2025-yil 4-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Yaponiyaning Nagoya universiteti professori tashrif buyurdi. Kunchiqar o‘lkasidan tashrif buyurgan nufuzli mehmon teatr binosida tantanali tarzda kutib olindi. Professor Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining faoliyati, yaratilgan shart sharoitlar va kelgusidagi ijodiy rejalar bilan yaqindan tanishib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
@Xorazmkukol
@Xorazmkukol
2025-yil 5-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari o‘rtasida navbatdagi vokal bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotni teatrning vokal bo‘yicha repetitori O.Ibroximov olib bordi.
@Xorazmkukol
@Xorazmkukol
2025-yil 5-6 mart kunlari Yangi turistik mavsum doirasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari tomonidan teatr ma'muriyati hamda Ichan qal'a davlat muzey qo‘riqxonasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida navbatdagi teatrlashtirilgan maydon tomoshalari tashkil etildi.
@Xorazmkukol
@Xorazmkukol
«SEN BARIBIR MUQADDASSAN, AYOL!»
6-mart kuni soat 14:00da Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida "Xalqaro Xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "SEN BARIBIR MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL"bayram konsert tadbiri bo‘lib, tadbirida go‘zal kuy-qo‘shiqlar, sheriy tabriklar bo‘lib o‘tdi.