Geoinnovatsiya Markazi DUK
170 subscribers
1.09K photos
158 videos
8 files
492 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
#kadastr #quyosh_panel

Ma'lumki 2023-yil yakuniga qadar 🌟Kadastr agentligi tizimida jami 21 ta obyektda quyosh panellari o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

💠Shundan 🌟 Kadastr agentligi markaziy apparati binosida 1 ta, 🌟Kadastr agentligi hududiy boshqarmasida 1 ta, 💫Davlat kadastrlari palatasining 13 ta hududiy boshqarmalarida va 6 ta Agentlik tizim tashkilotlari binolarida jami 855 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bular:
😎Agentlik markaziy apparati binosi (120 kVt),
😎Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati (60 kVt)
😎Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi (20 kVt),
😎Andijon viloyati (30 kVt),
😎Namangan viloyati (40 kVt),
😎Farg‘ona viloyati (60 kVt),
😎 Jizzax viloyati (15 kVt),
😎Qashqadaryo viloyati (30 kVt),
😎Surxondaryo viloyati (20 kVt),
😎Toshkent shahar (60 kVt),
😎Toshkent viloyati (50 kVt),
😎Buxoro viloyati (15 kVt),
😎Xorazm viloyati (30 kVt),
😎Navoiy viloyati (15 kVt),
😎Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida (rejadan tashqari) (10 kVt) quyosh panellari o‘rnatildi.
🟡 Sirdaryo viloyati boshqarmasida (15 kVt) quyosh panellari o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

🔋Quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha yillik reja jami 855 kVt bo‘lib, iyul oyi yakuniga qadar 580 kVt rejaga nisbatan 67,8 % o‘rnatish ishlari yakunlanadi.

Ma'lumot uchun: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish 🌟Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” DUK tomonidan manzilli dastur asosida olib borilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #quyosh_panel

⚡️Sirdaryo viloyati boshqarmasining ma'muriy binosiga ham quyosh panellari o'rnatildi.

Qayta tiklanuvchi energiyadan samarali foydalanish va energiya tejovchi manbalarni qo'llash maqsadida  Sirdaryo viloyati bosharmasi ma'muriy binosining tom qismiga  Xitoyning LONGI kompanyasining soatiga 550 W elektr quvvatini beruvchi 28 dona MONOKRISTAL quyosh panellari o'rnatildi. Ushbu panellar umumiy soatiga 15 KW elektr energiya ishlab chiqaradi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
Команда RediTech.gif
39.6 MB
#Geoinnovatsiya #quyosh_panel

Quyosh resurslaridan foydalanishni bir necha xil afzalliklari bor. Bular:

🔸Boshqa energiya manbalaridan farqli o’laroq, quyosh energiyasi tugamaydi. Quyosh panellarini o’rnatish va undan foydalanish elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish uchun ajoyib yechim bo’lib xizmat qiladi;

🔸Quyosh energiyasini potensiali o’ta yuqori darajada. Foydalanish uchun olinishi mumkin bo’lgan energiya manbai terravatlarda o’lchanadi. Bu esa talabdan ko’ra 20 baravar ko’proqdir. Undan, tashqari quyosh energiyasini isrof qilib tugatishning iloji yo’q, shu sababdan bu energiyadan kelajak avlod ham bemalol foydalanishi mumkin;

🔸Quyosh nurlari Yer sayyorasining istalgan nuqtasigacha yetib boradi, bu faqatgina ekvator atrofida joylashgan davlatlarga tegishli emas, hatto Shimoliy Qutbda ham quyosh energiyasidan bemalol foydalanish mumkin. Hozirda davlatlar orasida bu energiyada foydalanish bo’yicha Germaniya ustunlik qiladi;

🔸Ekologiya uchun xavfsiz. Hozirda foydalanilayotgan energiya manbalari atrof muhitga katta zarar yetkazibgina qolmasdan, ularni o’rnini qoplash ilojsizdir. Quyosh energiyasi esa bundan mustasno. Quyosh panellarini ishlab chiqarish, undan foydalanish ekologiya uchun mutlaqo xavfsizdir;

🔸Ishlab chiqarish va undan foydalanishda umuman shovqin bo’lmaydi;

🔸Ishlatish uchun kam xarajat talab etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt