Surxondaryo viloyati hokimligi
24.3K subscribers
34.5K photos
3.42K videos
1 file
14.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
加入频道
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Angor, Muzrabot va Sherobod tumanlariga tashrif buyurib, chegara oldi hududlarda joylashgan, ishsizlik darajasi yuqori, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan "qizil" toifaga kiritilgan, kambag‘allik darajasi yuqori va jinoyatchilik nisbatan o‘sgan mahallalar infratuzilmasi, aholi turmush sharoitlari bilan tanishdi.

Aholi xonadonlarida mavjud tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, oilalarning ishsiz a’zolari bandligini ta’minlash ishlari hamda mahallalarda obodonlashtirish tadbirlarining holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida xonadon sohiblari bilan suhbat qilinib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yer maydonlarida mahsulot yetishtirish yuzasidan tavsiyalar berildi hamda mutasaddilarga mavjud muammolarni hal etib, aholiga ko‘mak ko‘rsatish vazifasi topshirildi.

Hududlarga tashrif davomida Sherobod tumanida metan "zapravka" rahbari tomonidan adirlik maydoniga suv chiqarib anorzor tashkil etish hamda sesarka boqish loyihasi bilan ham tanishildi. Viloyat rahbari anorzorga ko‘chat ekdi. Xayrli tashabbusga labbay deb, adirlikdagi yerni foydalanishga kiritish orqali bog‘ yaratgan tadbirkorga minnatdorlik bildirildi.

Shuningdek, onlayn formatda viloyat hududlarida "Metanchilar bog‘i" tashkil etish loyihasining borishi hamda o‘tgan haftada o‘tkazilgan muloqot davomida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
📊Surxondaryoda qancha aholi borligini bilasizmi?

📈Surxondaryo viloyatning doimiy aholisi soni 2025-yil 1-yanvar holatiga 2 mln 945 ming 512 kishini tashkil etmoqda. Viloyat aholisi 2024-yil boshidan 68,4 ming kishiga yoki 2,4 foizga oʻsgan. Ahоli zichligi 1 kvadrat kilometrga 146,5 kishi to‘g‘ri keladi.

⤵️Hududlar kesimida doimiy aholi soni:

🔸 Denov tumani – 430 453 kishi;
🔸 Qumqoʻrgʻon tumani – 261 617 kishi;
🔸 Jarqoʻrgʻon tumani – 244 010 kishi;
🔸 Shoʻrchi tumani – 234 215 kishi;
🔸 Sariosiyo tumani – 232 904 kishi;
🔸 Sherobod tumani – 214 902 kishi;
🔸 Termiz shahri – 207 326 kishi;
🔸 Oltinsoy tumani – 197 375 kishi;
🔸 Uzun tumani – 192 423 kishi;
🔸 Muzrabot tumani – 156 812 kishi;
🔸 Angor tumani – 147 027 kishi;
🔸 Boysun tumani – 127 078 kishi;
🔸 Qiziriq tumani – 126 904 kishi;
🔸 Termiz tumani – 87 200 kishi;
🔸 Bandixon tumani – 85 266 kishi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir tadbirkorning tajribasi 300 ta xonadonni daromadli qilmoqda

Oltinsoylik tadbirkor Akrom Turdiyev issiqxonada sitrus mevalar yetishtirish tajribasini 300 ta xonadonga o‘rgatib, limonchilikni mahallaning drayver sohasiga aylantirmoqda. Bu orqali ishsiz fuqarolar band, oilalar daromadli bo‘lmoqda.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
UzA | Abdurahmon ibn Yaqub: Termiziylar asarlarini, Imom Termiziy to‘plagan hadislarni o‘qib voyaga yetganmiz

Joriy yilning 31-yanvaridan 7-fevraligacha mamlakatimizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridagi Naqshbandiya tariqatining Oltin silsila pirlari ziyoratgohlari bo‘ylab "Naqshbandiya festivali" ziyorat tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yashab o‘tgan buyuk mutafakkir zotlarning hayoti va boy ilmiy merosini o‘rganish, chuqur tadqiqotlar olib borib, jahonga tarannum etishga qaratilayotgan yuksak e’tibor dunyo sayyohlarining yurtimizga qiziqish hamda intilishini oshirishga, ziyorat turizmini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Batafsil: https://uza.uz/posts/684074

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, turar joylar, bino va inshootlar qurilishi bilan tanishish maqsadida Termiz shahri hamda Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi qator obyektlarga tashrif buyurdi.

Dastlab, Termiz tumani "Yangiobod" mahallasida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari, yordamchi binolar hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalari, shuningdek, "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida amfiteatr qurilishi, atrofida daraxt ko‘chatlari ekish ishlari bilan tanishildi.

Shundan so‘ng, Termiz shahrida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Surxondaryo bo‘limi, Ijtimoiy himoya milliy Agentligi viloyat boshqarmasi, "Survilerloyiha" bo‘linmasi va shahar Mudofaa ishlari bo‘limi uchun binolar qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, "Manguzar" mahallasida turar joy komplekslari qurish ishlari bilan ham tanishildi. Obyektlar qurilishi va loyihalarning borishi yuzasidan mas’ullar axborot berdi.

Hududlarga tashrifning keyingi manzili Jarqo‘rg‘on tumanida bunyod etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi bo‘ldi. Viloyat rahbari mazkur massivning keyingi bosqichi qurilishiga tamal toshini qo‘yib berdi hamda loyiha taqdimotlari bilan tanishdi. Mutasaddilarga avvalgi bosqichdagi qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish, qurib bitkazilgan turar joylarni egalariga topshirish, yangi loyihani ham qurilish normalariga muvofiq olib borish vazifalarini topshirdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryoda Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabullar o‘tkaziladi

Aholi murojaatlari bilan ishlash, muammo va takliflar asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Surxondaryoda ommaviy qabullar o‘tkaziladi.

Qabullarda Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, "Hududiy elektr tarmoqlari", "O‘zsuvta’minoti" AJ, shuningdek, hududiy sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.

Ommaviy sayyor qabullar o‘tkazish grafigi, manzil va vaqtlari bilan ilova qilingan jadvalda batafsil tanishishingiz mumkin.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X