Raqobat qo‘mitasi
18K subscribers
6.71K photos
995 videos
10 files
4.37K links
Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси

📍 Лабзак, 3 Тошкент 100128
🌐 raqobat.gov.uz
📞 71 207 47 00
☎️ 1159
📧 [email protected]
x.com/RaqobatGovUz
instagram.com/raqobat_gov_uz
facebook.com/RaqobatGovUz
加入频道
#seminar-trening

📌O'zbekiston Respublikasi "Davlat xaridlari to'g'risida"gi Qonunga muvofiq barcha turdagi xarid qilish tartib-taomillari 2022-yil 1-yanvardan e'tiboran majburiy tartibda elektron shaklda o'tkazilishi belgilangan.

✍️Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tashabbusi bilan Moliya vazirligi, Davlat xaridlari elektron tizimning operatorlari, O'zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi hamda "XT- xarid tehnologiyalari" MCHJ QKlar bilan birgalikda ZOOM platformasi orqali seminar-trening tashkil etildi. Trening davomida davlat xaridlari sohasidagi davlat nazorati funksiyalari samaradorligi va natijadorligini oshirish maqsadida elektron savdo platformalarida xaridlarni elektron shaklda o'tkazish va nazorat qilish yuzasidan batafsil tushuntirildi. SHuningdek, elektron xaridlarni monitoring qilish davomida duch kelayotgan muammolari va ularning yechimlariga ham to'xtalib o'tildi.

Kanalga ulanish 👉https://yangx.top/AntimonUz
#seminar

O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasining Tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash va xarid tizimlarini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi “Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 777-sonli qarori va “Birja a'zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha ichki nazorat qoidalari” Nizomi yuzasidan seminar o'tkazildi.

Seminarda Qo'mitaning tarkibiy bo'linmalari xodimlari, “O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Respublika ko'p tarmoqli agrosanoat birjasi” AJ vakillari ishtirok etdilar.

Kanalga ulanish 👉 https://yangx.top/AntimonUz
#seminar_trening

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi
da Qoʻmita raisining maslahatchisi G.T. Qodirova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2020 sanadagi PF-6084-son Farmoni va boshqa davlat tiliga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan oʻquv seminar tashkil qilindi.

🔰 Seminarda 18-yanvar kuni qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-746-sonli Qonuni hamda yangi tahrirdagi “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan yangi normalar haqida keng jamoatchilik vakillari xabardor qilindi.

Kanalga ulanish 👉 https://yangx.top/AntimonUz

website | facebook | telegram | youtube | twitter | instagram | одноклассники
#Namangan viloyati
#seminar

🏢 Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasida
hududiy boshqarma xodimlari uchun davlat tilida ish yuritish borasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan oʻquv seminar tashkil qilindi.

📚 “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan nashr etilgan yangi kitoblar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Qoʻmitaning Namangan viloyati hududiy boshqarmasiga kitoblar to‘plami taqdim etildi.

Kanalga ulanish 👉 https://yangx.top/AntimonUz

website | facebook | telegram | youtube | twitter | instagram | одноклассники
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Kitobxonlik

➡️ Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida

🔰 Tashkilotlarda Davlat tilida ish yuritish va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bagʻishlangan
seminar-trening tashkil qilindi.

📺 Tadbir tafsilotlari YANGI DAVRda

Kanalga ulanish 👉
https://yangx.top/AntimonUz

website | facebook | telegram | youtube | twitter | instagram | одноклассники
#seminar_trening

Xalqaro ekspertlar tomonidan bir haftalik seminar-treninglarga start berildi

Xalqaro hamkorlik doirasida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi doirasida AQShning “Tetra Tech” tashkiloti tomonidan

🔰 “Tarmoq sanoatlarida bozorni erkinlashtirish hamda transformatsiya qilish” mavzusida

🔰Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari salohiyati hamda ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan bir haftalik seminar-treninglarga start berildi.

👉 Batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://yangx.top/AntimonUz

website | facebook | telegram | youtube | instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamkorligida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

👉 "O'zbekiston 24" TV

Kanalga ulanish 👉 https://yangx.top/RaqobatGovUz

website | facebook | telegram | youtube | instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_OAV

Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan moliyaviy savodxonlik bo'yicha o'quv-seminar bo'lib o'tdi.

Kanalga ulanish 👉 https://yangx.top/RaqobatGovUz

website | facebook | telegram | youtube | instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan "Davlat xaridlari" hamda "Raqobat" to'g'risidagi qonunlar ijrosiga qaratilgan seminar tashkil qilindi.

👆 Batafsil videolavhada

Kanalga ulanish 👉 https://yangx.top/RaqobatGovUz

website | facebook | telegram | youtube | instagram |Twitter
#Seminar

📚O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyati va buyurtmachi tashkilotlar tomonidan mazkur qonunni qo‘llashda yuzaga kelayotgan muammolar va qonunbuzilishlar holatlarini kamaytirish maqsadida Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘quv seminari o‘tkazildi.

ℹ️Ma’lumot uchun: Hududiy boshqarmasi tomonidan 2023 yil yanvar-aprel oylari davomida jami 159,9 mlrd so‘mlik 434 ta tanlov(tender) savdolarida o‘rganishlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 42,7 mlrd. so‘mlik 196 ta tanlov(tender) savdolarida 1530 ta holatda qonun buzilishlar aniqlangan.

Kanalga ulanish 👉 https://yangx.top/RaqobatGovUz

website | facebook | telegram | youtube | instagram |Twitter
#seminar_trening

🔝 Joriy yilning 19-fevral kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda o'tkazgan “Davlat organlarida jamoatchilik bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ochiqlikni ta’minlash hamda OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi o‘quv-seminari OAV nigohida:

🔘UzA (O'zbekiston Milliy axborot agentligi)
🔘Расмий хабарлар I Официальные новости
🔘Hudud Inform
🔘AOKA - Rasmiy kanali
🔘"Toshkent" telekanali “Poytaxt” dasturi (o‘zb)
🔘"Toshkent" telekanali“Poytaxt” dasturi (rus)
🔘"ZO‘R" telekanali “Bu kun” dasturi.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #seminar

📊 Shaffof tovar-xomashyo savdolari ta’minlanishi YIMni 5 foizga oshishiga olib kelishi mumkin

🔎 Ayni damda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, AQSh Tovar fyucherslari tartibga solish komissiyasi, AQSh Savdo Vazirligi ekspertlari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil qilingan Tovar-xomashyo birjalari ishtirokchilari va tarmoqni nazorat qiluvchi regulyatorlar uchun amaliy xalqaro seminari bo'lib o'tmoqda.

🤔 Tadbirda shuningdek Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tovar-xomashyo birjalari vakillari, hamda yirik tovar va xomashyo ishlab chiqauvchilari va brokerlar ishtirok etmoqda.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #seminar

🌀 Tovar-xomashyo birjalari ishtirokchilari va tarmoqni nazorat qiluvchi regulyatorlar uchun amaliy xalqaro seminar davom etmoqda.

✍️ Tovar-xomashyo birjalarini tartibga solishda AQSh tajribasiga bagʻishlangan davra suhbatida:

🔘 litsenziyalovchi organ va regulyator sifatida tovar birjalari faoliyatini tartibga solish;
🔘 tovar-xomashyo birjalarida narxlarni manipulyatsiya qilish va boshqa raqobatga zid harakatlarning oldini olish chora-tadbirlari;
🔘 vakolatli organ tomonidan birjadagi kundalik operatsiyalarni nazorat qilish tartibi haqida AQSh ekspertlari tomonidan bafurja ma’lumotlar berilmoqda.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #seminar

🌀 Tadbirning ikkinchi yarmida “Tovar-xomashyo birjalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasining muhokamasi bo'lib o'tmoqda.

ℹ️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-oktabrdagi PF-169-son Farmoniga asosan Raqobatni rivojlantitish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga “Tovar-xomashyo birjalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilgan.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #hududlar

📼 “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 28-yilligiga bag‘ishlangan seminarlar davom etmoqda.

✍️ Navbatdagi tadbirlar Qo'mitaning Sirdaryo va Navoiy viloyat hamda Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkazildi.

➡️ Tadbirlarda ommaviy axborot vositalari, davlat organlari mutasaddi vakillari, oliy ta'lim hamda o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari ishtirok etdi.

ℹ️ Tadbir davomida aholining isteʼmol madaniyati va huquqiy savodxonligi, tizimda olib borilayotgan ishlar hamda savdo, ishlab chiqarish, ish va xizmat ko‘rsatishning barcha yo‘nalishlarida isteʼmolchilarning huquq va manfaatlari ustuvorligini taʼminlashda Qo‘mita o‘z oldiga qo‘ygan rejalari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM