Raqobat qo‘mitasi
18.2K subscribers
6.71K photos
994 videos
10 files
4.37K links
Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси

📍 Лабзак, 3 Тошкент 100128
🌐 raqobat.gov.uz
📞 71 207 47 00
☎️ 1159
📧 [email protected]
x.com/RaqobatGovUz
instagram.com/raqobat_gov_uz
facebook.com/RaqobatGovUz
加入频道
#Sayyor_qabul

🔵 Joriy yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Samarqand viloyatida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazidi.

📝 Mazkur qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarda yuzaga kelayotgan elektr energiyasi, tadbirkorlik faoliyatidagi to‘siqlar, reklama bozoridagi ayrim muommolar, birja savdolari, eksport sohasidagi tushunmovchiliklar, suv ta'minoti bo‘yicha va boshqa bir qator muammoli masalalari soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha o‘rganildi.

💳 Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va faoliyat yuritishda amaliy ko‘mak berish va ularni qiynab kelayotgan yoki yechimini topmayotgan muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal qilish.

🌀 Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan savollar bilan murojaat qilib, mas’ul xodimlardan kerakli tavsiyalarni oldilar. Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, tegishli tartibda nazoratga olindi.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

🔵 Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov Buxoro viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabulini o‘tkazdi.

💳 Kogon tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi O.Qazoqov ham ishtirok etib fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida tadbirkorlik subyektlari vakillari kommunal soha, korxonalar va tadbirkorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalardagi kamchiliklar to‘g‘risida o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar.

ℹ️ Xususan, Kogon tumani, Tutkunda MFYda istiqomat qiluvchi M.Yandashov elektr energiyasi ta’minoti yetkazib berish uchun (podstansiya qurish) amaliy yordam ko'rsatish bo'yicha murojaat qildi. Shu bilan birga, fuqarolar S.Mirjonov, A.Xamidov, N.Shirinovalarning murojaatlari ham qabul qilinib tegishliligi bo‘yicha ijroga yo‘naltirildi.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

🌀 Joriy yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov Surxondaryo viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabulini o‘tkazdi.

✍️ Denov tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi I.Abrorov ham ishtirok etib fuqarolar va  tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari ta'lim, kredit, kommunal sohasida va yer ajratish to‘g‘risida o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar.

🔰 Xususan, Denov tumanida istiqomat qiluvchi S.Saidov xususiy bog‘cha ochish, G.Chochiyeva kredit olish, D.Raxmatova oilaviy bog‘cha ochishda bino topish va Sh.Navbatova bog'chani ichimlik suvi bilan taminlash borasidagi murojaatlari ham qabul qilinib tegishliligi bo‘yicha ijroga yo‘naltirildi.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

📼 Joriy yilning 17-may kuni Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Jizzax viloyatida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

🔝 Arnasoy tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi O.Musanov ham ishtirok etib fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi.

📄 Mazkur qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar marketpleysdagi narxlar, elektr energiyasi va gaz normalari masalalari hamda savdo sohasidagi kamchiliklar to‘g‘risida o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar.

ℹ️ Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va faoliyat yuritishda amaliy ko‘mak berish va ularni qiynab kelayotgan yoki yechimini topmayotgan muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal qilish.

🌀 Qabul davomida 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi. Jumladan, 10 ga yaqin tadbirkorlardan qilingan murojaatlar yuzasidan "JIZZAX SEMENT PLANT" MCHJ vakili sement bozorida maommolar mavjudligi sabab bozorni erkinlashtirish, "DO‘STLIKDONMAHSULOTLARI" AJ vakili un maxsulotlarini birjada sotilish yuzasidan. Fuqarolardan, F.Xoliqovaning xususiy bog'cha faoliyati, X.Suyarovning oilaviy korxona infratuzilmasi bo'yicha murojaatlari eshitildi va ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar va ijrochilar belgilab olindi.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

🗓 Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Qo'mita raisi o'rinbosari A.Qayumovning Toshkent viloyati Angren shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

📍Mazkur sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek tabiiy monopoliya, ustun mavqega ega xo'jalik yurituvchi subyekt vakillari ham ishtirok etdi.

Qabul davomida 10 ga yaqin tadbirkorlardan murojaatlar qabul qilindi. Xususan, ustun mavqega ega xo'jalik yurituvchi subyekt vakillari qanday xollarda iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik olinishi va uning qanday shartlari mavjudligi,ustun mavqega va ustn muzokara kuchiga ega deb topish va uning shakllari, yuqori likvidli mahsulotlar ro‘yxatiga kiritiladigan mahsulotlarning mezonlarini aniqlash tartibi va boshqa ko'plab o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan tushuntirishlar berildi.

➡️ Misol uchun, murojaatlar davomida B.Qodirovning birja savdolari, L.Aminovning korporativ buyurtmalar, F.Nasriddinovning issiqlik energiyasi narxlari borasidagi murojaatlari ham qabul qilinib tegishliligi bo‘yicha ijroga yo‘naltirildi.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

💧 Joriy yilning 29-may kuni Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumovning Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tdi. Jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlarni rais maslahatchisi O.Usmonov qabul qildi.

🤔 Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va faoliyat yuritishda amaliy ko‘mak berish va ularni qiynab kelayotgan yoki yechimini topmayotgan muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal qilish.

Qabul davomida 10 dan ortiq murojaatlar tinglandi. Jumladan, X.Hayitboyevning oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kredit mablag’lari hisobiga mahsulotlarni faqat smart-market platformasi (marketplays) orqali xarid qilinishi belgilanganligidan noroziligi haqidagi, J.Boboxonovning oilaviy korxona gaz va elektr bilan ta'minlash bo'yicha, R.Qalandarovning ichimlik suvi bosimi pastligidan norozi ekanligi, "NODIR KUMUSH BAHOR" fermer xo’jaligi rahbari R.Qosimovaning xalq bankida olingan kredit mablag’ini muddatini uzaytirish shu bilan birga, S.Sabirovning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun yer maydonini auksionga qo`yilishi yuzasidan murojaatlari eshitildi hamda ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar va ijrochilar belgilab olindi.

🌀 Mazkur qabul davomida aholi va tadbirkorlar elektr energiyasi va gaz normalari masalalari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yer ajratish masalalari, raqamli platformalarda mahsulotlar sotilishi hamda savdo sohasidagi kamchiliklar to‘g‘risidagi o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

💧 Joriy yilning 6-7-iyun kunlari Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak va Taxtako'pir tumanlarida navbatdagi sayyor qabulini o'tkazdi. Unda Qorao‘zak va Taxtako‘pir tuman hokimligi rahbariyati ham ishtirok etib, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi.

🚛 Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq shaffof holatda hech qanday to‘siqlariz muloqot qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va faoliyat yuritishda amaliy ko‘mak berish va ularni qiynab kelayotgan yoki yechimini topmayotgan muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal qilish.

💳 Mazkur qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz masalalari va boshqa sohaga tegishli kamchiliklar to‘g‘risidagi o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar.

📝Qabul davomida fuqaro va tadbirkorlarning 40 ga yaqin murojaatlar tinglandi. Jumladan, “OMAROV OMIR”MСHJ vakili kredit olish tartibi, “MON AVTO” XK vakili elektr energiyasiga ulanish, B.Pazilbekovning eski gaz tarmog‘ini katta o‘lchamdagi tarmoqqa ulanish, N.Qallibekovning yangi qurilgan uyga elektr tarmog‘iga ulanishi, A.Qurbanbayevaning ichimlik suvi hisoblagichni qayta hisob-kitob qilish, F.Qazaqbayevaning suv tarmog‘ini tortish va avtotransport vositalarida yetkazib beriladigan suv sifatini tekshirish va B.Ibraimovning yangi qurilgan uylarni elektr energiyasiga ulanish bo‘yicha murojaatlari eshitildi va ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar va ijrochilar belgilab olindi.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM