RESPUBLIKA AEROGEODEZIYA MARKAZI | RASMIY KANAL
760 subscribers
3.78K photos
258 videos
4 files
1.3K links
Respublika aerogeodeziya markazi



Murojat uchun tel: 71-200-10-98
加入频道
Forwarded from Kadastr - Live
​​#kadastr #hamkorlik #xalqaro_uchrashuv

Ayni damda Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo Kengashning Qirg‘izistondagi 43-sessiyasi virtual formatda o‘z ishini boshladi.

Kun tartibida:

1. Davlatlararo kengashning 42-sessiyasi qarorlarining bajarilishi;

2. Kotibiyat va Davlatlararo kengash ishchi guruhlari faoliyati natijalari;

3. MDHga aʼzo davlatlarning bazaviy tashkiloti geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan zondlash sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyati natijalari- Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (MIIGAiK);

4. Davlatlararo kengash faoliyati doirasida loyiha pasportlarini ko‘rib chiqish.

5. MDHga aʼzo davlatlarning geodeziya, kartografiya, kadastr sohasidagi asosiy ilmiy -texnik tashkiloti to‘g‘risidagi nizom loyihasi;

6. MDHga aʼzo davlatlarning geodeziya, kartografiya, geoinformatsion texnologiyalar, Yerni masofadan zondlash, kadastr va huquqlarni ro‘yxatga olish sohasida 2025 yilgacha hamkorlik konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi ("Yo‘l xaritasi") va boshqa masalalar ko‘rib chiqishi ko'zda tutilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

🇺🇿Kadastr agentligi hamda 🇱🇻Latviya Respublikasining “Yana seta” hamda "SunGIS” kompaniyalari o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

🔰Joriy yilning 9-fevral kuni Kadastr agentligiga O‘zbek-Latviya biznes forumi doirasida “Yana seta” hamda “SunGIS” kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi.

🔹Uchrashuvda tomonlar geodeziya, kartografiya va geoinformatsiya tizimlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, mavjud loyihalar hamda istiqboldagi hamkorlik rejalari bilan fikr almashdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Xalqaro_uchrashuv

🌐Ayni damda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) boshchiligida “Markaziy Osiyoda Yer ma’lumotlari uchun geofazoviy va statistik ma’lumotlardan kompleks foydalanish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi” bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – yer axborot tizimlarini rivojlantirishga urg‘u berish, geofazoviy va statistik ma’lumotlardan integratsion holda foydalanish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining institutsiional salohiyatini oshirish hamda idoralararo institutsional hamkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

⚡️Aynida damda Kadastr agentligida Shveytsariyaning Leica Geosystems kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

🔰Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad-aerofotosurat yo'nalishidagi so'nggi texnologik imkoniyatlar bilan tanishish, lazerli skanerlar imkoniyatini o'rganish va Agentlikning mavjud aerokamera va qurilmalariga texnik ko'mak masalasini muhokama qilish hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#xalqaro_uchrashuv #jahon_banki #kadastr

🔰 Bugun Kadastr agentligi direktor o’rinbosarlari A. Allaberganov, M.Mirmaksudov boshchiligida Jahon banki missiyasi rahbari Dmitriy Sivayev hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi xodimlari o’rtasida shaharlarni rivojlantirish tahliliy loyihasiga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.

❇️ Kun tartibidan - alohida shahar aglomeratsiyalari, Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan geoaxborot tizimining imkoniyatlari hamda alohida aglomeratsiyalarni o‘rganish doirasida Agentlik bilan hamkorlikning ehtimoliy bo‘lgan yo‘nalishlari va formatlari muhokamasi joy oldi.

