Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_loyiha #Huquqiy_savodxonlik #Istemolchi_advokati
ℹ️ "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunning 4-moddasiga ko'ra, iste’molchining asosiy huquqlaridan biri bu ma’lumot olish huquqidir.🔔
🍽 "O'zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalari"ga ko'ra, umumiy ovqatlanish subyekti iste’molchilarga o‘zining to‘liq nomi, ish rejimi, tavsiya etiladigan mahsulotlar, tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi zarur va ishonchli ma’lumotlarni ko‘rgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart, ma’lumotlarda to‘g‘ri tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan kamida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
🔘 mahsulotlar va tovarlar ro‘yxati;
🔘 umumiy ovqatlanish mahsulotlarining tayyor taomlari porsiyalarining umumiy vazni (hajmi), tavsiya etilayotgan ichimlik butilkasining sig‘imi va uning porsiyalari hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
🔘 xizmatlar ro‘yxati va ularni ko‘rsatish shartlari;
🔘 xizmatlar narxi va ularni to‘lash shartlari.
💬 Huquqlaringizni talab qiling! ✔️
#️⃣ Bizni #istemolchi_advokati heshtegi orqali kuzatib boring va iste’molchi sifatida kundalik hayotda ko‘p uchraydigan muammoli vaziyatlarga yechim toping!
Kanalga ulanish🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz
🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_loyiha #Istemolchi_advokati
🔥 "Shunaqayam sifatsiz tovar sotiladimi?!"⁉️
🙂 Xavotirlanmang, pulingizga kuyib qolmaysiz!
✔️ Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
🔘 tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
🔘 tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
🔘 tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;
🔘 xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
🔘 shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.
💬 Huquqlaringizni talab qiling! ✔️
#️⃣ Bizni #istemolchi_advokati heshtegi orqali kuzatib boring va iste’molchi sifatida kundalik hayotda ko‘p uchraydigan muammoli vaziyatlarga yechim toping!
Kanalga ulanish🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz
🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM