Edu.uz
142K subscribers
21.7K photos
4.68K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Tokio_2020 | #Bahodir_Chempion

+91 kg vaznda oʻzbekistonlik Bahodir JALOLOV finalda Richard Torres (AQSH)ga qarshi ringga koʻtarilib, ishonchli gʻalabaga erishdi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistranti, o‘zbek BAHODIRI bu orqali yurtimizga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.

———
👀 Eduuz dan yiroqlashmang!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tokio_2020 | #Bahodir_Chempion

Olimpia o‘yinlari g‘olibi, Olimpiada chempioni, o‘zbek BAHODIRI — Bahodir Jalolov sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi va yurtimiz bayrog‘i eng yuqoriga ko‘tarildi

Jangdan soʻng Bahodir ushbu gʻalabani Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlaganini taʼkidladi.

Gʻalaba muborak boʻlsin!

———
👀 Eduuz dan yiroqlashmang!
#Tokio_2020


Xushxabar! O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yana bir talabasi xalqimizga oltin medal hadya qildi!!!

Yaponiyaning Tokio shahrida davom etayotgan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining oltinchi kungi bahslari ham vakillarimiz uchun omadli boshlandi.

Biroz avval para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.

Quvonarlisi, hamyurtimiz Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Boburjon yadroni 14.06 metr masofaga uloqtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ta’kidlash kerak, bu borada jahon rekordi ham aynan Omonovga tegishli. Boburjon BAAda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 14.31 metr natija qayd etgan holda rekord o‘rnatgan edi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube