Edu.uz
142K subscribers
21.7K photos
4.68K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Rasmiy_bayonot

Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqalgan “Bu videomurojaat ko‘plab talabalar nomidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga!” nomli videomurojaat yuzasidan

Videomurojaatda o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabgorlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qilib, arizasi rad etilgan va kamchiligi bo‘lgan talabalar arizasini tahrirlash uchun yana bir bor imkon berishlarini so‘rashgan.

Vazirlik mazkur videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Xabaringiz bor, respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida o‘qishni ko‘chirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining transfer.edu.uz platformasi orqali joriy yilning 15-iyulidan 5-avgustiga qadar amalga oshirildi.

Ushbu davr mobaynida o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq zarur ma’lumotlar, xususan, jarayon boshlanishi, ko‘chirish tartibi, ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati 5-avgust ekanligi haqidagi eslatmalar vazirlik rasmiy veb-sayti va telegramdagi sahifasi orqali muntazam ravishda fuqarolar xabardor qilib borildi.

Ushbu muddatda transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabalar (fuqarolar)ning arizalari komissiya tomonidan to‘liq ko‘rib chiqildi. Ammo ma’lum bir sabablarga ko‘ra ayrimlarning arizalari rad etildi.

Mazkur holatni inobatga olgan holda 11-avgust kuni vazirlik tomonidan rad etilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha tahrirlash uchun so‘nggi muddat 13-avgust (ya’ni qo‘shimcha 3 kun) etib belgilangani haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar orqali rasman ma’lum qilindi.

Shuningdek, mazkur xabar bilan ushbu muddatdan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoni bo‘lmasligi va kamchiliklari bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmasligi haqida ham ogohlantirildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mazkur ogohlantirishlarga qaramasdan kamchiliklarni bartaraf etmaganlar uchun boshqa qo‘shimcha muddat berilmasligini ma’lum qilamiz.

————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari toʻgʻrisida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining bayonoti

Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov

👉 Matn formatida o'qish
👉 Kontrakt miqdorlari
👉 Kontrakt miqdorlarining taqqoslama jadvali
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari toʻgʻrisida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining bayonoti

👉 Batafsil oʻqish
🎥 Video formatida koʻrish
👉 Kontrakt miqdorlari
👉 Kontrakt miqdorlarining taqqoslama jadvali
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_munosabat

10 foizli imtiyoz joriy oʻquv yilida oʻqishga kirganlarga taalluqli emasligi haqidagi asossiz xabarlar yuzasidan

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan talabalarga stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi yuzasidan, jumladan, imtiyoz joriy oʻquv yilida oʻqishga kirganlarga taalluqli emasligi haqidagi asossiz xabarlar koʻplab muhokama qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olib, 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan (ya’ni vaksina olgan) talabalarga stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi xabar qilingan edi.

Bayonga koʻra, 10 foiz chegirma bonusi infeksiyaga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan, toʻlov shartnoma asosida oʻqiyotgan kunduzgi ta’lim shakli bakalavriat va magistraturaning barcha bosqich talabalari uchun beriladi.

Unutmang, emlash talabalarning yaxshi bilim olishlari bilan bir qatorda o‘zlari hamda professor-o‘qituvchilarning ham sog‘-salomat bo‘lishini ta’minlaydi!
#Rasmiy_bayonot

Toshkent davlat texnika universitetida joylashgan oshxonada sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan

Joriy yilning 28-oktabr kuni soat 13:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko‘chasi TDTU hududida joylashgan yengil konstruksiyalar bilan qurilgan xususiy mulkdor foydalanishidagi oshxonada yong‘in kelib chiqdi.

Mazkur holat haqida universitet masʼullari tomonidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berildi.

Jalb etilgan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib kelgan holda qisqa vaqt ichida yong‘inni bartaraf etdi.

Sodir bo‘lgan yong‘in universitetning o‘quv binolari va moddiy-texnik bazasiga hech qanday zarar keltirmagan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan hududdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga taʼtil berilishi haqida turli asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ushbu xabarlar asossiz ekani va oʻsha kunlari Samarqanddagi barcha oliy o‘quv yurtlarida tasdiqlangan oʻquv jadvaliga koʻra dars jarayonlari odatdagidek davom etishini maʼlum qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot

Magistratura qishki qabulidagi yengillik tizimdagi islohotlardan qaytish emas, balki abituriyentlarga berilgan qo‘shimcha imkoniyat

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabuli yuzasidan rasmiy bayonoti

📄 Bayonotni matn shaklida o‘qish👈

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
#Rasmiy_bayonot

So‘nggi kunlarda vazirlik Ishonch telefon raqami hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023-o‘quv yili qishki qabuli natijalari qachon chiqishi yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalaridan tekshirish jarayoni maʼlum vaqt talab etmoqda. Hozirgi kunda hujjatlarning asosiy qismi tekshirildi. Bu jarayon tez kunda yakuniga yetkaziladi va natijalar eʼlon qilinadi.

Shu oʻrinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu mavzuga doir asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat vazirlik rasmiy manbalari orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini soʻrardik!
〰️〰️〰️

В последние дни на телефон доверия Министерства, а также через страницы министерства в социальных сетях поступают сообщения по срокам объявления результатов зимнего приема 2022/2023 учебного года в магистратуру.

Сообщаем следующее:

Процесс проверки сертификатов, представленных на зимний прием в магистратуру, по базам данных профильных организаций занимает некоторое время. В настоящее время основная их часть проверена. Этот процесс будет завершен в ближайшее время, и будут объявлены результаты.

В свою очередь обращаемся к активистам социальных сетей с просьбой не распространять необоснованные сообщения по данному вопросу, а общественность - доверять только сообщениям, опубликованным через официальные источники министерства. Следите за нашими ресурсами!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

Magistratura qishki qabulida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi

Xabaringiz bor, Prezident farmoni va hukumat qaroriga ko‘ra, davlat OTMning magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.

Bu tartib, shuningdek magistratura qishki qabulida to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.

Shu bois, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu tartib belgilangan muddatga qadar ariza bermaganlarga, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga hamda nodavlat OTMning magistraturasi uchun tatbiq etilmaydi.

〰️〰️〰️

Государство оплатит контракты для девушек, зачисленных на зимний прием в магистратуру

Как известно, согласно указу президента и постановлению правительства, государством финансируются на безвозвратной основе контрактные платежи всех женщин, обучающихся в магистратуре государственных высших образовательных учреждений.

Настоящий порядок распространяется и на женщин, принятых на обучение на платно-контрактной основе при зимнем приеме в магистратуру.

Поэтому просим обращаться к руководству высших образовательных учреждений, чтобы воспользоваться данной льготой.

Справочно, данный порядок не распространяется на тех, кто не подал заявление в установленный срок, на допущенных к обучению по дифференцированным ставкам, а также для студентов, принятых в магистратуру негосударственных высших образовательных организаций.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

Qoʻqon pedagogika instituti talaba qizlaridan biri bugun, 4-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy telegram kanalining muloqot botiga qizlar yashaydigan talabalar turar joyi xonalaridan biriga kuzatish kamerasi yashirincha oʻrnatilgani haqida maʼlumot berdi. Vazirlik Axborot xizmati shikoyat qilgan qiz bilan suhbatlashgach, vazirlikning Fargʻona hududiy boshqarmasi masʼullari tomonidan Qoʻqon pedagogika institutiga borib, vaziyat oʻrganildi. Oʻrganish natijasida darhaqiqat qizlarning xonasiga videokamera oʻrnatilgani aniqlangan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi va aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishini maʼlum qiladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Rasmiy_bayonot

Qoʻqon pedagogika instituti yotoqxonasida boʻlgan voqea yuzasidan qoʻshimcha

Xabar berilganidek, Qoʻqon davlat pedagogika instituti talaba qizlari shikoyatiga koʻra holat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nazoratga olindi.

Vazirlik inson shaxsiy hayotiga oʻzboshimchalik bilan aralashish, shaxsiy maʼlumotlarni ochiqlashga urinish kabi xatti-harakatlarni qattiq qoralaydi, ushbu holatni talaba-qizlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish deb baholaydi. Hech kim inson erki va shaxsiy hayotiga daxl qilishga haqi yoʻq, deb hisoblaydi.

Shu bois, bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan 4 nafar masʼul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etildi va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Shu oʻrinda, voqea ishtirokchisi boʻlgan qizlarning tazyiqsiz taʼlim olishlari kafolatlanadi.

Oʻz navbatida, huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilayotganini maʼlum qilamiz.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

〰️〰️〰️
#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta‘lim muassasalari xodimlari talabalarni ularning erkiga zid ravishda referendumda qatnashishga chorlayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Qonunchiligimizga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy va erkindir. Fuqarolarni referendumda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida ularga, shuningdek xohish-irodasini erkin bildirishiga ta‘sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas.

Barcha oliy ta‘lim muassasalari rahbariyati va mas‘ul xodimlari qonunchiligimizdagi ushbu talablardan xabardor etilgan va tizimda mazkur talablarga rioya etilishi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining alohida nazoratidadir. Vazirlik talabalarning referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy va erkin bo‘lishini ta‘minlash borasida qat‘iy pozitsiyaga ega.

Aziz talabalar!
Basharti, bu boradagi huquqlaringiz biron-bir tarzda buzilayotgan bo‘lsa, +998712071762 raqamiga yoki tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Sizning huquqlaringiz qonunga muvofiq himoya qilinadi va aybdorlarga tegishli choralar ko‘rilishi ta‘minlanadi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Rasmiy_bayonot

Toshkent milliy ta’lim universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent milliy ta’lim universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun hech qanday litsenziya bermagan va uning faoliyati noqonuniy.

Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o’quv yurtlarini tanlashlari so’raladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube