Besh tashabbus olimpiadasi
14K subscribers
11.6K photos
1.41K videos
166 files
2.82K links
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 muhim tashabbusi

http://myurls.co/5tashabbus
加入频道
#natijalar_vaqti

5 tashabbus olimpiadasi doirasida sportning #stol_tennis musobaqasining #respublika final bosqichi #Jizzax viloyati mezbonligida bo’lib o’tdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra umumjamoa hisobida #Toshkent_viloyati 2 ta oltin medalni qo’lga kiritib #birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.
#sarhisob

5 tashabbus olimpiadasining #ikkinchi musobaqasi #shashka Namangan viloyati mezbonligida bo’lib o’tdi.

Umumjamoa hisobida natijalar bilan tanishing. Mezbon jamoa va Andijon viloyati ikkinchi o’rinni egallagan bo’lsa, #Buxorolik yoshlar 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni o’z hisoblariga yozdirib qo’yishdi va shoxsupaning #birinchi o’rinini naqd qilishdi.

1. Buxoro - 🥇🥇🥈
2. Namangan - 🥇🥉
2. Andijon - 🥇🥉
3. Surxondaryo - 🥇
3. Toshkent sh - 🥇
4. Jizzax - 🥈🥉
5. Qoraqalpog'iston - 🥈
5. Xorazm - 🥈
5. Farg'ona - 🥈
5. Samarqand - 🥈
6. Sirdaryo - 🥉🥉
7. Navoiy - 🥉
8. Toshkent v - 0
8. Qashqadaryo - 0

Tashkiliy masalalar uchun mezbon Namangan viloyati mas’ullariga minnatdorchilik bildiramiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_NAMUNASI

“Besh tashabbus olimpiadasi” mahalla bosqichi Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani, Shaffof mahallasida #namunali tashkil etildi…

Ushbu namunali tashkil etilgan mahallaga viloyatdagi 15 ta tuman (shahar)ning 5 tashabbusga mas’ul mutaxassislari hamda jami 60 nafar sektor kordinatorlari tashrif buyurishdi va aynan olimpiada doirasidagi loyihalarni #koʻchalararo_mahalla bosqichini qanday o’tkazish kerakligi bo’yicha tajriba orttirishdi. Endi ular ham oʻz mahallalariga borib xuddi shu #Shaffof_mahallasi_namunasi kabi ish tashkil etishga bel bog’lashadi.

Barcha yoshlar yetakchilariga olimpiadaning #birinchi_koʻchalararo_mahalla_bosqichini samarali o’tkazishlarida omad tilab qolamiz…

@beshtashabbus_uz
Forwarded from Sherzod Murodullayevich Olimov
#MILLIY_VA_ZAMONAVIY
cholg'u ijrochiligi kimlar o’rtasida bo’lib o’tadi.


🌿 Besh tashabbus olimpiadasi doirasida o’tkaziladigan #MILLIY_VA_ZAMONAVIY cholg'u ijrochiligi tanlovida 10-15, 16-22, 23-30 yosh toifasida yoshlarimiz ishtirok etadilar.

Ma’lumot o’rnida ushbu tanlovning #birinchi ko’chalararo #mahalla bosqichi barcha mahallalarda 20 sentabr kuni bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

@beshtashabbus_uz
#ilk_martta

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan 5 tashabbus olimpiadasining #birinchi sinflararo maktab bosqichi yakunlandi.

3-oktabr sanasidan #ikkinchi maktablararo tuman (shahar) bosqichi boshlanishini e’lon qilamiz…

Mazkur jadvalda loyihalar qaysi sanada bo’lib o’tishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lasiz…

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz va #uchinchi_hududiy bosqichda kutib qolamiz.

@beshtashabbus_uz
"Besh tashabbus olimpiadasi" ko'plab iste'dodlarni kashf etmoqda

Ayni kunlarda bo'lib o'tayotgan olimpiada doirasida kurash musobaqasi ham o'tkazilib kelinmoqda. Bu esa mahalladagi kurash bilan shug'ullanadigan yoshlar uchun yana bir imkoniyat.

Viloyat bo'ylab katta qiziqish bilan davom etayotgan ushbu musobaqalar Samarqand viloyati yoshlari o'rtasida ham bo'lib o'tmoqda. Ayni paytda barcha tuman va shahardan kelgan yoshlar kurash musobaqasining viloyat bosqichida kuch sinashyapti...

Ma’lumot uchun Samarqand viloyati birinchi mavsumda #respublikada #birinchi oʻrinni egallagandi.

Viloyat hokimi o’rinbosari boshchiligida hamkor tashkilotlar bir jamoa bo’lib ish tashkil qilayotgani natijaga yana bir qadam siljishga asosiy omil bo’lib xizmat qilayotgan bo’lsa ajab emas.

@beshtashabbus_uz
Buxoroda bo’lib o’tayotgan 5 tashabbus olimoiadasi doirasida fudbol bo’yicha #birinchi yarim_final yo’llanmasi uchun Jizza va Andijon viloyati jamoalari maydonda to’p surish uchun tushishdi.

Har ikki jamoaga ham omad tilaymiz…

@beshtashabbus_uz
Buxoro viloyatida bo’lib o’tayotgan oliy ta’lim maskanlari talaba-yoshlari o’rtasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida #mini_futbol musobaqasining guruh o’yinlari bo’lib o’tdi va yakunlandi.

Guruh o’yinlari yakuniy natijasiga ko’ra ikkita yarim final jamoalari aniqlandi.

#birinchi yarim final #Andijon va #Fargʻona hamda #ikkinchi yarim final bahslari esa #Samarqand va #Xorazm viloyatlari qarama-qarshiligida bo’lib o’tadi.

Ma’lumot uchun yarim final va #final o’yinlari #ertaga 3-noyabr kuni bo’lib o’tadi.

#eslatma: ushbu olimpiada bahslarida #uchinchi o’rin uchun ham bahslar bo’lib o’tadi.

Barcha yarim finaldagi jamoalarga omad tilaymiz.

@beshtashabbus_uz
“Besh tashabbus olimpiadasi”dan #xalqaro tanlovgacha…

2022 yil 5 tashabbus olimpiadasi doirasida #yoshlar_ovozi tanlovida respublikada #birinchi o’rinni qo’lga kiritgan #Sherbek_Shavkatov Rossiya federatsiyasining Moskva shahrida bo’lib o’tayotgan #nashe_pokoleniye (bizning avlod) Xalqaro tanlovida mamlakatimiz nomidan ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o’rnida ushbu tanlovda 15 ga yaqin davlatlardan ishtirokchilar qatnashmoqda. O’zbekiston, Rossiya, Armaniston, Braziliya, Belarussiya, Xitoy, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon, Tojikiston, Mongoliya, Janubiy Afrika, Mavriki va Janubiy Korea davlatlari shular jumlasidandir.

Yurtimiz shanini ximoya qilayotgan yosh ijrochimiz 18-noyabr kuni tanlovning #final bosqichida ishtirok etadi.

@beshtashabbus_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla yoshlari o’rtasida 5 tashabbus olimpiadasi doirasida ichki ishlar vaziri kubogi uchun 16-21 yosh toifasida o’g’il bolalar o’rtasida voleybol sport musobaqasining “A” liga bahslarining respublika finalida Farg’ona yoshlari #birinchi o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, ikkinchi o’rin Qashqadaryo va uchinchi o’rin Jizzaxlik yoshlarga nasib qildi.

@beshtashabbus_uz