UzReport.news
29K subscribers
84.2K photos
8.33K videos
8 files
80.6K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
加入频道
Yevropa Ittifoqi Rossiyani qo‘llab-quvvatlaganlik uchun ikkinchi darajali sanksiyalarni muhokama qilmoqda

Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketi qilinar ekan, YeI Moskvani qo‘llab-quvvatlaganlik uchun ikkilamchi sanksiyalarni joriy etish imkoniyatini o‘rganmoqda, deb yozadi Bloomberg.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-rossiyani-qo-llab-quvvatlagani-uchun-ikkinchi-darajali-sanksiyalarni-muho

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil I yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar: Mehmonxonalar soni bo‘yicha natijalar

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Toshkentda tibbiyot chiqindisini yoqish orqali muqobil issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushdi

Hozirda ushbu zavodda kuniga 3 tonna miqdoridagi tibbiyot chiqindisi yoqilib, bartaraf etilmoqda. Zavod kuniga 20 soatda 6 tonna chiqindi yoqish quvvatiga ega.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-tibbiyot-chiqindisini-yoqish-orqali-muqobil-issiqlik-energiyasini-ishlab-chiqar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1🎉1
Yevropa yetakchilari Moldovani Putindan himoya qilishni va’da qildi

Moldova 27-avgust kuni mustaqillik e'lon qilinganining 34 yilligini nishonladi. Bayramga Fridrix Mers, Emmanuel Makron va Donald Tusk keldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-yetakchilari-moldovani-putindan-himoya-qilishni-va-da-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😁2👍1
Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 38 milliondan oshdi

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 28-avgust holatiga mamlakatimizning doimiy aholisi soni 38 milliondan oshdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonning-doimiy-aholisi-soni-38-milliondan-oshdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3🔥1
"Yevroosiyo Banki” aksiyadorlik jamiyatidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olindi

Bank tomonidan ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam talablarga muvofiqlashtirilmaganligi hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan boshqa talablar bajarilmaganligi sababli ushbu qaror qabul qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/yevroosiyo-banki-aksiyadorlik-jamiyatidan-bank-faoliyatini-amalga-oshirish-huquqini-beruvc

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan profilaktik ishlar kuchaytirildi

Shu yilning 3-yanvar kuni qabul qilingan Prezident qarori mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini yangi bosqichga olib chiqdi. Endilikda barcha masʼul idoralar yagona tizim asosida hamkorlikda faoliyat yuritmoqda.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1😁1🎉1
Isroil G'azodagi ocharchilik bo'yicha BMT hisobotini qaytarib olishni talab qilmoqda

Isroil BMT ekspertlar guruhining G'azodagi ocharchilik haqidagi hisoboti uydirma ekanligini ta'kidlamoqda. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi uning mualliflarini terrorchi tashkilotga ishlaganlikda aybladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/isroil-gazodagi-ocharchilik-boyicha-bmt-hisobotini-qaytarib-olishni-talab-qilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎111😁1
O‘zbekistonda birinchi migrantlar resurs markazi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Xalqaro migratsiya siyosatini rivojlantirish markazi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Protect loyihasi doirasida mamlakatdagi birinchi migrantlar resurs markazini ochdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-birinchi-migrantlar-resurs-markazi-ochildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Vatan uchun yashaylik!” respublika tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab eng yaxshi nasriy, she'riy va badiiy-publitsistik asarlarning “Vatan uchun yashaylik!” respublika tanlovini eʼlon qilgan edi. 27-avgust kuni ushbu tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbir avvalida so‘zga chiqqanlar tanlovga kelib tushgan materiallar soni, ularda ko‘tarilgan mavzular dolzarbligi haqida ma'lumot berishdi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Ukraina bosh muzokarachilari AQShga jo‘nab ketishdi

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak va Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov 29-avgust kuni Nyu-Yorkda AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasi bilan uchrashadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ukraina-bosh-muzokarachilari-aqshga-jo-nab-ketishdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Toshkent metrosida yil oxirigacha barcha kassalar yopiladi

Metropoliten xabariga ko‘ra, yopilgan kassalardagi operator lavozimi ish o‘rinlari bosqichma-bosqich qisqartirilmoqda. Jumladan, birinchi bosqich doirasida 204 ta kassa operatori lavozim shtatlari belgilangan normativ huquqiy hujjatlar asosida qisqartirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-metrosida-yil-oxirigacha-barcha-kassalar-yopiladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2👎1
Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘oniston bo‘yicha aloqa guruhini tuzdi

Ta’kidlanishicha, aloqa guruhi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun umumiy qiziqish uyg‘otuvchi masalalar yuzasidan muntazam va maqsadli muloqot olib boruvchi mustaqil mintaqaviy platforma sifatida qaralmoqda.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo va Afg‘onistonning geostrategik o‘rni, tarixiy jihatdan bog‘liq madaniy va iqtisodiy makon, shuningdek, Yevrosiyoda barqarorlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga bo‘lgan umumiy manfaatlar inobatga olinib, Afg‘oniston masalasiga mustaqil yondashuvni rivojlantirish muhimligi ta’kidlangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/markaziy-osiyo-davlatlari-afg-oniston-bo-yicha-aloqa-guruhini-tuzdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
FT: AQSh harbiy-dengiz kuchlari Venesuela qirg'oqlariga sakkizta harbiy kemani yubordi

Nashrning yozishicha, kemalar bortida bir necha ming amerikalik askar bor. Nashr mualliflari mintaqada harbiy-dengiz kuchlarining bunday salohiyatini oshirishni g‘ayrioddiy deb atadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ft-aqsh-harbiy-dengiz-kuchlari-venesuela-qirgoqlariga-sakkizta-harbiy-kemani-yubordi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎92
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 19 kg tilla buyumlar to‘xtatib qolindi

Davlat chegaralarini qo‘riqlash va tovar-moddiy boyliklar kontrabandasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qirg-izistondan-noqonuniy-olib-kelingan-19-kg-tilla-buyumlar-to-xtatib-qolindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan vatandoshimiz O'zbekistonga olib kelindi

O'zbekiston elchixonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko'magida Boku shahrida mushkul vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz Vatanga qaytarildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ozarbayjonda-mushkul-ahvolda-qolgan-vatandoshimiz-ozbekistonga-olib-kelindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
5👍1
Armaniston Ozarbayjon bilan kelishuvlar doirasida o‘z Konstitutsiyasini o‘zgartirish majburiyatini olmagan - Armaniston TIV

“Konstitutsiya Vashingtonda muhokama qilinmadi va konstitutsiyamizni o‘zgartirish bo‘yicha uchinchi davlat oldida hech qanday majburiyatimiz yo‘q”, dedi Mirzoyan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/armaniston-ozarboyjon-bilan-kelishuvlar-doirasida-o-z-konstitutsiyasini-o-zgartirish-majbu

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz" – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida

"Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning "An-Nahda" ordeni bilan taqdirlanishi – O‘zbekiston siyosati butun dunyoga namuna darajasida ketayotganidan dalolatdir", dedi Musulmonlar idorasi raisi, shayx Nuriddin Xoliqnazar. Muftiyning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston yaqingacha yopiq bir davlat sifatida turgan va bu narsalarni unutmaslik kerak.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎31👍1🔥1😁1
O‘zbekiston yetakchisi AQSH bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampollini qabul qildi.

AQSH ma’muriyatining yuqori martabali vakili davlatimiz rahbariga Prezident Donald Trampning samimiy salomi va O‘zbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan tabriklarini yetkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍602
Osiyo Taraqqiyot banki O‘zbekistonga $233 mln ajratadi

Loyiha doirasida A-380 yo‘lining qariyb 87 km yangilanadi, jumladan To‘rtko‘l-Ellikqalʼa-Beruniy yangi aylanma yo‘li quriladi. Intellektual transport tizimlari joriy etilib, yuk mashinalari vaznini nazorat qilish, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari bo‘lgan dam olish joylari yaratiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/osiyo-taraqqiyot-banki-o-zbekistonga-233-mln-ajratadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
3👎2😁1