#maʼruza
🇺🇿 🇰🇷
⌛ O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Janubiy Koreya oliygohida maʼruza qildi
⌛ Bugun, 17-dekabr kuni O‘zBA raisi Akmal Nur Janubiy Koreyaning nufuzli oliygohlaridan biri - Kemyongda "Tasviriy sanʼat sohasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Kemyong universiteti o‘rtasida hamkorlik" mavzusida maʼruza qildi.
⌛ Notiq o‘z maʼruzasida bugungi o‘zbek tasviriy sanʼatida kechayotgan jarayonlar, o‘zbek musavvirlari yutuqlari haqida maʼlumot berdi, sohada tomonlar muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan ishlar, ijodiy loyihalarni tilga olish barobarida, istiqboldagi rejalarga ham to‘xtaldi, hali ishga solinmagan imkoniyatlardan ham unumli foydalanish aloqalarning yangi bosqchiga chiqishiga xizmat qilishini taʼkidladi.
⌛ Universitet mutasaddilari, professor-o‘qituvchilari va talabalari maʼruzani qiziqish bilan tinglashdi, mavzuga oid savollariga javob olishdi.
📝 Telegram |📝 Facebook | 💻 Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM