Edu.uz
141K subscribers
21.7K photos
4.68K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Faxrimizga_ehtirom

Kuni kecha Prezidentimiz farmoniga ko‘ra mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi, ilm-fan yo‘lida qo‘shgan katta hissasi uchun Fanlar akademiyasi akademigi, Matematika instituti direktori Shavkat Abdullayevich Ayupovga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali bilan taqdirlandi.

«O‘zbekiston Qahramoni» Shavkat Ayupovni e’tirof etib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov boshchiligidagi vazirlik rahbarlari ushbu yuksak unvon va oliy nishon bilan qutlashdi va quvonchiga sherik bo‘lishdi.

Vazir A. Toshqulov so‘nggi yillarda matematika sohasiga qaratilayotgan e’tibor, bugun shu sohaning ulug‘ ustozi Shavkat Ayupov haqida gapirib, doimo xalqimizning shunday yuksak e’tibori, e’tirofi va albatta, ehtiromida bo‘lib yurishini tilab qoldi.
__________
👉🏻@eduuz