📝 Tomonlar loyiha doirasida kerakli bo’lgan batafsil rekvizit ma’lumotlar bilan qayta tanishib chiqib, kelgusi hamkorlik yo’nalishlarini belgilab olishga kelishdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

🔰Joriy yilning 7-iyun sanasida Kadastr agentligi rahbari Farrux Pulatov hamda Jahon banki missiyasi - “Ko’chmas mulkni ro’yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasini muvofiqlashtiruvchi menejeri Nadej Orlova o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

📌Uchrashuv doirasida:

♦️Kadastr va ro‘yxatga olishning yagona axborot tizimiga ma'lumotlarni to'liq migratsiyasini amalga oshirish muddatlari,
- loyihaning yakuniga yetgan hamda ijro holatida bo'lgan komponentlari,
♦️Fazoviy ma'lumotlar infrastrukturasini rivojlantirish uchun grant jalb qilish masalasi,
♦️Xorijiy tajribani o'zlashtirish uchun konsultativ-ekspertlik uchrashuvlari,
♦️Istiqboldagi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Aerogeodeziya #xalqaro_uchrashuv #hamkorlik_2022

🇺🇿Respublika aerogeodeziya markazi hamda Koreya yer va geofazoviy ma’lumotlar korporatsiyasi (LX) va SIIS vakillaridan iborat delegatsiya ishtirokchilari bilan “Integratsiyalashgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini qo‘llash tizimi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar uchun dastlabki o‘rganish” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

🛰Uchrashuv doirasida WGS84 ochiq koordinatalar tizimiga o‘tish, shuningdek, kosmosuratlardan foydalanish, kartalarni yaratishda sun’iy intellektdan foydalanish va kadrlar malakasini oshirish yuzasidan ikki tomonlama istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

🟢Ayni damda 🇺🇿🌟Kadastr agentligi va 🇯🇵Yaponiyaning Aero Asaxiy kompaniyasi vakillari o'rtasida aerogeodeziya va kartografiya yo'nalishida hamkorlik istiqbollari yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv #jahon_banki #world_bank

🟢 Ayni damda ⭐️Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaksudov va 🌍Jahon bankining “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Rozanna Nitti boshchiligida missiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

➡️ Uchrashuv kun tartibidan:

🌟 Agentlik faoliyati;
🌍 Yer va ko‘chmas mulk munosabatlari sohasidagi qonunchilik asoslari;
🇺🇿 O‘zbekistonda yer va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish holati
📝 Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati muhokamasi o‘rin olgan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

🔵Shvetsiyaning "Hexagon Geospatial" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 1-noyabr sanasida 🌟Kadastr agentligi vakillari hamda Shvetsiyaning "Hexagon Geospatial" kompaniyasi Yevropa va MDH davlatlari bo'yicha sotuv ishlari direktori Aleksander Tasev hamda kompaniyaning rasmiy distribyutori hisoblangan "Softprom" kompaniyasi vakili Sergiy Makarov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda:

🟣Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya sohalarida zamonaviy dasturiy ta'minot yechimlarini qo'llash;
🟣Kompaniya mahsuloti hisoblangan Erdas Imagine, Erdas Appolo va M.App Enterprice dasturlarining texnik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko'ra kompaniya tomonidan taklif etilgan dasturlardan foydalanish bo'yicha Agentlik mas'ul xodimlari uchun maxsus onlayn uchrashuv o'tkazish kelishib olindi.


🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusi (EuraAsia SDI) – 2023


⚡️ Ayni dam, Samarqand shahrida 🌟Kadastr agentligi mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusining navbatdagi konferensiyasi ish boshladi.

◼️ Mazkur хalqaro uchrashuv 21-22- noyabr kunlari 9 ta davlatdan kelgan 40 ga yaqin xorijiy mutaxassislarni o‘zaro fikr va xalqaro tajriba almashishiga imkon yaratadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda 🇰🇷Koreyaning geografik axborot instituti rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidan:
🟣Idoralararo taqdimotlar;
🟣Koordinatalar tizimi yo‘nalishida pilot loyihalar;
🟣Ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashgan kartografik maxsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ijtimoiy ahamiyatga loyiha amalga oshirish;
🟣Agentlik xodimlarini Koreyada almashinuv dasturi asosida malakasini oshirish, geodeziya va kartografiya yo’nalishidagi ta’limni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish o’rin oldi.

💠 Uchrashuv yakuniga ko’ra tomonlar yuqoridagi yo’nalishlarda yaqindan amaliy hamkorlik va loyiha oldi tadqiqotlari qilishga kelishdilar.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🇺🇿🌟Kadastr agentligi va 🇬🇧Britaniyaning Yer reyestri xizmati o‘rtasida qator kelishuvlar bo'lib o'tdi.

▶️Batafsil "O'zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturida.

#oav_biz_haqimizda #xalqaro_uchrashuv

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM