DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
25.6K subscribers
11.1K photos
1.75K videos
1 file
6.59K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
加入频道
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Dolzarb bir oylik”da ezgulik mujassam


🇺🇿 Ramazon oyining muborak kunlari har kim uchun ezgulik qilish, yaqinlariga, atrofdagilarga yaxshilik ila ko‘nglini olishga chorlovchi damlardir. Uning ko‘klam bayrami - Navro‘z bilan bu yil uyg‘unlikda kelishi yurtimiz obodligi yo‘lidagi say’i harakatlarimizni yanada rivojlantirmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

🇺🇿 Davlatimiz rahbarining tegishli farmoyishlariga binoan hozirda qizg‘in tarzda o‘tkazilayotgan “Dolzarb bir oylik”da yuqoridagi fikrimiz xayotda o‘z aksini topmoqda. Farmoyishga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev biriktirilgan Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal yo‘lga qo‘yilgani barobarida, aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlami o‘rganilib, ularning tomorqalaridan samarali foydalanishlari, ro‘zg‘or tebratishlari uchun moddiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Xususan:

🟢 "Paxtachi" MFY fuqarosi, 3 nafar nogironi bor Boytemirovlar xonadoniga kichik ferma tashkil qilishlari uchun qo‘y va qo‘zilar hadya qilindi hamda qo‘yxona qurib berildi;

🟢 "Dustlik-1" MFYdagi fuqaro Umarovlar xonadoniga suv chiqaruvchi nasos o‘rnatib berildi;

🟢 "Dustlik-1" MFYdagi fuqaro Rasulovaning ta’mirtalab turar joy binosi uchun qurilish materiallari harid qilinib, qurilish ishlari boshlab yuborildi.

🌱 Nafaqat atrof-muhit, balki yurtdoshlarimiz hayoti ham obod bo'lishi uchun zamin bo'layotgan, ezgu amallarga boy "Dolzarb bir oylik" davom etmoqda.

#DavKadastrPalata #Dolzarb_bir_oylik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XORIJDA KADASTR TIZIMI
Kanadada kadastr

🇨🇦 Kanada - Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida, dunyodagi eng katta arxipelag - Kanada-Arktika arxipegelagida joylashgan. Poytaxti – Ottava shahri. Birlashgan Qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan. Biroq, mustaqillik eʼlon qilinmagan. Mamlakatni Birlashgan qirollik qiroli (yoki qirolichasi) tomonidan tayinlangan General-Gubernator boshqaradi. Aholi soni – 41 million kishidan oshgan. Maydoni  9,984,670 km.kvadratni tashkil etadi.

🎞 Kanada yer munosabatlari haqida yanada batafsilroq mazkur videoda tanishasiz ⬆️

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

XATLOV VAQTI UYINGIZDA BO'LISHINGIZNI SO'RARDIK
!

🇺🇿 🗓 Manzilli ro‘yxat bo‘yicha xatlovga tushgan mahallalardagi xonadonlarda uy egalarining xonadonida bo‘lmasliklari, ishchi-guruhga yer hujjatlarini taqdim etmaslik yoki keyinroq kelishlarini aytish kabi ayrim holatlar kadastrchilarimiz tomonidan xatlov ishlarini amalga oshirilishlariga to'sqinlik qilmoqda.

Aslida mazkur xatlov Sizning foydangizga tashkil etilganini anglashingiz biz uchun muhim.

Sizdan faqat mahallangiz xatlovga tushgan vaqtni bilish va o'sha kuni xonadoningizda bo‘lish so'raladi xolos!

👉 Xatlovdan bexabar qo'shningizga ham mazkur videoni ulashib qo'ying.

#DavKadastrPalata #xatlov2025 #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Zaxiraga qaytarilgan yerlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 78-moddasi zaxira yerlar bian bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Unga ko‘ra yer kodeksining 8-moddasining 1-7-bandlarida ko‘rsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan barcha yerlar zaxira yerlardir deb belgilangan.

◼️ Mazkur moddaning 2-qismiga ko‘ra, zaxira yerlar yer fondi toifasi o‘zgartirilmagan holda davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘ladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun berishga mo‘ljallanadi.

⚖️ Ya’ni zaxira yerlarini davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bu yer kodeksida belgilangan shart hisoblanadi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda Respublikaning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2025-yil, 26-mart kuni, soat 14:00 da

📍 Manzil: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahar, Ata makan MFY, Opera san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati

📃 Qabulga yozilish uchun +99897 500 25 58, +99890 735 67 89 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi joriy etiladi


📃 “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-43-son, 05.03.2025 y.) qabul qilindi

🗓 2025-yildan bosqichma-bosqich barcha ko‘chmas mulk obyektlari ularning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkaziladi.

Manba: PF-43-son, 05.03.2025 yil.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌍 Yer soati – sayyoramiz uchun bir soat!

🗓 25-mart — “Yer vaqti” kuniga bag‘ishlab yurtimiz bo‘ylab tabiiy resurslarni asrashga qaratilgan muhim aksiya bo‘lib o‘tmoqda! Ushbu global tashabbus atrof-muhitni asrash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda birdamlik ramzi hisoblanadi.

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati va hududlarda mazkur tashabbusda alohida e'tibor qaratildi:

✔️ Samarqand viloyati
✔️ Toshkent viloyati
✔️ Toshkent shahri
✔️ Andijon viloyati
✔️ Buxoro viloyati
✔️ Jizzax viloyati
✔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi

◼️Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi! Siz ham ushbu global harakatga qo‘shiling va Yerimizni asrashga o‘z hissangizni qo‘shing.

#DavKadastrPalata #YerSoati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida sayyor qabullar


Xabaringiz bor, "Dolzarb bir oylik" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lami kengayib bormoqda. Aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ezgu ishlardan tashqari, har bir fuqaroni masalasini tinglash va ijobiy hal etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

➡️ Oylik doirasida bugun tongdan boshlangan sayyor qabul Quyichirchiq tumanidagi "Do‘stlik-1", "Ibrat"," Mirobid", "Navqiron", "Shodlik" va "Mashrab" MFYlari fuqarolari uchun tashkil etildi.

🌟 Kun davomida ikki qismda bo‘lib o‘tkazilgan sayyor qabullar Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev va tuman hokimligi hamda Xalq qabulxonasi mutasaddilari ishtirokida tashkil etilib, unda 50ga yaqin murojaatlar ko‘rib chiqildi.

✔️ Ijtimoiy sohalar va kadastr yo‘nalishlarida bo‘lgan masalalarning ko‘plari joyida hal etilib vaqt va o‘rganish talab etadigan murojaatlar mas’ullarga biriktirildi. Shuningdek ayrimlari rahbariyat tomonidan shu kuning o‘zida joyiga chiqib o‘rganilib, hal etish choralari ko‘rildi.

#DavKadastrPalata  #Dolzarb_bir_oylik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM