O‘zbekiston Badiiy akademiyasi🇺🇿
4.48K subscribers
21.9K photos
2.4K videos
157 files
4.2K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
加入频道
#tadbir

Инсон қадри улуғ, хотираси муқаддас!👇
#tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi F-79-son Farmoyishiga asosan Uchtepa tumani Mudofaa ishlari bo‘limi hamda Uchtepa tuman maʼnaviyat va maʼrifat xududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda "Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

"Vatanparvarlik oyligi" doirasida navbatdagi tadbir Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi faollar zalida Toshkent shahar Uchtepa tumani maʼnaviyat va maʼrifat xududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan himoyasidek sharafli kasbga yo‘naltirish maqsadida harbiy orkestr hamda sanʼat ustalari ishtirokida badiiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda baynalmilal xizmat vazifasini o‘tagan zahiradagi ofitserlar ham ishtirok etishdi.

Telegram
#tadbir

Bugun Qoʻqon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy va shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlab "Nazm va navo" deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda betakror shoirlarimiz qalamiga mansub gʻazallar o’qildi, halq kuy va qoʻshiqlar ijro etildi,oʻquvchilar tomonidan sahna koʻrinishlari namoyish qilindi.

Tadbir maktabning Musiqa boʻlimi boshligʻi E.Uzoqov, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari M.Ibragimova, M.Roʻzmatova hamda maktab oʻqituvchilar ansambli tomonidan tashkil etildi
#tadbir

Bugun,13-mart kuni Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatida O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jaloliddin (Ravshan) Mirtojiyev xotirasiga bag‘ishlab badiiy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda o‘zbek tasviriy san‘ati rivojiga katta hissa qo‘shgan haykaltarosh, xalqimizning suyukli ijodkori Jaloliddin Mirtojiyevning sermazmun hayot yo‘li, o‘zbek haykaltaroshlik san‘atini dunyo darajasiga olib chiqqani, bebaho merosi haqida gapirib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website