Edu.uz
141K subscribers
21.7K photos
4.68K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Millatimiz_faxrlari

Yurtimiz shaʼnini munosib himoya qilgan jasoratli Paralimpiyachilarimiz tantanali kutib olindi

▪️Tokio-2020 yozgi Paralimpiada musobaqalari yakunlandi va kuni kecha yurtimizga qaytgan terma jamoamiz tantanali kutib olindi.

🏆 Paralimpiyachilarimiz 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritishib, terma jamoamiz umumiy hisobda 19 ta medal bilan medallar jamg‘arish reytingida 16-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo bo‘yicha esa birinchi o‘rindamiz!

👫Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari orasida OTM talabalari va bitiruvchilari ham ishtirok etib, shohsupadan munosib joy egalladilar.

🥇 Oltin medal qo‘lga kiritganlar - 4 ta

🥏 Boburjon Omonov (disk uloqtirish yo‘nalishi) – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi
🥋Uchqun Quronboyev (dzyudo) – Urganch davlat universiteti talabasi
🥋Guljanoy Naimova (taekvondo) – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
🥏 Mohigul Hamdamova (disk uloqtirish) – Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi

🥈 Kumush medal - 4 ta

🥋 Dovurxon Karomatov (dzyudo) – Qarshi davlat universiteti bitiruvchisi
🏋‍♀ Ro‘za Qo‘ziyeva (pauerlifting) – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi
🎽 Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash) – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
🥋 Parvina Samandarova (dzyudo) – Samarqand davlat universiteti talabasi

🥉 Bronza medal - 4 ta

🥋 Sharif Halilov (dzyudo) – Buxoro davlat universiteti bitiruvchisi
🥏 Elbek Sultonov (yadro uloqtirish) – Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi
🏊 Islam Aslanov (suzish) – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi
🥋 Nafisa Sheripboyeva (dzyudo) – Urganch davlat universiteti talabasi

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari gʻoliblariga Prezident sovgʻalari – oltin medal egalariga “Tahoe” avtomobili va Toshkent shahridan 3 xonali uy, kumush medal egasiga “Traverse” avtomobili va 2 xonali uy, shuningdek bronza medal egalariga “Trailblazer” avtomobili va 1 xonali uy kalitlari topshirildi.

💐 Millatimiz faxrlarini chin dildan tabriklaymiz, doimo Yangi O‘zbekistonning muzaffar yo‘lini yoritishda davom etavering!
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube