#maʼruza
🇺🇿 🇰🇷
⌛ O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Janubiy Koreya oliygohida maʼruza qildi
⌛ Bugun, 17-dekabr kuni O‘zBA raisi Akmal Nur Janubiy Koreyaning nufuzli oliygohlaridan biri - Kemyongda "Tasviriy sanʼat sohasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Kemyong universiteti o‘rtasida hamkorlik" mavzusida maʼruza qildi.
⌛ Notiq o‘z maʼruzasida bugungi o‘zbek tasviriy sanʼatida kechayotgan jarayonlar, o‘zbek musavvirlari yutuqlari haqida maʼlumot berdi, sohada tomonlar muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan ishlar, ijodiy loyihalarni tilga olish barobarida, istiqboldagi rejalarga ham to‘xtaldi, hali ishga solinmagan imkoniyatlardan ham unumli foydalanish aloqalarning yangi bosqchiga chiqishiga xizmat qilishini taʼkidladi.
⌛ Universitet mutasaddilari, professor-o‘qituvchilari va talabalari maʼruzani qiziqish bilan tinglashdi, mavzuga oid savollariga javob olishdi.
📝 Telegram |📝 Facebook | 💻 Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
🌐 Matbuot anjumanida so‘z olgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari F.Tashmuxamedov "Toshkent quvonchlari" xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo bolalariga ham quvonch bag‘ishlashini taʼkidladi.
🌐 - Xalqaro tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad – bolalarning tasviriy sanʼatga bo‘lgan qiziqishini orttirish, ular orasidan yangi iqtidorlarni izlab topish va rag‘batlantirish, O‘zbekiston bolalarini dunyodagi tengdoshlari, shuning barobarida, jahon bolalarini o‘zbek tengqurlari ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ular o‘rtasida ijodiy muloqotni kuchaytirish, do‘stligini yanada mustahkamlashdan iborat. Mazkur biyennale kelajak egalarining intellektual salohiyati, tasavvur doirasini kengaytirish, umumjahon insoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilish bilan ham ahamiyatlidir, - dedi o‘z so‘zida rais o‘rinbosari.
🌐 Badiiy akademiya tashabbusi, Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida tashkil qilib kelinayotgan ushbu biyennalega qiziqish katta.Matbuot anjumanida biyennale direktori F.Usmonov xalqaro tadbirga kelib tushgan ijodiy ishlar haqida ommaviy axborot vositalariga batafsil maʼlumot berib o‘tdi.
🌐 -“Toshkent quvonchlari"ning yubiley 10-tadbiriga 24 ta xorijiy davlatdan 1000 ga yaqin ijodiy ish qabul qilindi. Biyennalega qizqish bildirib, asar yuborgan Italiya, Fransiya, Tailand, Yaponiya, Malayziya, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston qatorida ilk bor Meksika va Afg‘onistonni ham ko‘rish mumkin. Respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 2000 dan ortiq ijodiy ishlar biennaleda taidim etilmoqda, - dedi anjuman direktori F.Usmonov.
🌐 Tadbirda “Toshkent quvonchlari” g‘oliblarini mukofotlash uchun bitta Gran–Pri, 7 ta oltin, 7 ta kumush, 7 ta bronza medallari va 30 dona esdalik tangalari ajratilishi, barcha ishtirokchilarga sertifikat taqdim etilishi maʼlum qilindi.
🌐 "Toshkent quvonchlari" 10- xalqaro bolalar rasmlari biyennalesining tantanali ochilishi marosimi 23-dekabr kuni soat 15:00 da Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida bo‘lib o‘tadi.
📝 Telegram |📝 Facebook | 💻 Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM