O‘zbekiston Badiiy akademiyasi🇺🇿
4.11K subscribers
21.8K photos
2.39K videos
156 files
4.15K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
加入频道
#xizmat_safari

Vodiy viloyatlarida xizmat safarida bo’lgan O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur 12-sentyabr kuni Andijon ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatiga bordi.

Rais Badiiy akademiya tasarrufidagi mazkur maktab-internat faoliyati, o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim maskanida mavjud 13 ta yo'nalish bo'yicha olib borilayotgan ijodiy jarayon bilan tanishdi.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari

Andijon ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatida O'zbekiston Badiiy akademiyasi rais Akmal Nur hamda o'quvchi yoshlar uchrashuvi tashkil qilindi.

Uchrashuv o'quvchilar bilan savol-javob tariqasida o'tkazildi, o'zining mazmunli savollari bilan ishtirok etgan 10-sinf o'quvchisi Bexruzbek Baxtiyorjonovga Akmal Nur o'zining ijodiy ishlar to'plamini sovg'a qildi.

Muloqot jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar badiiy ta'limni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida o'zlariga kerakli ma'lumotlar oldilar.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari

Bugun,13-sentyabr kuni O’zbekiston Badiiy akadeymiyasi raisi Akmal Nur tasarrufdagi Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga bordi.

Rais maktab-internati faoliyatini o’rganib,mutahassislik va boshlang’ich dars jarayonlarini kuzatdi.

So’ngra maktab-internat faollar zalida o’qituvchi va oquvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda o'quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.


📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari

💫 Bugun O‘zbekiston Badiiy akadeymiyasi raisi Akmal Nur Namangan viloyatiga xizmat safari doirasida  O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limiga qarashli galereyani ham borib ko‘rdi.

💫 Bugungi kunda har bir viloyatda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi galereyasi faoliyat yuritib, xalqimizning tasviriy sanʼatga bo‘lgan ehtiyojiga xizmat ko‘rsatmoqda.

💫 Badiiy akademiya raisi  O‘zBIU Namangan viloyat bo‘limi boshlig‘i Komiljon Qambarov hamrohligida galereya faoliyati, mavjud sharoit bilan tanishdi, shuningdek, viloyat rassomlari ijodiy faoliyatini keng targ‘ib qilish yuzasidan fikr almashildi.


📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari

Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.

Akmal Nur Badiiy akademiya tasarrufidagi Xorazm ixtisoslashtirilgan san'at-maktab internatida bo‘lib, bu ta'lim muassasasida olib borilayotgan ta'mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi, zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Badiiy akademiya raisiga Xorazm ISMI direktori Quronboy Bekchanov xamrohlik qildi.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari

Bugun, 30-oktyabr kuni Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, ustazoda hunarmand Sharofiddin Yusupov tavalludining 80 yilligi hamda Qo‘qon yog‘och o‘ymakorlik maktabining sulolaviy vakili, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi Mirzayunus Umarov tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Yubiley munosabati bilan ko‘rgazma ham tashkil etiladi.

Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston Badiiy akademiyas raisi Akmal Nur ham ushbu tadbirlarda ishtirok etayapti.


📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari

O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Farg‘ona viloyatiga xizmat safari davomida Badiiy akademiya tasarrufidagi Qo'qon ixtisoslashtirilgan san'at maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida maktabning joriy ta'mirlangan o'quv binosi, ko'rgazmalar zali, faollar zalini ko'zdan kechirib, qurilish tashkilotii mutasaddilariga kerakli tavsiyalar berdi.

Shuningdek, maktab mutasaddilari hamrohligida o'quvchilarning birinchi chorak yakuniga oid ijodiy ishlar ko'rgazmasini ham ko'zdan kechirdi. Mutaxassis o'qituvchilarga kerakli maslahatlar berib o'tdilar.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari

🇺🇿🇰🇷

Koreya Respublikasining Tegu shahrida joylashgan Kemyong universiteti taklifiga muvofiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Janubiy Koreyaga xizmat safariga jo‘nab ketdi.

Badiiy akademiya raisi safar davomida Kemyong universiteti tomonidan mazkur oliygohning professorlik unvoni taqdim qilinishi marosimida ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, turli madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.


📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari

🇺🇿🇰🇷

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Koreya Respublikasi Kemyong universitetining professori bo‘ldi

🟢Xabar qilganimizdek,O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur shu kunlarda Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.

🟢Bugun, 17-dekabr kuni rais Akmal Nur Kemyong universitetida tashkil qilingan mazkur oliygohning professorlik unvonini topshirish marosimida ishtirok etdi.

🟢Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi janoblari mehmonni tashrifi bilan tabriklab, oliygoh hamda Badiiy akademiya o‘rtasida badiiy ta'lim, tasviriy san'atda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash borasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbarinining katta hissasi borligini eʼtirof etdi va professorlik ilmiy unvoni diplomini topshirdi.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari

🇺🇿🇰🇷

“Amalga oshirilgan ishlar salmoqli, istiqboldagi rejalar yanada ko‘lamli”


O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik,Koreya Respublikasining Kemyong universiteti faxriy doktori, professori  Akmal Nur va Kemyong oliygohi prezidenti Synn Ilhi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda hamkorlik aloqalari to‘g‘risida fikr almashildi.

Janubiy Koreyaning yetakchi xususiy oliygohlaridan biri bo‘lgan  Kemyong universiteti 1899 yilda Tegu shahrida tashkil etilgan, 32 ta bakalavriat va 13 ta magistratura fakultetlari, 34 ta ixtisoslashgan, shu jumladan, badiiy ijod bo‘yicha institutlari bor.

Kemyong — dunyoning ko‘plab davlatlari qatorida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan taʼlim sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi va Kemyong universiteti huzuridagi Tasviriy sanʼat kolleji o‘rtasida ham hamkorlik bitimi imzolangan.

Joriy yilda esa hamkorlikda “San’at va madaniyat” mavzusida o‘zbek va koreys musavvir talaba yoshlari o‘rtasida birinchi ijodiy tanlov o‘tkazilib, "Akademiya" galereyasida ushbu tanlov ko‘rgazmasi tashkil qilindi, g‘oliblar an'anaviy Xalqaro tasviriy va amaliy san'at festivali doirasida taqdirlandi.

Har ikki muassasaning loyihalarida ishtirokchilar soni ortib borayapti.

Shulardan kelib chiqqanda, o‘tgan davrda birgalikda qo‘l urilgan ishlar salmoqli ekani muloqotda etirof etildi, istiqbolda hamkorlik ko‘lamdor bo‘lishi ta'kidlandi.


📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari

🇺🇿🇰🇷

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurning Janubiy Koreyaga  xizmat safari davom etayapti.

➡️Rais Akmal Nur Tegu shahridagi nufuzli sanʼat muassasalariga ham taklif etilmoqda.

➡️Badiiy akademiya raisi Tegu sanʼat muzeyi rahbariyatining taklifiga muvofiq ushbu muassasaga tashrif buyurdi.

➡️Muzey direktori, janob Noh Jung-ki o‘zaro muloqotda mehmonga dastlab Tegu sanʼat muzeyi faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdi.

➡️Tegu shahriga qarashli bo‘lgan ushbu muzey 2011 yilda faoliyat boshlagan.

➡️ Direktor janob Noh Jung-ki ta'kidlashicha, muzey nafaqat koreys rassomlari ko‘rgazmalari, balki zamonaviy sanʼatda kechayotgan jarayonlar, uning jamiyat hayotidagi o‘rnini tadqiq etish, qolaversa, jahon tasviriy sanʼati namoyondalari ijodini aks ettiruvchi loyihalar, akademik dasturlar hamda boshqa turli tadbirlar namoyish qiluvchi maydon sifatida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
 
➡️Suhbat davomida Tegu sanʼat muzeyi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi o‘rtasida madaniy almashinuv loyihalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

➡️Samimiy ruhdagi muloqot va fikr almashinuvlardan so‘ng, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Tegu sanʼat muzeyi zallarida namoyish qilinayotgan ko‘rgazmalar bilan tanishtirildi, koreys rassomlari ijodi to‘g‘risida bafurja maʼlumot berildi.


📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM