O‘zbekiston Badiiy akademiyasi🇺🇿
4.48K subscribers
21.9K photos
2.4K videos
157 files
4.2K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
加入频道
#tashrif

Badiiy akademiya ishchi guruhi a'zolari xizmat safari doirasida bugun Navoiy ISMIda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlari ijrosi jarayonini o‘rganishdi hamda amaliy yordam ko‘rsatishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

Navoiy ISMIda xizmat safarida bo'lgan Badiiy akademiya ishchi guruhi a'zolari maktab pedagog va o'qituvchi jamoasi bilan ham uchrasdi.

Jamoaga badiiy ta'limdagi islohotlar to'grisida atroflicha ma'lumot berildi.

Ishchi guruh sohaga oid qonun hujjatlari ijrosidan tashqari muammolar va takliflarni ham o'rganib borayapti.

Uchrashuvda maktab jamoasi tomonidan o'rtaga qo'yilgan masala va takliflar yuzasidan fikr almashildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

Badiiy akademiya ishchi guruhi Navoiy ISMI oshxonasi, o'quvchilar yotoqxonasi shart-sharoitlari bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi
Akmal Nur Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi taklifiga muvofiq Koreya Respublikasiga xizmat safari bilan jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Kemyong universiteti tashkil topganining 125 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi taklifiga muvofiq Koreya Respublikasiga xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bugun, 20-may kuni Kemyong universitetida mazkur oliygoh tashkil topganining 125 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur maʼruza qildi. Notiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kemyong universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalariga to‘xtalib o‘tdi va Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi janoblari hamda universiteti jamoasini 125 yillik yubileyi bilan tabrikladi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi hamda Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi janoblari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

Bundan 7 yil muqaddam o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qatʼiy intilish belgisi sifatida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur tomonidan Kemyong universiteti bog‘ida daraxt ekilgan edi.

Kemyong universitetining 125 yilligi tantanasi doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur hamda Qirg‘izistondan kelgan mehmonlar ishtirokida do‘stlik va hamjihatlik ramzi bo‘lgan ushbu daraxt sug‘orildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

Janubiy Koreyaning kattaligi jihatdan uchinchi o‘rinda turuvchi Tegu shahrida joylashgan, 1899 yilda asos solingan Kemyong universitetida 68 yo‘nalishda saboq berilmoqda. Oliygohda 18 ta, jumladan, rassomlik fakulteti ham mavjud. Kemyong sohada O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan ham izchil hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi tashrifi doirasida Kemyong tarkibidagi Keisung xususiy оliy maktabи (Keisung High School)da ham bo‘ldi, taʼlim jarayoni bilan tanishdi. Mazkur oliy maktab 1906 yilda James E. Adams g‘oyasi bilan tashkil qilingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida  Kemyong universiteti muzeyining ochilish marosimida qatnashdi. Universitet mutasaddilari, muzey tashkilotchi va homiylari bilan suhbatlashdi, fikr almashdi. Universitetga estalik sifatida o‘z mo‘yqalamiga mansub  asarini topshirdi.

2023-yilda poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivalida Janubiy Koreyaning “Quvnoq garmoniya” nomli nogiron iqtidorli bolalar ansambli o‘z chiqishlari bilan ishtirok etgan edi. Badiiy akademiya raisi Kemyong universitetida ushbu ansambl aʼzolari bilan uchrashdi, kelgusi rejalar xususida suhbatlashildi.

“Quvnoq garmoniya” ansambli uchrashuvda ustoz Akmal Nurga “Fantaziya” kuyini ijro etib berishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин 26–27 май кунлари давлат ташрифи билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Российской Федерации Владимир Путин 26–27 мая посетит нашу страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўтказилган музокаралар якунлари бўйича Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин Қўшма баёнот имзоладилар. Давлат раҳбарлари ҳузурида муҳим икки томонлама битимларни алмашиш маросими бўлиб ўтди.

По итогам состоявшихся переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Российской Федерации Владимир Путин подписали Совместное заявление. В присутствии глав государств состоялась церемония обмена важными двусторонними соглашениями.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X