O'zDK|Yoshlar bilan ishlash,ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
662 subscribers
1.51K photos
284 videos
29 files
635 links
OʻzDK Yoshlar bilan ishlash,ma'naviyat va ma'rifat bo'limi rasmiy kanali.

🧑🏻‍🎓Ushbu kanal orqali talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar;
📚Elektron kitoblar;
🎗️OʼzDK da bo'layotgan yangiliklar;
Murojaat uchun: @Muminov_Mirkomil
加入频道
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha musiqa ixlosmandlari, opera sanʼati muxlislari intiqib kutgan Italiya opera bastakori Djakomo Puchchinining «Bogema»si yurtimizning katta sahnalaridan biri Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida ijro etildi.
“Bogema”ning bu safargi ijrosining men uchun muhim jihati O‘zbekiston davlat simfonik orkestri ishtirok etgani hamda kuni kecha talaba sifatida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olgan talabalarning katta sahnada o‘z mahoratlarini taniqli ijodkorlar bilan birga namoyish etganidir.
Bu chin maʼnoda yosh ijodkorlarni izlab topish va ularni kashf etishda, yurtimizda akademik ijrochilikni yanada rivojlantirishda O‘zbekiston davlat simfonik orkestri hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi ham o‘z hissasini qo‘shayotganligini anglatadi.
Opera yakunidagi musiqa ixlosmandlari va opera sanʼati muxlislari tomonidan chalingan gulduros qarsaklar sadosi va ularning mehrini his etish tayyorgarlik jarayonlaridagi ijodiy mashaqqatlar va katta mehnat besamar emasligini namoyon etadi.
Shu o‘rinda sanʼatni qalban nozik his etadigan barcha musiqa ixlosmandlariga, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri jamoasiga, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri sozandalariga, tashkiliy ishlarni amalga oshirishda yelkadosh bo‘lgan barcha-barchaga o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni izhor etaman. Barchangizga tashakkur.


Hurmat bilan,
O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Urinbayev



На днях на одной из крупнейших сцен нашей страны – в Государственном академическом Большом театре имени Алишера Навои – была исполнена опера «Богема» итальянского композитора Джакомо Пуччини, которую с нетерпением ждали любители музыки и поклонники оперного искусства.
Особенностью нынешнего исполнения «Богемы» для меня стало участие Государственного симфонического оркестра Узбекистана, а также то, что студенты, еще вчера обучавшиеся в Государственной консерватории Узбекистана, сегодня продемонстрировали свое мастерство на большой сцене вместе с известными исполнителями.
Это в полной мере свидетельствует о том, что Государственный симфонический оркестр Узбекистана и Государственная консерватория Узбекистана вносят свой вклад в поиск и открытие молодых талантов, а также дальнейшее развитие академического исполнительского искусства в нашей стране.
Громкие аплодисменты любителей музыки и поклонников оперы в финале спектакля, их искренняя любовь к искусству стали подтверждением того, что творческие усилия и огромный труд, вложенные в подготовку постановки, не были напрасными.
В связи с этим хочу искренне поблагодарить всех истинных ценителей искусства, коллектив Государственного академического Большого театра имени Алишера Навои, музыкантов Государственного симфонического оркестра Узбекистана, а также всех, кто принял участие в организационных работах.
Большое спасибо вам всем!

С уважением,
Народный артист Узбекистана Камолиддин Уринбаев
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadriyatlar beshigisan Navro‘z!

Navro‘z shukuhi – yurtimiz bo‘ylab kezmoqda. Uning kirib kelishi qalblarimizga olam-olam quvonch va shodlik baxsh etadi. Navro‘z – xalqimizga xos ezgu qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan, eng sevimli bayramlarimizdan biridir.
Shu kunlarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olayotgan talaba-yoshlar uchun turli sport o‘yinlari, jumladan milliy o‘yinlarimiz bo‘yicha musobaqalar tashkil etilmoqda. Bu o‘z o‘rnida yoshlarning sog‘lom turmush tarzini olib borishlari hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

Telegram II Instagram
📌Bugun O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tyutorlari tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olindi.

🏠O'rganish jarayonida uylardagi yong'in xavfsizlik qoidalari yana bir marta tushintirildi.

🏠O‘zbekiston
davlat konservatoriyasida tahsil olayotgan talabalarning ijarada yashayotgan uylaridagi shart-sharoitlarini o'rganish jarayonlari davom etmoqda.

🏛️Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi matbuot xizmati.
https://yangx.top/UzDK_manaviyat