Edu.uz
143K subscribers
21.5K photos
4.62K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
September 11, 2021
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyi bitiruvchilarining 95%i talaba boʻldi

▪️2020—2021-oʻquv yilida litseyni bitirgan 217 nafar oʻquvchilardan 206 nafari (95 foizi) oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirgan.

👨‍🎓👩‍🎓Talaba boʻlganlarning 113 nafari davlat granti asosida, 93 nafari esa shartnoma asosida oʻqishga kirishgan.
______
Bizdan yiroqlashmang:
👉 https://yangx.top/eduuz
September 12, 2021
September 13, 2021
#Qabul_2021

Toshkent davlat texnika universiteti qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 2+2 formatida oʻqishga taklif etadi

▪️Bugungi kunda Toshkent davlat texnika universiteti chet elning 7 ta nufuzli oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda 19 ta taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻygan.

🔸2021/2022-oʻquv yilida Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari hamkor OTM bilan kelishilgan holda rasman tasdiqlandi.

🗓 Ushbu dasturlarga qabul jarayoni 2021-yilning 26-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

📌 Abituriyentlar quyidagi qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:

🔘Bakalavriat uchun:

➡️ Belarus Respublikasining Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)”, “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish”, “Avtomobilsozlik va traktorsozlik”, “Biotibbiyot muhandisligi”, “Energiya mashinasozligi”;

➡️ Belarus Respublikasining Belarus davlat texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)”, “Biotexnologiya”;

➡️ Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot universiteti Moskva energetika instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Elektr energetikasi”;

➡️ Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Texnologik mashina va jihozlar (oziq-ovqat sanoati, mashina va apparatlari)”, “Transport vositalari muhandisligi (qishloq xoʻjaligi texnikalari ekspluatatsiyasi)”, “Transport vositalari muhandisligi (qishloq xoʻjaligi texnikalariga texnik xizmat koʻrsatish)”;

➡️ Rossiya Federatsiyasinig Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Neft va gaz ishi (faoliyat turlari boʻyicha)”;

➡️ Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)”.

🔘 Magistratura uchun:

➡️ Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yer usti transport vositalari va tizimlari” (transport turlari boʻyicha);

➡️ Belarus Respublikasining Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Metallurgiya (metall turlari boʻyicha)”;

➡️ Rossiya Federatsiyasinig Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish”, “Neft va gaz konlarini qidiruv razvedka ishlarining geofizik usullari”;

➡️ Koreya Respublikasining Chungnam milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Elektr taʼminot (tarmoqlar boʻyicha)”, “Muqobil energiya manbalari”.

Batafsil maʼlumot:

📞 Telefon: 71 207-54-00, +998 97 438 88 80, 90 371-32-20
🌐 Sayt: www.sop.tdtu.uz
📱 Telegram: @sop_tgtu
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
September 13, 2021
#Qabul_2021 | #Qoʻshma_dastur

📢 Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Belarus Respublikasining Mogilyov davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga (kunduzgi) qabul boshlanganligini e’lon qiladi.

🔰Aziz abituriyentlar, siz quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha hujjat topshirishingiz mumkin:

Rus tili va adabiyoti;
Boshlang‘ich ta’lim;
Maktabgacha ta’lim;
Biologiya;
Defektologiya (Maxsus pedagogika);
Pedagogika va psixologiya (magistratura bosqichi);

📢 Совместно с Чирчикским государственным педагогическим институтом Ташкентской области, Республики Узбекистан и Могилевским государственным университетом Республики Беларусь объявляется параметры и показатели приема на двухдипломную совместную образовательскую программу на 2021/2022 учебный год.

🔰Уважаемые абитуриенты, Вы можете сдать документы по следующими направлениями и специальностями:

Русский язык и литература;
Начальное образование;
Дошкольное образование;
Биология;
Дефектология (специальная педагогика);
Педагогика и психология (магистратура);

📞Batafsil maʼlumot uchun: | Подробно по телефону:

+99897 782-00-76
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
September 15, 2021
#Qabul_2021 |#Qoʻshma_dastur

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI ABITURIYENTLARNI QOʻSHMA TAʼLIM DASTURLARIDA OʻQISHGA TAKLIF QILADI

🔰Hozirda Urganch davlat universitetida bakalavriat bosqichi uchun 3 ta, magistratura mutaxassisliklari uchun esa 5 ta qoʻshma ta’lim dasturi mavjud.

2021—2022-oʻquv yilida Urganch davlat universitetida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan.

🗓 Ushbu dasturlarga qabul jarayoni joriy yilning 15-sentabridan 5-oktabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

📌 Abituriyentlar quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirib, tahsil olishlari mumkin boʻladi.

📚BAKALAVRIAT UCHUN:

➡️ Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 20 nafar: 2+2;

➡️ Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 50 nafar: 2+2;

➡️ Belorus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Arxitektura (turlari bo‘yicha)” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 25 nafar: 2,5+2

🎓MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI UCHUN:

➡️ Altay davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 6 nafar: 1+1;

➡️ Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bank ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10 nafar: 1+1;

➡️ Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10 nafar: 1+1;

➡️ Mogilyev davlat oziq-ovqat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 20 nafar: 1+1;

➡️ Belorusiya davlat texnologik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kimyoviy texnologiyalar (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10 nafar: 1+1;

❗️Eslatib oʻtamiz: Ushbu dasturlar bilan bogʻliq qoʻshimcha ma’lumotlarni universitetning Matbuot xizmati (@URDU_PRESSA) telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlariga quyidagi havola orqali onlayn ariza topshirish mumkin: http://qtd.urdu.uz

Zarur hujjatlar:

1.
Passportning rus tiliga tarjimasi (notariusdan tasdiqlangan holda) ro‘yxatga olingan joyi nusxasi bilan (PDF shaklda);

2. Abituriyentning 3,5 x 4,5 sm formatdagi 6 ta rasmi (PDF shaklda);

3. Umumiy o‘rta (attestat) yoki o‘rta maxsus (diplom) ma’lumot bo‘yicha hujjatning rus tiliga tarjimasi (notariusdan tasdiqlangan holda) ilovasi bilan (PDF shaklda).

📞 Batafsil maʼlumot uchun Call-markaz telefon raqamlari:

+99862 224-66-04, +99862 224-66-18, +99862 224-66-19, +99862 224-66-35
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
September 16, 2021
September 16, 2021
Qo'shma ta'lim dasturlari 2021-2022.pdf
1.1 MB
September 16, 2021
September 20, 2021
September 20, 2021