Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi
538 subscribers
15.8K photos
930 videos
23 files
2.78K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Namangan viloyati boshqarmasining rasmiy kanali

Murojaatlar uchun: @econam_bot
加入频道
Mavjud bog‘lar, daraxt va butalarga agrotexnik ishlov va shakl berish, barcha yo‘llarni taʼmirlash, zovur va ariqlarni, dam olish maskanlarini, bozor hududlarini, qabristonlarni tozalash, tartibga keltirish obodonlashtirish oyligida amalga oshirib kelinmoqda.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi va "Namanganyo‘lko‘kalam‘ unitar korxonasi ishchi xodimlari tomonidan ushbu oylik Namangan, Pop, To‘raqo‘rg‘on tumanlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llari chetlariga "Yashil makon" loyihasi doirasida ekilgan mavjud manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini osti begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Ko‘chatlar tagi kosachasini ochib ariq orqali va maxsus motopompa suv nasosida sug‘orildi.

Shuningdek, tozalov ishlarida olingan chiqindilar maxsus transport vositasini orqvali tashib ketildi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://yangx.top/eko_xabarlar
Har bir fuqaro murojaati uning huquqlari taʼminlanishining muhim omillaridan biri bo‘lib, ushbu masalaga milliy qonunchiligimizda alohida o‘rin berilgan. Bu borada Ekologiya boshqarmasi tomonidan har bir murojaat o‘rganilib, ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyatining Davlatobod tumani Orzu mahallasida yashovchi fuqaro B.Sirojiddinov mahalladan chiqindilar olib ketilmayotgani yuzasidan qilgan og‘zaki murojaati o‘rganib chiqildi. Murojaat yuzasidan Davlatobod tuman Ekologiya bo‘limi va “Toza hudud” DUK xodimlari o‘rganish olib bordi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra mahallaga alohida ikkita maxsus chiqindi tashish mashinasi ajratilib, mahalladagi barcha ko‘chalarni yig‘ilib qolgan chiqindilar olindi. Shu bilan bir vaqtda qarzdorligi mavjud abonentlardan qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ishlar ham olib borildi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://yangx.top/eko_xabarlar
Namangan viloyati Ekologiya va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari xodimlari hamkorlikda Namangan va Andijon viloyatini bog‘lovchi avtomobil yo‘lidagi Norin yo‘l patrul xizmati maskanida “Toza havo” oyligi munosabati bilan nazorat tadbiri tashkil etildi.

Tadbir Uychi, Norin tumanlari Ekologiya bo‘limi inspektorlari va YHXX xodimlari ishtirok etib, viloyatimizga kirib kelayotgan avtotransport vositalaridan atmosfera havosiga chiqayotgan zararli gaz va tutun qalinligi maxsus o‘lchov qurilmasi “Gazoanalizator” yordamida o‘lchanib, atmosferani ifloslanishini va ularning zararlilik darajasini aniqlash ishlari amalga oshirildi.

Nazorat tadbiri davomida inspektorlar tomonidan 100 yaqin avtotransport vositalari nazoratdan o‘tkazilib, bir vaqtning o‘zida har bir haydovchiga “Toza havo” oyligi o‘tkazilishining mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbirlar viloyatimizning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🍀 @ecogovuz_bot orqali ariza va takliflarni qabul qilamiz

Siz yon-atrofingizda daraxt kesilishi, chiqindi tashlanishi va boshqa shu kabi atrof-muhitga zarar yetkazadigan holatlarga duch kelsangiz, bu haqda @ecogovuz_bot orqali matn, surat va video shaklida bizga ma'lum qilishingiz mumkin.
Shuningdek, bot orqali o‘z fikr va takliflaringizni ham yuborish imkoniga egasiz.

Muhim! Murojaatingiz barcha bosqichdan to‘liq o‘tganingizdan so‘ng qabul qilinadi. Qabul qilingan har bir murojaat e’tiborga olinadi.
___

🍀 Принимаем заявки и предложения через @ecogovuz_bot

Если вы столкнулись с незаконной вырубкой деревьев, накоплением отходов или другими подобными ситуациями, наносимые экологический ущерб, вы можете сообщить нам об этом, отправив фото или видео через @ecogovuz_bot, а также внести свои комментарии и предложения.

Ваша заявка будет принята после того, как вы выполните все шаги. Каждая поступившая заявка будет рассмотрена специалистами.

@ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.

📱Facebook
Ijtimoiy tarmoq orqali Namangan shahrida Musaffo iqlim degan tashkilot bor. Kishi boshiga har oy to‘lov oladi. Lekin meʼyor bo‘yicha bir oyda bir yoki ikki marta kelmasdan, 40-50 kunda kelishi yuzasidan qilingan murojaatga munosabat.

“Musaffo iqlim” MCHJ tomonidan belgilangan signal asosida Zarafshon mahallasiga chiqindilarni tashib ketish bo`yicha ish tashkil etildi.

To‘lov masalasida Zarafshon mahallasining hozirgi davrga qadarli "Musaffo iqlim" MCHJdan 195 million qarzdorligi mavjud. Toza hududda va xususiy sherikchilik asosida xizmat ko‘rsatuvchi “Musaffo iqlim” MCHJda ishlovchilarni oyligi, maxsus xizmat mashinalari xarajatlari qoplash kerak. Hurmatli fuqarolar burchingizni bajarishni ham unutmang.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://yangx.top/eko_xabarlar