Forwarded from Tashviqot.uz | Rasmiy kanal
“NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI – MUVAFFAQIYAT OMILI”
Samarqand viloyat sudi tashabbusi bilan “Nazariya va amaliyot uyg‘unligi – muvaffaqiyat omili” shiorida yangi formatda “ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.
Tadbirga Samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti talabalari taklif etildi.
Dastlab talabalarga viloyat sudi faoliyati haqida rais o’rinbosari Sh.Mamadiyarov umumiy tushunchalar berib o’tdi. Shundan so‘ng, talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, viloyat sudida VKA orqali o‘tkazilayotgan ochiq sud majlislarida ishtirok etishdi. Shuningdek talabalar sudyalarning bevosita ish faoliyati bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Viloyat sudining sudyalari O'.Murodov, I.Hamroqulov, M.Dusmatova, Sh.Tavbayev, V.Asqarov va N.Raxmonovalar yoshlarning savollariga batafsil javob berar ekan, sud-huquq sohasida ishlash katta sharaf ekanligi bilan birga, ulkan mas’uliyat talab qilishini, buning uchun kuchli bilim, kasbga sadoqat, fidoiylik va tinimsiz o‘z ustida ishlash lozimligini bildirishdi.
https://tashviqot.uz/index.php/2023/09/29/6409/

Forwarded from SamTVR | MTRK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"DIYOR YANGILIKLARI" | TALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
#2-oktabr#Samarqand
https://yangx.top/SamTvr
#2-oktabr#Samarqand
https://yangx.top/SamTvr
Forwarded from Oqdaryo Ovozi
Ўзбекистон Республикасининг янги таҳрирдаги Констиутциясининг 31-моддасининг мазмун моҳияти
✍️ Самарқанд вилоят судининг жиноят
ишлари бўйича судьяси О.Набиев
Жиноят ишлари бўйича Оқдарё
туман судининг раиси И.А.Дониёров
батафсил:
✅https://oqdaryoovozi.uz/si/56607-.html
Kanalga qo'shiling👇
✅@oqdaryoovozi1931
✍️ Самарқанд вилоят судининг жиноят
ишлари бўйича судьяси О.Набиев
Жиноят ишлари бўйича Оқдарё
туман судининг раиси И.А.Дониёров
батафсил:
✅https://oqdaryoovozi.uz/si/56607-.html
Kanalga qo'shiling👇
✅@oqdaryoovozi1931
Forwarded from JAMIYAT UZ | rasmiy kanal ️
⁉️ KONSTITUSIYA VA QONUNLARNING USTUVORLIGINI TA’MINLASH MUHIM EMASMI?
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 11 sentyabrida imzolangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon hamda 12 sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan tanishisharkanman ko‘z o‘ngimda ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar namoyon bo‘ldi. Kelgusi yillarda amalga oshiriladigan islohotlar samarasini belgilab beradigan ushbu tarixiy hujjatning har bir satri xalqimizning chuqur tahlilidan o‘tgani sezilib turibdi.
Davlatimiz rahbari bu haqda so‘z yuritar ekan, “Xalq manfaatini ta’minlash, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan harakatlarni davom ettirish maqsadida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini ishlab chiqdik. Uning loyihasini muhokamaga qo‘yganimizda 1 milliondan ko‘p takliflar kelib tushdi. Bu nimadan dalolat? Xalqimiz befarq emas. Yo‘nalishlarimizni, kamchiliklarimizni ko‘rsatib beryapti. Bu biz uchun “yo‘l xaritasi”. Davlatga eng katta hakam – xalq,” deya ta’kidlab o‘tgani ham bejiz emas.
Strategiya 4-yo‘nalishning 2-bandi “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar”ga bag‘ishlangan bo‘lib, unda bir qator ustuvor vazifalar belgilangan. Jumladan, 84-maqsad “Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish”, deb nomlangan. Unda ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirish, sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim prosessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish nazarda tutilgan.
Ilhomjon HAMIDOV,
jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shrabot tumani sudining raisi
🌐 @JAMIYAT_UUZ

‼️BOLALAR MEHNATINING BOLANING SOG‘LIG‘IGA, XAVFSIZLIGIGA, AXLOQIGA, AQLIY VA JISMONIY RIVOJLANISHIGA XAVF SOLUVCHI, SHU JUMLADAN UNING TA’LIM OLISHIGA TO‘SQINLIK QILUVCHI HAR QANDAY SHAKLLARI TAQIQLANADI
Ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan yoki uni bitirish arafasida turgan o‘quvchilar bilan turli soha vakillari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazish yoshlarning ertangi hayoti, ma’lum bir kasb tanlashida muhim omildir. Ayni shu jihatdan o‘tkazilgan “Sudya va yoshlar” uchrashuvi ham ertangi faoliyatini sud idoralari bilan bog‘lash niyatidagi ko‘plab yigit-qizlar uchun o‘ziga xos motivatsiya bo‘ldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudi jamoasi ishtirokida o‘tkazilgan mazkur uchrashuv avvalida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muhim siyosiy jarayon – Konstitusiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi.
Yangi tahrirdagi Konstitusiyaga kiritilgan o‘zgarishlar, ushbu yangilanishlardan kutilayotgan asosiy maqsad har bir sohada inson huquq va manfaatlarini ta’minlash ekanligiga e’tibor qaratdi. Ochiq muloqot tarzida kechgan tadbirda mutaqil hokimiyat bo‘g‘inidagi islohotlar, sudyalik kasbining adolat, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, kelgusida mazkur tizimda faoliyat olib borishni istagan yoshlar mustahkam bilim olishga intilishi, o‘z ustida ishlashi zarurligi ta’kidlandi.
Ta’kidlanganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 44-moddasiga ko‘ra Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.
Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi.
M.SAFAROV,
jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudining sudyasi

‼️ ILLATGA QARSHI KURASHMOQ DARKOR
Yurtboshimiz har bir so‘zida korrupsiyaga qarshi kurash haqida gapiradi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ham bu illatga qarshi kurash mohiyati mujassam. Zero, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitusiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi. Pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.
U fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Shunday ekan, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, barcha fuqarolarimiz mas’ullik sezishlari, hamjihat bo‘lishlari talab qilinadi.
N.RAJABOV,
jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudining raisi

Forwarded from SUDNEWS.UZ
Инсон ва қонун! – Telegraph
https://telegra.ph/Inson-va-%D2%9Bonun-09-30

Telegraph
Инсон ва қонун!
Ўзбекистон Президенти томонидан 17.03.2023 йилдаги “Давлат божи тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига қўшимча киритиш ҳақида”ги ЎРҚ-824-сон Қонун имзоланди. Қонун Қонунчилик палатаси томонидан 2022 йил 25 октябрда қабул қилинган ва Сенат томонидан…
“ZO”R» ТВ телеканалида эълон қилинган “Тадбиркор касодга учрамоқда! Айбловлар ўринлими?” сарлавҳали видеолавҳа юзасидан
Видеолавҳада Самарқанд вилоят суди Жиноят ишлари бўйича судлов ҳайъати томонидан апелляция тартибида кўрилаётган жиноят иши қарийб 10 ойдан буён тугатилмаётганлиги танқид остига олинган.
Ҳақиқатан ҳам мазкур жиноят иши судланувчилар А. Қурбонов ва Х. Тўрақуловнинг шикоятлари асосида вилоят суди апелляция инстанциясида кўриб чиқилмоқда. Судланувчилар ва уларнинг адвокатлари илтимосига асосан апелляция инстанциясининг 2022 йил 17 ноябрдаги ажрими билан Самарқанд вилоят молиявий назорат тафтиш бошқармасига қайта назорат ўлчови ўтказиш юклатилган.
Албатта, назорат ўлчови судга оид қурилиш-техникавий экспертизаси ўтказиш муайян вақт талаб этади. Шу боисдан ҳам ишни апелляция инстанциясида мазмунан кўриш жараёни узайтирилган. Қайта назорат ўлчови якунларига кўра, 21-сонли умумтаълим мактабида 360 ўринли ўқув блок қуриш ҳамда 1 200 ўринли бинони мукаммал таъмирлашда 922.484.078 сўмлик бажарилмаган иш ҳажмлари мавжудлиги, шунингдек 953.300.856 сўмлик ортиқча бажарилган иш ҳажми аниқланган.
Дастлабки назорат ўлчови билан кейинги назорат ўлчови ўртасида тафовут аниқланганлиги сабабли 2023 йил 20 февралдаги судга оид техник-қурилиш экспертизаси тайинланган.
2023 йил 17 август куни экспертиза хулосаси олиниб, 2023 йил 22 ва 25 август кунлари давлат эксперти сўроқ қилинган ҳамда иш ҳужжатлари таҳлил қилинган.
2023 йил 31 августдаги РСЭМ Самарқанд вилоятлараро бўлинмасининг судга оид техник-қурилиш экспертизаси хулосасида қайд этилган камчиликларни ва тафовутларни бартараф этиш юзасидан қайта ҳисоблаш ишларини амалга ошириш Самарқанд вилояти Давлат молиявий назорати бошқармасига юклатилган.
Иш ҳолатлари батафсил ўрганилмоқда. Яқин кунларда тегишли хулоса олингач, апелляция инстанцияси якуний хулосага келиши маълум қилинади.
Самарқанд вилоят суди Жамоатчилик ва
ОАВ билан алоқалар бўлими

Хонликлар даврида суд-ҳуқуқ тизими
VII аср иккинчи ярми – VIII аср бошларида юртимизнинг араблар томонидан истило этилиши натижасида ўлкада ислом дини кенг ёйилди. Мамлакатда яшовчи аҳолининг ислом динини қабул қилиши исломий ҳуқуқ меъёрларининг ҳам турмуш тарзимизга кириб келиши ва мустаҳкам…