ANDIJON KADASTR
1.45K subscribers
7.75K photos
897 videos
6 files
5.14K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
加入频道
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinko‘l tumanida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat o‘rganilib quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda murojaatdagi holat Oltinko‘l tumani Qipchoq mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi Viloyat suv ta’minoti MCHJ Oltinko‘l tuman filialiga tegishli yer maydoni ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Murojaatga asosan Kadastr agentligi Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan yuqoridagi hududda o‘rganish ishlari olib borildi lekin murojaatdagi yer maydonida yer qonunbuzilish holati aniqlanmaganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumani Sanoat mahallasi hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

Murojaat vakolatli tashkilotlar hamkorligida o‘rganilganida ushbu yer maydoni Andijon tuman Sanoat MFY Bunyodkor ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Sh ga vaqtincha foydalanish huquqi bilan 130,0 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan.

Lekin o‘rganishda fuqaro M.Sh tomonidan 380,0 kv.metr yer maydonidan foydalanib kelayotganligi ya’ni ajratilgan yer maydoniga nisbatan 250,0 kv.metr ortiqcha yer maydonini egallab qo‘rg‘on devor hamda bino qurib foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaro M.Sh ga noqonuniy qurilmalarni qonunchilikda belgilangan muddatda ixtiyori bartaraf etish aks holda majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan sud organlariga da’vo ariza kiritilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilganligi va holat nazoratga olganligi ma’lum qilinadi.

❗️SHU O'RINDA ESLATMA

Unutmang Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Jahon bozori hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borilmoqda.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Jahon bozori hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganlik holati bo‘yicha tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda murojaatdagi yer maydoni Andijon shahar Yorboshi mahallasida joylashgan bo‘lib, fuqaro I.R tomonidan “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi” binosi qurilishi uchun Andijon shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ruxsatnoma berilganligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan ART hujjatlari rasmiylashtirilib xulosalar olingan aniqlandi.

Fuqaro tomonidan olingan ruxsatnomaga asosan qurilish ishlari olib borilayotgan yer maydonidan tashqari yana qo‘shimcha yer maydonlaridan huquqiy hujjatlarsiz foydalanib kelayotganligi aniqlandi va holat yuzasidan Kadastr agentligi Andijon shahar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Shuningdek fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noaniqliklar borligi sababli holatga aniqlik kiritish maqsadida to‘plangan hujjatlar Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining sudgacha nizolarni hal qilish komissiyasi ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi va hozirda komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Ozodlik mahalla fuqarolari yig‘ini hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Murojaatda  Andijon shahri Ozodlik mahalla fuqarolar yig‘ini Bobur shoh ko‘chasidagi 75-A uyning orqa tarafida kirish yo‘li joylashgan, biroq ushbu ko‘p qavatli turar joy atrofida o‘zboshimchalik bilan qurib olingan binolar mavjud mazmunida yo‘llangan.

Murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Andijon shahar bo‘limi va boshqa vakolatli tashkilotlar hamda Ozodlik mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida o‘rganilganida, mahalla hududida yuqorida keltirilgan manzildagi ko‘p qavatli turar-joy mavjud emasligi, MFY hududida murojaatdagi holatlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi va joyida hamkor tashkilotlar hamda mahalla fuqarolari yig‘ini vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtaobod tumanida katta yo‘l bo‘yiga qurilgan qurilmalarning huquqiy hujjatlarini o‘rganib berish yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda Paxtaobod tumani hokimining qaroriga asosan tumanning Nodirabegim mahallasi hududida yashovchi fuqaro A.R ga “Avto bekat va savdo do‘koni” qurish uchun yer maydoni ajratib berilgan.

Shuningdek, fuqaro tomonidan yer maydoning joylashuvini inobatga olgan holda tuman irrigatsiya bo‘limining texnik sharti hamda viloyat yo‘l qurilish boshqarmasi xulosasi olingan va fuqaro tomonidan noturar joy toifasidagi mulk obyektlariga kadastr pasporti shakllantirilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

O‘rganish yakunlari yuzasidan murojaatdagi joyda qonun buzilish holati aniqlanmaganligi va murojaat muallifi yuqoridagi holat yuzasidan boshqa e’tirozlari mavjud bo‘lsa sud organlariga murojaat qilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtaobod tumanida noqonuniy qurilmalar qurilganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Murojaatdagi yer maydoni tumanning Mash’al mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarning oldi qismidagi yer maydoni bo'lib, o‘rganilganda tuman hokimining farmoyishiga asosan fuqaro R.A ga ajratib berilganligi aniqlandi.

Mazkur murojaat yuzasidan Kadastr bo'limining vakolatlariga kiruvchi qonun buzilish holatlari mavjud emasligi sababli holat boshqa vakolatli organlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanida fuqaroning ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq muammolari borligi yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

Yuqoridagi holat boshqarma nazoratida o‘rganilganida, 2019-yili fuqaro M.B ning Andijon tumani Yorboshi mahallasi hududida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari notarial tartibda fuqaro G.O ga o‘tkazilgan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroning muammosi bartaraf etilgani, shu bilan birga mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan xodimga nisbatan intizomiy chora ko‘rilganini ma'lum qilamiz.

Andijon viloyatida istiqomat qiladigan yurtdoshlarimizda yuroqidagi kabi holatlar yuz bersa boshqarmaning 74-224-20-25 telefon raqaminga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |🌐 Instagram |🌐 Facebook🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Mulkingizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni unutmang!


Ijtimoiy tarmoqlar orqali Oltinko‘l tumanida fuqaroning ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq muammolari borligi holati bo‘yicha tarqalgan murojaati yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganish davomida yo'llagan murojaati yuzasidan fuqaro M.K bilan suhbatlashilganida haqiqatdan ham Oltinko‘l tumani Dalvarzin mahallasi hududidagi o‘ziga tegishli uy-joylarni boshqa fuqaroga notarial tartibda o‘tkazib berganligi bildirildi.

Lekin fuqaro M.K ning uy-joylarini sotib olgan fuqaro (ko‘chmas mulkning yangi egasi) oldi-sotdi shartnomasini belgilangan tartibda Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirish kiritish uchun murojaat qilmaganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 481-moddasiga asosan, Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasiga binoan ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqining sotib oluvchiga o‘tganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi, mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar taraflarning ko‘chmas mulkni sotish shartnomasini bajarishi ularning uchinchi shaxslar bilan munosabatlarini o‘zgartirishi uchun asos bo‘lmasligi belgilangan.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra fuqaro M.K ga tegishli uy-joylarini sotib olgan fuqaro tomonidan oldi-sotdi shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng ma’lumotlar bazasida Oltinko‘l tumani Dalvarzin mahallasi hududidagi uy-joylarning ma’lumotlari ko‘chmas mulkning yangi egasi nomiga o‘tkazilishi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |🌐 Instagram |🌐 Facebook🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Paxtaobod tumanida fuqarolarning yer maydoni bilan bog‘liq muammolari borligi holati yuzasidan tarqalgan murojaatning tegishli qismi yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda, keltirilgan uy-joylar Vazirlar Mahkamasining 21.06.2018-yildagi 461-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Paxtaobod tumani hokimining tegishli qarori asosida Paxtaobod tumani, Qashqar MFY, (Nodirabegim MFY) hududida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonining bir qismi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi qolgan qismi esa foydalanish huquqi bilan fuqaro K.X ga biriktirib berilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Lekin yuqoridagi qarorni bekor qilish bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan Protest kiritilgan va qaror bekor qilingan.

Bundan tashqari, o‘rganish davomida murojaatdagi yana bir holatda tuman hokimining qaroriga asosan fuqaro M.B nomiga Nodirabegim MFY hududidagi yer maydoniga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi hamda turar-joyga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilganligi aniqlandi.

Yuqoridagi yer maydoni hozirgi kunda nizoli bo‘lganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 89-moddasiga asosan sud organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM