Geoinnovatsiya Markazi DUK
170 subscribers
1.09K photos
158 videos
8 files
492 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
#Geoinnovatsiya #ona_tilim_faxrim

Bugun Kadastr agentligi markaziy apparati va tizim tashkilot xodimlari uchun O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilganliga 34 yil to'lgani munosabati bilan "Ona tilim-faxrim" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

Tadbirga Iqtisodiyot va moliya vazirining maslahatchisi Obiddin Mahmudov, Oʻzbekiston milliy universiteti filologiya fanlar nomzodi Muzaffar Artikov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyoti sektori dotsenti, filologiya bo‘yicha falsafa doktori Yulduz Eshmatovalar mehmon sifatida taklif qilindi.

Tadbirda Kadastr agentligi xodimlari va tizim tashkilotlarda faoliyat olib boradigan xodimlar orasida "Geoinnovatsiya markazi" DUK xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Sher va g'azallar o'qib bayram kayfiyatini yaratishdi. Taklif qilingan mehmonlarning mantiqiy savollariga to'g'ri javob bergan xodimlar kitoblar bilan taqdirlanishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt