Surxondaryo viloyati hokimligi
24.4K subscribers
32.8K photos
3.27K videos
1 file
14.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
加入频道
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, turar joylar, bino va inshootlar qurilishi bilan tanishish maqsadida Termiz shahri hamda Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi qator obyektlarga tashrif buyurdi.

Dastlab, Termiz tumani "Yangiobod" mahallasida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari, yordamchi binolar hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalari, shuningdek, "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida amfiteatr qurilishi, atrofida daraxt ko‘chatlari ekish ishlari bilan tanishildi.

Shundan so‘ng, Termiz shahrida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Surxondaryo bo‘limi, Ijtimoiy himoya milliy Agentligi viloyat boshqarmasi, "Survilerloyiha" bo‘linmasi va shahar Mudofaa ishlari bo‘limi uchun binolar qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, "Manguzar" mahallasida turar joy komplekslari qurish ishlari bilan ham tanishildi. Obyektlar qurilishi va loyihalarning borishi yuzasidan mas’ullar axborot berdi.

Hududlarga tashrifning keyingi manzili Jarqo‘rg‘on tumanida bunyod etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi bo‘ldi. Viloyat rahbari mazkur massivning keyingi bosqichi qurilishiga tamal toshini qo‘yib berdi hamda loyiha taqdimotlari bilan tanishdi. Mutasaddilarga avvalgi bosqichdagi qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish, qurib bitkazilgan turar joylarni egalariga topshirish, yangi loyihani ham qurilish normalariga muvofiq olib borish vazifalarini topshirdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryoda Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabullar o‘tkaziladi

Aholi murojaatlari bilan ishlash, muammo va takliflar asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Surxondaryoda ommaviy qabullar o‘tkaziladi.

Qabullarda Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, "Hududiy elektr tarmoqlari", "O‘zsuvta’minoti" AJ, shuningdek, hududiy sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.

Ommaviy sayyor qabullar o‘tkazish grafigi, manzil va vaqtlari bilan ilova qilingan jadvalda batafsil tanishishingiz mumkin.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Qumqo‘rg‘on va Denov tumanlarida davom ettirdi. Xususan, Qumqo‘rg‘on tumanida "Toza hudud" DUK faoliyati bilan tanishildi hamda ishchi-xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, viloyat chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ekologiya boshqarmasi axborot berdi. Viloyat rahbari korxona hududida tashkil etilayotgan bog‘ uchun daraxt ko‘chatlari ekish tadbirida ishtirok etdi.

Keyingi manzilda viloyat rahbari Denov tumanida "Shashmohkashshob qurilish invest" xususiy korxonasi tomonidan qurilishi rejalashtirilgan birinchi qavati savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari bo‘lgan ko‘p qavatli turar joylar kompleksi hamda tadbirkorlik obyektlari qurilishiga start berdi.

Shundan so‘ng, Denov tumani hokimligida viloyatimiz hokimi va Ijtimoiy himoya milliy Agentligi mas’uli rahbarligida viloyatda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan insonlar uchun qulayliklar yaratish, loyihalar qurilishida bunga alohida e’tibor qaratish masalalari muhokamasi o‘tkazildi. Shuningdek, bu borada ishlab chiqilgan loyihalar taqdimot qilindi. Yig‘ilishda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar ham muhokama qilinib, chora-tadbirlar belgilab olindi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryolik o‘quvchi AQSH oliygohining 260 ming dollarlik grandi sohibi bo‘ldi

Termiz shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Abroriddin Holliyev AQSHning Nyu York shahrida joylashgan Hobart and William Smith Colleges oliygohiga 268 000 dollar miqdoridagi 100 foizlik grand asosida oʻqishga qabul qilindi.

Mazkur oliygoh AQSHning tarixiy oliygohlaridan biri bo‘lib, dunyo bo‘yicha ham o‘z nufuziga ega hisoblanadi.

Abroriddinga kelgusidagi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryolik yuridik soha talabalari amaliyotlarni bevosita prokuratura organlarida o‘tashadi

Surxondaryo viloyati prokuraturasi va Termiz davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum doirasida universitetning yuridik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar amaliyotlarni prokuratura organlarida o‘tashlari, sohaning malakali xodimlaridan ish o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun ushbu tajriba yurtimiz hududlarida ikkinchisi bo‘lib, shu vaqtgacha faqatgina Toshkent davlat yuridik universitetida yo‘lga qo‘yilgan edi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
UzA | O‘zbek va turkman tabiat jonkuyarlari Morxo‘rni YUNESKO ro‘yxatiga kiritmoqchi

Surxondaryo viloyatidagi "Surxon" davlat qo‘riqxonasi qo‘shni Turkmanistonning "Koytendag" qo‘riqxonasi bilan hududdagi o‘simliklarni avaylab-asrash va hayvonlarni muhofaza qilishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Batafsil:
https://uza.uz/posts/684229

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X