Edu.uz
142K subscribers
21.5K photos
4.63K videos
232 files
12.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
加入频道
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (527-son, 18.08.2021-y.) bilan Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📌 Nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

☑️ Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

🔄 Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

🔘 Ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

✔️ ariza;

✔️ to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;

✔️ ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

✔️ “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);

✔️birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot.

Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

📝 Ta’lim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

🏦 Ta’lim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

⚠️ Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

Mazkur tartib:

chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;

tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

🚫 Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.

————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
August 18, 2021
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi

⚡️Prezidentning 2021-yil 23-avgustdagi PQ–5227-son qarori bilan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi.

🔘Qarorga ko‘ra, Akademiya barcha ta’lim bosqichlarida faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

☝️Akademiyada quyidagi yo‘nalishlarda oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi:

xalqaro va milliy mehnat standartlari;
mehnat huquqi;
inson huquqlari;
mehnat tibbiyoti;
ijtimoiy himoya va mehnat muhofazasi.

🗓 Akademiyada ta’lim faoliyati 2022/2023-o‘quv yilidan boshlanadi.

▶️ Ta’lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Qabul parametrlari, abituriyentlarni qabul qilish tartibi, to‘lov-kontrakt qiymati hamda pedagog kadrlarning mehnatiga haq to‘lash miqdori O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Muassis) bilan kelishilgan holda Akademiya tomonidan tasdiqlanadi.

🧾 Akademiya bitiruvchilariga oliy ta’lim va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

☑️ Shuningdek, qarorga asosan, har yili 20 nafardan kam bo‘lmagan, Akademiyaga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarning farzandlari bepul (Muassis granti asosida) o‘qishga qabul qilinadi.

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
August 23, 2021
#Talabaga_yengillik

⚡️Banklarda ta’lim krediti uchun alohida mas’ullar belgilandi

Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.

Ushbu jarayonlarda kredit oluvchilarga qulaylik yaratish va amaliy ko‘mak berish maqsadida ta’lim kreditlari taklif etayotgan tijorat banklarida alohida mas’ullar belgilandi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

🏦 Agrobank;
🏦 Aloqabank;
🏦 Asakabank;
🏦 Hamkorbank;
🏦 Ipotekabank;
🏦 Mikrokreditbank;
🏦 Milliybank;
🏦 OrientFinancebank;
🏦 Qishloqqurulishbank;
🏦 Sanoatqurilishbank;
🏦 Turonbank;
🏦 Xalqbanki.

➡️👆Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
September 3, 2022
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 22, 2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 21, 2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 11, 2024