Forwarded from NAVOIY VILOYATI OILA VA XOTIN-QIZLAR BOSHQARMASI
#Xotira_va_qadrlash_kuni
Bugun yurtimizning barcha go‘shalarida 9 may - Xotira va qadrlash kuni bayrami keng nishonlanmoqda.
Bayram munosabati bilan Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda harbiy orkestr sadolari ostida viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qilish idoralari, Navoiy viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, korxona, muassasa va tashkilotlar, yoshlar va jamoatchilik a‘zolari gulchambarlar qo‘yib, yurt tinchligi va kelajak avlod uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.
Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Биринчи Президент Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту Исламу Каримову в городе Ташкенте.
#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

#Qahramon_ayollar #Xotira_muqaddas
Vera Borisovna Pak
🫥 1938-yil 13-noyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot shahrida tugʻilgan. Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlab, Xiva shahridagi 3-sonli maktabda kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchisi, keyin esa 20-sonli bolalar uyi direktori lavozimida ishladi. Samimiyati, onalarga xos mehr-muhabbati bilan koʻngli yarim bolalarning eng ishonchli insoniga aylandi. Vera Pak boshchiligida ushbu dargoh “Eng yaxshi Mehribonlik uyi”, “Eng yaxshi Mehribonlik uyi tarbiyachisi” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlishga erishgan.
🫥 U Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi deputati, 2004 va 2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi sifatida ham faoliyat olib bordi.
🫥 Namunali mehnati, davlat va jamiyat oldidagi xizmatlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi”, 2001-yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoni bilan taqdirlandi.
🫥 Mohir pedagog Vera Pak 2017-yil 79 yoshida vafot etdi.
💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
🌐 Veb sayt |🌐 Facebook |🌐 Instagram |🌐 Youtube
Vera Borisovna Pak
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qahramon_ayollar #Xotira_muqaddas
Suyima Gʻaniyeva
🫥 1932-yil 20-fevralda Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Filologiya fanlari nomzodi, professor. Mehnat faoliyatini Oʻz FAning oʻzbek tili va adabiyoti institutida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan.
🫥 Olima umrining koʻp qismini mutafakkir Alisher Navoiyning qoʻlyozmalarini izlab topish, uning boy merosini oʻrganishga bagʻishladi.
🫥 Navoiy asarlarining 20 tomligini tayyorlashdagi xizmatlari, Navoiy muhri, yangidan-yangi qoʻlyozmalarini topishdagi oʻrni, mumtoz adabiyot borasidagi ilmiy izlanishlari tufayli Beruniy nomidagi Davlat mukofoti, “El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, 2015-yil “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi.
🫥 Oʻzbek mumtoz adabiyotida oʻzidan salmoqli meros qoldirgan ustoz Suyima Gʻaniyeva 2018-yil 86 yoshida vafot etdi.
💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
🌐 Veb sayt |🌐 Facebook |🌐 Instagram |🌐 Youtube
Suyima Gʻaniyeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qahramon_ayollar #Xotira_muqaddas
Lola Murotova
🫥 1958-yil 9-martda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida dunyoga kelgan.
🫥 U qishloq xoʻjaligi sohasidagi qirq besh yillik faoliyati davomida juda katta hayotiy va ilmiy tajribaga ega mutaxassis sifatida paxtachilik va gʻallachilik sohasida ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritdi. Birinchilar qatorida hosildor yerlardan emas, aksincha, qumloq, dehqonchilik qilish ogʻir boʻlgan choʻl hududidan yer olib, yangi “Nurli obod” fermer xoʻjaligiga asos soldi va uni mahorat bilan boshqardi.
🫥 Dehqonchilikdagi yutuqlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, 2019-yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoniga munosib koʻrildi.
🫥 Lola Murotova 2022-yilning 30-may sanasida 64 yoshida vafot etdi.
💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
🌐 Veb sayt |🌐 Facebook |🌐 Instagram |🌐 Youtube
Lola Murotova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qahramon_ayollar #Xotira_muqaddas
Siyosatxon Abdullayeva
🫥 1940-yil 5-noyabrda Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida dunyoga kelgan. Andijon paxtachilik institutini tamomlab, Oltinkoʻl tumanidagi “Namuna” xoʻjaligida turli lavozimlarda faoliyat yuritdi.
🫥 Fermerchilik sohasida koʻp yillik tajribaga ega boʻlgani bois paxtachilikka qishloq xoʻjaligining yangi texnologiyalarini tatbiq qilishda ekspert sifatida ham ishladi. U paxtachilikning oʻziga xos “Andijon maktabi”ni yaratishda faol ishtirok etdi, qishloq va mahallalarni obod etishga bosh-qosh boʻldi. Yoshlarni izidan ergashtirdi.
