Telegram Premium
63K subscribers
3 photos
17 videos
29 links
Telegram Premium – bu oʻnlab ekskluziv funksiyalardan foydalanish imkonini beradigan obunadir.
加入频道
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Reklamasiz

Ayrim mamlakatlarda reklama xabarlari katta, ommaviy kanallarda chiqariladi. Bu minimalistik, maxfiylik haqida qaygʻuruvchi reklamalar Telegramning operatsion xarajatlarini qoplashga yordam beradi, lekin Telegram Premium obunachilari uchun ortiq chiqmaydi.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Maxsus emojilar

Premium foydalanuvchilar chatlarga yanada koʻproq ifoda qoʻshish uchun xabarlar va izohlarda 😎 unikal animatsiyali emojilarni kiritishi mumkin 🥳

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🥰🍑🤔🤩☺️😂😍

😁😉😍👍😘😂😛
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Unikal stikerlar

Premium obunachilar barcha foydalanuvchilar koʻra oladigan butun ekran effektli oʻnlab stikerlar yuborishi mumkin.

Har oy yana boshqa premium stikerlar qoʻshiladi va ularning toʻliq roʻyxatini @PremiumStickers kanalida koʻrishingiz mumkin.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Ovozli xabarlarni cheklash

Premium obunachilar kimlar ularga ovozli va video xabarlar yubora olishini boshqarishi mumkin.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Telegram Premium hadya qilish. Premium obunasiga ega istalgan kishi boshqa foydalanuvchiga chegirma narxda 3, 6 yoki 12 oylik obuna hadya qilishi mumkin.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Emoji statuslar. Cheklanmagan sondagi emojilar va maxsus emojilar yordamida boshqalarga nima bilan shugʻullanayotganingizni koʻrsating.

Statuslar ismingiz yonida chiqadi va boshqalarga siz ishda 👨‍💻, darsda 👩‍🎓 ekaningizni va boshqalarni 🏖 bildiradi.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Video xabarlar uchun ovozni matnga oʻgirish

Premium foydalanuvchilar audioni matnga oʻgirish uchun video xabarlar yoki ovozli xabarlar yonidagi →A tugmasini bosishi mumkin.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Telegram Premium – hadyadan ham koʻproq. 💐

Obuna hadyalariga 40% gacha chegirma bilan yaqin insonlar, doʻstlar va hamkasblaringizga ekskluziv funksiyalarni ulashishingiz mumkin. 💫

Hadya yuborish uchun Telegram Premium obunachisi boʻlish shart emas. Foydalanuvchi profilidagi uch nuqtani 💬 bosing va Premium hadya qilish bandini tanlang.

Hadyani darhol yetkazamiz – foydalanuvchi siz bilan chatda 🎁 animatsiyali hadya qutisini koʻradi.

P.S. Agar sizda ilovaning direct versiyasi oʻrnatilgan boʻlsa yoki Telegramdan kompyuterda foydalansangiz, @PremiumBot bilan chatni oching, “Boshlash” tugmasini bosing va menyuda “Telegram Premium hadya qilish” bandini tanlang. Bot Humo va Uzcard kartalarini ham qabul qiladi.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Real vaqt rejimida tarjima qilish

Premium foydalanuvchilar varaqlaganida dinamik tarzda yangilanuvchi butun chatlarni tarjima qilishi mumkin.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🆕 🌟 Telegram Premium obunachilari Telegramda hikoyalardan foydalanganda ekskluziv imtiyozlarga ega boʻladi.

1️⃣ Ustuvor namoyish
Hikoyalaringiz roʻyxat boshida chiqarilishi hisobiga koʻproq koʻrishlar soniga ega boʻling.

🕶 Koʻrinmaslik rejimi
Hikoyalarni anonim koʻrish imkoniyati.

👁 Koʻrganlar tarixini saqlash
Hatto hikoyalar eskirganidan keyin ham ularni kimlar ochganini koʻring.

Namoyish muddatini tanlash
Hikoyalaringiz uchun 6 yoki 48 soat kabi maxsus muddatlar belgilang.

💽 Hikoyalaringizni galereyaga saqlash
Boshqalarning nusxa olishdan himoyalanmagan hikoyalarini saqlang.

📝 Uzunroq izohlar
Hikoyalaringiz uchun 10 marta uzunroq izohlar yozing.

🔗 Havolalar va formatlash
Hikoyangiz izohlariga havolalar va formatlash qoʻshing.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Telegram Premium: obuna boʻlish yoki toʻlov qilish

S: Qanday obuna boʻlish mumkin?
J:
Obuna variantlari bilan tanishish va uni rasmiylashtirish uchun ushbu xabar ostidagi tugmani bosing. Yoki Sozlamalar > Telegram Premium rukniga kiring, keyin Obuna boʻlish tugmasini bosing.

S: Qanday toʻlov usullari mavjud?
J:
App Store / Google Play yoki @PremiumBot orqali bank kartangiz yordamida obuna boʻlishingiz mumkin. Hozirda qanday ilovadan foydalanayotganingizga qarab tizim optimal toʻlov usulini avtomatik taklif qiladi.

P.S.: Agar @PremiumBot botiga ilovangiz orqali kira olmasangiz, uni Telegram Web yordamida ochishingiz mumkin.

S: @PremiumBot va App Store/Google Play orqali toʻlov orasida qanday farq bor?
J:
Bot istalgan xalqaro bank kartasini, shuningdek, Hindistondagi Paytm / UPI, Rossiya toʻlov kartalari hamda Oʻzbekistondagi Uzcard / HUMO kartalari kabi koʻplab mahalliy toʻlov provayderlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

S: Chegirma bormi?
J:
Albatta! Bizga ham chegirmalar yoqadi – yillik obunani4️⃣0️⃣🔤 gacha chegirma bilan sotib olish mumkin. Shuningdek, @PremiumBot orqali obuna boʻlish yanada arzonroq boʻladi, chunki u yerda Apple yoki Google komissiyalari mavjud emas.

S: Kriptovalyuta bilan qanday toʻlashim mumkin?
J:
Telegram Premium obunasini bu yerda kriptovalyuta yordamida sotib olishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kanal ovozlari haqida savol-javob

Kanallar endi hikoyalar ulashishi, xabarlarini moslashtirishi va boshqa imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Agar Telegram Premium foydalanuvchisi boʻlsangiz, sevimli kanallaringizga ovoz berish orqali ularga yordam berishingiz mumkin.

🌟 Telegram Premium obunasi bilan boshqa imtiyozlar bilan bir qatorda 4 ta ovoz olasiz. Bu ovozlarni istalgan kanalga berishingiz mumkin. 1-darajaga yetgan kanallar kuniga bitta hikoya joylay oladi va har bir qoʻshimcha daraja bilan oshib boradi. Ular 5-darajada xabarlariga oʻziga xos koʻrinish beradigan kanal rangini tanlashi mumkin.

S: Nega kattaroq kanallarga koʻproq ovozlar kerak?
J:
Hozirda 1-darajaga yetish uchun kanalga obunachilarining 0.1% qismi ovoz berishi kerak. Shuning uchun koʻproq obunachilar koʻproq jami ovozlar talab qilinishini bildiradi.

S: Nechta daraja mavjud?
J: 100 ta
daraja mavjud. 100-darajali kanal kuniga 100 tagacha hikoya joylashi mumkin.

S: Ovozim qancha muddat amal qiladi?
J:
Kanalga ovoz berganingizdan keyin ovozingiz Premium obunasi muddati tugaguncha yoki boshqa kanalga ovoz berishga qaror qilguningizcha amal qiladi.

S: Ovozimni boshqa kanalga almashtira olamanmi?
J:
Ha, ovozingizni har 24 soatda boshqa kanalga koʻchirishingiz mumkin.

Barcha kanal imtiyozlari roʻyxati bu yerda mavjud.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Hisob ranglari

Premium bilan hisobingiz uchun rang yoki ranglar kombinatsiyasini tanlashingiz mumkin. Bunda barcha guruhlarda, siz yuboradigan havolalarda va xabarlaringizga javoblarda ismingiz koʻrinishi oʻzgaradi.

Shuningdek, xabarlaringizdan iqtiboslar yoki ularga javoblar uchun maxsus naqsh yaratish uchun belgi tanlashingiz mumkin.

Bu sozlamalar foydalanuvchilardan ovoz toʻplab, 5-daraja yoki undan yuqoriroqqa erishgan kanallar ham foydalana oladi.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Profil ranglari

Ism va xabarlariga qoʻshimcha ravishda, Premium foydalanuvchilar profil sahifasi uchun unikal ranglar kombinatsiyasini tanlashi va qoʻshimcha bezak uchun emoji qoʻshishi (bu va bu kabi) mumkin.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Siz va suhbatdoshingiz uchun fon rasmlari

Premium foydalanuvchilar oʻzi va suhbatdoshi uchun bir vaqtda maxsus fon rasmini tatbiq qilishi mumkin.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Telegram Premium – Ajoyib 😊 Sevishganlar kuni hadyasi

Suyukli insoningizga obuna hadyalariga 😍 40% gacha chegirma bilan Premium taassurot hadya qiling.

Bu yerni bosing 👉 PREMIUM HADYA QILISH 💝.

Bunga muqobil ravishda, Sozlamalardagi “Premium hadya qilish” ruknidan foydalanishingiz mumkin.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🆕 ⭐️ Bir tomonlama oxirgi faollik va oʻqish vaqtlari

Oʻqish vaqtini berkitgan foydalanuvchilar boshqa foydalanuvchilarning oʻqish vaqtlarini koʻra olmaydi.

Telegram Premium bilan oʻqish vaqtingizni berkitishingiz va shunda ham sizga oʻz oʻqish vaqtlarini ulashadigan foydalanuvchilarning oʻqish vaqtlarini koʻrishingiz mumkin.

Agar foydalanuvchi oʻz oʻqish vaqtini berkitsa, u har doim barcha foydalanuvchilardan, jumladan, Premium foydalanuvchilardan berkitiladi.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🆕 ⭐️ Shaxsiy xabar ruxsatlari

Premium foydalanuvchilar ularga kimlar – Har kim yoki Kontaktlarim va Premium foydalanuvchilar xabarlar yuborishi mumkinligini tanlashi mumkin.

Bu yoqilganida kontaktlarda yoki Premium obunasi boʻlmagan foydalanuvchilar siz bilan chatlarni boshlay olmaydi, lekin agar ularga birinchi boʻlib xabar yuborsangiz, javob berishi mumkin.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🆕 ⭐️ Saqlangan xabarlar uchun teglar

Premium foydalanuvchilar Saqlangan xabarlarga bir nechta teg qoʻshib, ulardan qidiruv filtrlari sifatida foydalanishi mumkin.

Teglar xabarga reaksiya bildirish orqali tatbiq qilinadigan emojilarga asoslanadi. Koʻproq tavsif uchun teglarni nomlash ham mumkin.

Obuna boʻlishBarcha premium funksiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM