Geoinnovatsiya Markazi DUK
170 subscribers
1.09K photos
158 videos
8 files
492 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
#Kadastr #referendum #befarqemasman

⁉️ Referendumda chet davlatda turgan holda qatnashish imkoni borligidan xabaringiz bormi?

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarda muddatidan oldin ovoz berish fuqaroning turgan joyida o‘tkazilishi mumkin.

📃 O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi fuqarolarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda fuqarolarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi.

Fuqarolarning turgan joyida ovoz berishi O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida o‘tkaziladi.

Ovoz berish tugaganidan keyin referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolari ko‘chma ovoz berish qutisini ochadi, uning ichidagi ovoz berish byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni plombalaydi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.

❗️ Ovoz berish byulletenlari solingan qop plombalangan holda dalolatnoma bilan birga referendum uchastkasiga olib boriladi va referendum kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar saqlanadi”

Manba: O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 16.06.2022 yildagi O‘RQ-779-son

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM