo‘riqnomani ko‘rish

Veb-sayt|Facebook|Telegram|Youtube
Forwarded from Edu.uz
#Foydali |#Professional_taʼlim

⚡️MUHIM! 2021/2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar diqqatiga!

🔰2021/2022-o‘quv yili qabulida
kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarga istisno tariqasida, ularni bergan arizalariga muvofiq imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o‘rinlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat etildi.

❗️Quyida kollej va texnikumlardagi vakant o‘rinlar hamda fanlar majmuasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab oling👇🏻

💾 Kollejlar
💾 Texnikumlar
💾 Fanlar majmuasi

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❗️DIQQAT E'LON

🌐 Professional ta’limni metodik ta’minlash platformasiga kasb va mutaxassisliklarning o‘quv-me’yoriy hujjatlari joylashtirib borilmoqda.

📊 Shu vaqtgacha platformaga joylashtirilgan o‘quv-meyoriy hujjatlar kasb va muxassisliklar bo‘yicha jami 444 ta, shu jumladan, boshlag‘ich professional ta’lim darajasi bo‘yicha 152 ta, o‘rta professional ta’lim darajasi bo‘yicha 195 ta hamda o‘rta-maxsus professional ta’lim darajasi bo‘yicha 97 tani tashkil etadi.

Platformadan ro‘yxatdan o‘tgan holda zarur bo‘lgan o‘quv-me’yoriy hujjatlarni yuklab olishingiz mumkin.

🖥 Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida kasb va mutaxassisliklarning o‘quv-me’yoriy hujjatlarining havolalari ta’lim yo‘nalishlari kesimida Pedagogik innovatsiyalar institutining telegram kanaliga tizimli tarzda joylashtirib boriladi.

Veb-sayt|Facebook|Telegram|Youtube
#Videoyoʼriqnoma

🖥
edu.profedu.uz Metodik ta'minlash platformasida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video yo‘riqnoma tayyorlandi.

🏛 edu.profedu.uz onlayn Metodik ta’minlash platformasida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video yo‘riqnoma Pedagogik innovatsiyalar institutining Professional ta’limni raqamlashtirish laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

🎬 Video yo‘riqnomani ko‘rish

Veb-sayt|Facebook|Telegram|Youtube
Assalomu alaykum!

Hurmatli Vatandoshim!

Sizni kirib kelayotgan Yangi - 2022 yil ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman!

Hayotingizga farovonlik, xonadoningizga qut-baraka, farzandlaringizga barkomollik tilayman. Jonajon O’zbekistonimiz taraqqiyoti yo’lidagi ezgu ishlaringizga zafarlar yor bo’lsin!

Hurmat va ehtirom bilan Zayniddin Xudayberdiyev

Veb-sayt|Facebook|Telegram|Youtube
Forwarded from Edu.uz
#2022_йил_номи

⚡️2022 йил «Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили» деб эълон қилинди

Бу ҳақда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Янги йил муносабати билан Ўзбекистон халқига йўллаган табригида маълум қилди.