🫥 Qishloq xoʻjaligi sohasida erishgan yutuqlari, fidokorona mehnatlari uchun “Doʻstlik” ordeni, 2008-yil “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi.
🫥 Mohir va tajribali fermer Siyosatxon Abdullayeva 2018-yil 78 yoshida vafot etdi.
💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
🌐 Veb sayt |🌐 Facebook |🌐 Instagram |🌐 Youtube
Siyosatxon Abdullayeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qahramon_ayollar #Xotira_muqaddas
Dilbar Akramova
🫥 1946-yil 9-fevralda Namangan viloyatining Uychi tumanida tugʻilgan. 1967-yil Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. U ilk faoliyatini 1962-1963-yillarda Toshkent trikotaj fabrikasida toʻquvchi sifatida boshlagan.
🫥 Oʻz sohasi boʻyicha yetarlicha tajriba orttirgach, Namangan badiiy buyumlar fabrikasi “Shohi soʻzana” hissadorlik jamiyati boshqaruvining raisi lavozimida ishladi. 2000 nafar ayolni ish bilan taʼminladi. Pop tumanida 100 gektarga yaqin tashlandiq yerni olib, “Mehr-shafqat” fermer xoʻjaligini tashkil etib, baliqchilik, sholikorlik, bugʻdoy yetishtirish bilan shugʻullandi. Daromadi esa kam taʼminlangan hamda nogiron farzandi mavjud oilalarga tarqatildi.
🫥 Uzoq yillar mobaynida xalqimizga qilgan halol va beminnat xizmatlari evaziga Dilbar Akramova 2002-yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi.
🫥 Dilbar Akramova 2016-yil 70 yoshida vafot etdi.
💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
🌐 Veb sayt |🌐 Facebook |🌐 Instagram |🌐 Youtube
Dilbar Akramova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qahramon_ayollar #Xotira_muqaddas
Mavluda Ismatova
🔺 1943-yil 7-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan. Mehnat faoliyatini Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 26-sonli maktabda oʻqituvchilikdan boshladi. 1983-yildan boshlab uzoq yillar mobaynida shu maktab direktori lavozimida ishladi.
🔻 U rahbarlik qilayotgan maktab 1995-yilda “Yilning eng yaxshi maktabi” eʼtirofiga sazovor boʻldi.
🔹 Maʼrifatga yoʻnaltirilgan yarim asrlik faoliyati davlatimiz tomonidan munosib baholandi. 1995-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi”, 1999-yilda esa “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoni bilan taqdirlandi.
🔸 Oʻz sohasining fidoyisi Mavluda Ismatova 2018-yil 75 yoshida vafot edi.
💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
🌐 Veb sayt |🌐 Facebook |🌐 Instagram |🌐 Youtube
Mavluda Ismatova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qahramon_ayollar #Xotira_muqaddas
Malika Abdullaxoʻjayeva
🔺 1932-yil 28-noyabrda Moskva shahrida dunyoga kelgan. Tibbiyot fanlari doktori, professor, Oʻz FA akademigi. Toshkent davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini bitirgan.
🔹 Malika Abdullaxoʻjayeva mamlakatimiz tibbiyotidagi yangi yoʻnalish – immunopatologiya transplantatsiyasi asoschilaridan biri. Olima patologik anatomiya boʻyicha dastlabki oʻquv qoʻllanmasi muallifi. Zahmatkash olimaning tibbiyot sohasining nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan 300 dan ziyod ilmiy maqolasi, 20 ga yaqin kitob va monografiyalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, eʼtirof etilgan.
🔻 Ilm-fan sohasida koʻrsatgan xizmatlari uchun
“Mehnat shuhrati” ordeni, 2006-yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoni bilan taqdirlangan.
🔸 Malika Abdullaxoʻjayeva 2018-yil 86 yoshida vafot etdi.
💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
🌐 Veb sayt |🌐 Facebook |🌐 Instagram |🌐 Youtube
Malika Abdullaxoʻjayeva
“Mehnat shuhrati” ordeni, 2006-yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoni bilan taqdirlangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Шаҳидлар хотираси хиёбонида қатағон қурбонларини ёд этиш маросими бўлиб ўтди. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.
—
На аллее "Шахидлар хотираси" состоялась церемония поминовения жертв репрессий. В ней принял участие Президент Шавкат Мирзиёев.
#Mirziyoyev #marosim #shahidlar #xotira
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Президент Шавкат Мирзиёев Ислом Каримов номидаги илмий-маърифий ёдгорлик мажмуасига ташриф буюриб, Биринчи Президентимиз ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту.
#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident