Edu.uz
142K subscribers
21.7K photos
4.68K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Feyk_xabar

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari (MDH) va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro tanlovga maqolalar qabuli boshlandi” sarlavhali soxta xabarlar yuzasidan

📃 Xabarda tanlov g‘oliblari diplom, maqolalar jamlangan kitob, guvohnoma va turli boshqa sovgʻalar bilan taqdirlanishi aytiladi.

Ammo Yoshlar ishlari agentligining bunaqa tanlovlarga hech qanday aloqasi yoʻqligi ma’lum qilindi.

📛 Bu pul ishlash uchun ayrim kimsalar tomonidan o‘ylab topilgan yangi uydirma, firibgarlikning yana bir ko‘rinishi.

🚷 Iqtidorli yoshlarimizdan bunaqa firibgarlarning aldoviga ishonib qolmasliklarini soʻrab qolamiz!

☑️ Ishonchimiz komil, birovning yoki o‘zga tashkilot nomidan foydalanib, noqonuniy shaklda faoliyat yuritgan, yoshlarni aldagan shaxslar ustidan tegishli tashkilotlar tomonidan oʻrganish ishlari boshlab yuborilgan. Ularga, albatta, qonuniy chora ko'riladi.
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube