Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi
364 subscribers
15K photos
880 videos
23 files
2.61K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Namangan viloyati boshqarmasining rasmiy kanali

Murojaatlar uchun: @econam_bot
加入频道
Namangan shahrida belgilanmagan hududlarga chiqindi tashlaganlarga qonuniy chora ko‘rildi

Prezidentimiz tomonidan joriy yil 31 mayda qabul qilingan «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmon hamda “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha, Namangan viloyati prokuraturasi, Ekologiya va Ichki ishlar boshqarmalari hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida belgilanmagan joylarga chiqindilar tashlanishini oldini olish bo‘yicha tungi reyd tashkil etildli.

Namangan shahrining, Chorsu, Boburshoh, A.Xodjayev, Navoiy hamda Istiqlol ko‘chalarida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida fuqarolar tomonidan belgilanmagan hududga turli-xil chiqindilarni tashlanishini oldi olindi. Chiqindi tashlagan 20 nafardan ortiq fuqarolarga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-1-moddasi bilan tegishli tartibda jarima tayinlandi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://yangx.top/eko_xabarlar
Ijtimoiy tarmoq orqali To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan chiqindi pavilonidan chiqayotgan zaharli tutun atrof-muhitga jiddiy ziyon yetkazoyotgano yuzasidan qilingan murojaatga munosabat.

Murojaat Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi va “Musaffo iqlim” MCHJ tomonidan murojaatchilar ishtirokida joyiga borib o‘rganildi. O‘rganish chog‘ida yong‘inni bartaraf etish chorasini ko‘rilib, poligonni rekultivatsiya qilish bo`yicha tegishli ko`rsatma berildi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://yangx.top/eko_xabarlar
“Daraxtlarga nafas bering” ommaviy tadbirlari davom etmoqda

Norin tumanining barcha hududlarida “Obodonlashtirish oyligi”ga hamohang tarzida daraxt va buta ko‘chatlarini parvarishlash, qurib qolishini oldini olish bo‘yicha “Daraxtlarga nafas bering” ommaviy tadbirlari ham o‘tkazilmoqda.

Tadbirda inspektorlar tomonidan tumanimizning Toshloq mahalla hududidagi va katta yo‘l bo‘ylari, piyodalar yo‘lagidagi manzarali daraxt va butalarning osti asfalt va beton qoplamalaridan xalos etildi va o‘rnatilgan turli chiroqlar, reklama bannerlaridan olib tashlanib, sug‘orish ishlari bajarildi.Shu bilan birga “Daraxtlarga nafas bering” chelenji ham o‘tkazildi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://yangx.top/eko_xabarlar
Namanganda noqonuniy qum-shag‘al qazib olayotganlarga qat'iy choralar ko‘rilmoqda

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi Kosonsoy tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan noruda foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olinishining oldini olish bo‘yicha reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tumanning “Obodon” mahallasi hududida o‘tkazilgan reyd tadbirida shu hududdan oqib o‘tgan Xitoysoy o‘zanidan fuqaro D.A. tomonidan o‘zining boshqaruvidagi "Volvo" rusumli ekskavatorda qum-shag‘al qazib olib yuk mashinalariga yuklayotgani aniqlandi.

Holat bo‘yicha D.A.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 71-moddasi 1-qismiga ko‘ra bazaviy hisoblashning 30 barobari miqdorida 9 900 000 so`m jarima tayinlandi. Shuningdek, qum-shag‘al olingan hududda mutaxassislar tomonidan o‘lchov ishlari olib borilib, 4 600 000 so`m tabiatga yetkazilgan  zarar hisoblandi.

Viloyatda reyd tadbirlari davom etmoqda.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Har yili Respublikamiz bo‘yicha Ekologiya vazirli va Ichki ishlar vazirligining qo‘shma ko‘rsatmasiga asosan ikki bosqichda “Toza havo” oyligi tadbiri o‘tkaziladi. Joriy yilning 10-avgustdan mazkur tadbirning ikkinchi bosqichi boshlandi.

Bunda asosiy maqsad avtotransport vositalaridan atrof-muhitga yetkazilayotgan zararli taʼsirlarni kamaytirishdir.
Tadbir davomida avtotransport vositalaridan tashlanayotgan zararli gazlarning toksiklik darajasi, tutun qalinligi “Gazoanalizator” yordamida o‘lchab nazoratdan o‘tkaziladi. Taʼkidlash joizki, viloyatimizda 200 mingdan ortiq avtotransport vositalari mavjud.

Ayni vaqtda Namangan viloyatining shahar va tuman markazlarida Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari hamkorlikda nazorat tadbirlari tashkil etilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida aytish joizki, “Toza havo” oyligining birinchi bosqichida 6000 ortiq avtotransport vositalari “Gazoanalizator” o‘lchov uskunasi yordamida nazoratdan o‘tkazilgan.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Toza havo oyligi tadbiri davom etmoqda.

Chortoq tumani ekologiya inspeksiyasi tomonidan atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tumanning Bog‘ mahallasi hududida o‘tkazilgan reyd tadbirida Mustaqillik ko‘chasida yashovchi fuqaro N.A tomonidan turli xildagi qurilish chiqindilarini to‘plab yoqib yuborganligi holati aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-modda 1-qismida bilan bayonnoma rasmiylashtirilib N.A.ga nisbatan ba`zaviy hisoblashning bir barobari 330.000 so`m miqdorida maʼmuriy jarima tayinlandi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://yangx.top/eko_xabarlar
Namangan tuman ekologiya bo‘limi, "O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi" hamda “Namanganyo‘lko‘kalam” UK hodimlari bilan hamkorlikda tumanning Eshobod va Qurama mahallaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘li chetlarida mavjud bo‘lgan 2500 dan ziyod manzarali  daraxt va butalarni pavarishlash ishlari tashkil etildi.

Tadbir davomida daraxtlar zararkunandalarga qarshi kimyoviy vositalar bilan ishlov berilib, tag qismlari begona o‘simliklardan tozalandi va oqlab sug‘orish ishlari bajarildi.

Shuningdek, tumanning “Guldirov”, “Chag‘ir”, “Sho‘rqishloq” va  “O‘lmas” mahallalari hududlaridagi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan turli xildagi manzarali daraxt ko‘chatlarining tag qismlari yumshatilib, sug‘orildi.

Tadbirlar davom etmovda.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://yangx.top/eko_xabarlar