Alisher Sadullaev
155K subscribers
2.31K photos
614 videos
31 files
1.63K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
加入频道
​​#Prezident #yoshlar #muloqot #repost

Bugun Prezidentimiz va yoshlar o‘rtasidagi navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, bu safar Navoiy viloyati yoshlari bilan. Samimiylik, tezkorlik va samaradorlik navoiylik yoshlar bilan muloqotning eng esda qolarli jihatlari bo‘ldi.

Misol uchun, yosh tadbirkor Shaxzod Bahodirov ko‘pchilik bitiruvchilar kasb egallashda qiynalayotgani, ayniqsa, chekka hudud yoshlarini zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish ehtijoyini qondirish maqsadida davlat xususiy sektor kuchiga tayanishi va tanlov asosida o‘quv markazlarga vaucher ajratish taklifini berdi. Bu loyiha Navoiyda tajribadan o‘tadigan va alohida mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.

Yoshlar yetakchisi Maftuna Samandarova bilimga chanqoq navoiylik yoshlar uchun viloyatda markaziy kutubxona yo‘qligi va bunga ehtiyoj o‘ta zarurligini bildirdi. Natijada Prezidentimiz bir yil ichida zamonaviy va qulay kutubxona tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdilar.

Nurotalik tadbirkor Gulhayo Ravshanova kashtachilikda bo‘z va ip mahsuloti yetishmovchiligi, uni boshqa hududlardan olib kelish qo‘shimcha xarajat ekanligini bildirdi. Taklif sifatida mahsulotlarini mahalliylashtirish va bu orqali yuzlab qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish mumkinligini Prezidentga ma’lum qildi. Yechim sifatida Nurota salohiyati o‘rganilib, keyinchalik xomashyo mahalliylashtirilishi va qo‘chimchasiga yoshlar sanoat zonasi ham qurilishi ma’lum qilindi.

Yosh muhandis, robototexnik Suxrob Xaydarov Navoiyda milliy robototexnika laboratoriyasini tashkil etish, Azamat Kushkarbayev yosh cho‘ponlarga qo‘shimcha yaylov ajratish, kikboks bo‘yicha murabbiy Yusufjon Ergashov sport klublarini qo‘llab-quvvatlash, Malika Xudoyberdiyeva kasb-hunar egalari o‘rtasida respublika tanlovlarini o‘tkazish takliflarini berdi.

Qisqacha qilib aytganda, qariyb bir soat ichida sakkizta katta masala muhokama qilindi, o‘nlab qo‘shimcha takliflar olindi va ularni amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha ishlar boshlandi. Bu tarzdagi Prezidentimizning yoshlar bilan muloqoti boshqa hududlardagi yoshlarga ham o‘zgacha impuls berishiga ishonchim komil. Umid qilmanki, bunday muloqotlar, albatta, davomli bo‘ladi.

Barchasi uchun rahmat, hurmatli Prezident!

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿⚡️Ular bunga qanday erishdi?

Kimlarga havas qildingiz? Kimlarni bu davrada ko'rishni xohlar edingiz?

#prezident #yoshlar #uzbekpower
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sirdaryolik Kamola 24 yoshida transport vaziriga yordamchi bo‘ldi

Kamola o‘z oldiga katta marralar qo‘ygan. Ayol-qizlarimizning yo‘l qurilishi sohasida ham munosib o‘rinlariga ega bo‘lishlari uning eng asosiy maqsadlaridan biri.

Jamoamiz nomidan Kamola Irisqulovaga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

#prezident #yoshlar

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Mahliyo O‘roqova bilim va kitobga bo‘lgan ishtiyoqi bilan hayotini o‘zgartira oldi. U 15 yoshida kitob o‘qib otasiga avtomobil sovg‘a qilgan! Bu uning tirishqoqligi va matonatining yorqin isbotidir.

Ayni damda kitobxonimiz O‘zbekistondagi eng katta mobil kutubxona “Mutolaa” jamoasida mehnat qilmoqda.

Jamoamiz nomidan Mahliyoga yanada yuksak zafarlar tilaymiz!

#prezident #yoshlar

@alisher_sadullaev