Geoinnovatsiya Markazi DUK
170 subscribers
1.09K photos
158 videos
8 files
492 links
📌Ushbu kanalda Siz Geoinnovatsiya markazi davlat unitar korxonasining faoliyati, dronlar haqida ma'lumotlar va sohadagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
加入频道
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #LX #workshop

🟢24-25-oktabr kunlari Koreya Respublikasining yer va geofazoviy maʼlumotlar korporatsiyasi (LX) va SIIS vakillaridan iborat, Lee Jong Min boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda mehmon bo'lishdi.

“Integratsiyalashgan sunʼiy yo‘ldosh tasvirlarini qo‘llash tizimi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar uchun dastlabki o‘rganish” loyihasi doirasidagi ushbu tashrif davomida Kadastr agentligi markaziy apparati, Geoinnovatsiya markazi va Respublika aerogeodeziya markazi xodimlari uchun 2 kunlik mahalliy trening bo‘lib o‘tdi.

🟥Trening davomida mutaxassislar

➡️Geodezik koordinatalar tizimi;

➡️Yerni kuzatish sunʼiy yo‘ldosh tizimi platformasi;

➡️Koordinatalarni o‘zgartirish usuli;

➡️Koordinatalar tizimini o‘zgartirish uchun dasturiy taʼminot joriy etish kabi mavzularda malakalarini oshirdilar.

🖼Trening yakuni bo‘yicha mutaxassislarga Koreya Respublikasi delegatsiyasi tomonidan sertifikat va sovg‘alar topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM