#murojaat
📌 Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga Xorazm viloyatida yashovchi L.K. dan murojaat kelib tushdi.
🖇 Murojaatda L.K. 2015-yilda tug‘ilgan farzandi D.D. Gurlan tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabida tahsil olishini, ushbu ta’lim maskani o‘qituvchilari A.Z. va D.A. larning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bilim berish darajasi yetarli emasligi sababli o‘qituvchilarni o‘zgartirish bo‘yicha maktab direktori Q.Q. ga murojaat qilganligini bildirgan.
‼️ Biroq bu holat maktab direktori tomonidan e’tiborsiz qoldirilganligi, maktab faoliyati qoniqarsiz darajada ekanligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilinganligiga qaramasdan holat yuzasidan mas’ullarga chora ko‘rilmayotganligi aytilgan.
🔍Bolalar ombudsmanining MMTVga so‘rovi asosida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan holat o‘rganildi va fuqaro L.K. ning farzandi o‘qiyotgan sinfdagi ta’lim sifati haqiqatan ham talab darajasida emasligi aniqlandi.
Mazkur sabablarga ko‘ra, 34-sonli maktab o‘qituvchilari A.Z. va D.A. larga nisbatan “hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanildi.
Shu bilan birgalikda, maktab direktori Q.Q. maktabda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar faoliyatini doimiy nazoratga olishi va bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha ogohlantirildi❕
Telegram|Facebook|Instagram|X
🖇 Murojaatda L.K. 2015-yilda tug‘ilgan farzandi D.D. Gurlan tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabida tahsil olishini, ushbu ta’lim maskani o‘qituvchilari A.Z. va D.A. larning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bilim berish darajasi yetarli emasligi sababli o‘qituvchilarni o‘zgartirish bo‘yicha maktab direktori Q.Q. ga murojaat qilganligini bildirgan.
🔍Bolalar ombudsmanining MMTVga so‘rovi asosida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan holat o‘rganildi va fuqaro L.K. ning farzandi o‘qiyotgan sinfdagi ta’lim sifati haqiqatan ham talab darajasida emasligi aniqlandi.
Mazkur sabablarga ko‘ra, 34-sonli maktab o‘qituvchilari A.Z. va D.A. larga nisbatan “hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanildi.
Shu bilan birgalikda, maktab direktori Q.Q. maktabda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar faoliyatini doimiy nazoratga olishi va bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha ogohlantirildi❕
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 12, 2024
#murojaat #maktab #bolalar_ombudsmani
📍 Bolalar ombudsmani qabuliga fuqaro J.E. kelib, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 103-sonli umumta’lim maktabi 6-sinf o‘quvchilarining ota-onalari tomonidan yozilgan jamoaviy ariza bilan murojaat qildi.
📝 Murojaatda ota-onalar mazkur maktabning matematika o‘qituvchisi Y.P. dars jarayonida
bolalarni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilishi, shuningdek, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilayotganini bildirib, o‘qituvchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rashgan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holatni atroflicha o‘rgandi.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan 103-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbariyati, maktab psixologi hamda matematika fani o‘qituvchisi Y.P. bilan suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilar bilan muloqot vaqtida ovoz ohangini ko‘tarmasligi, o‘quvchilarning shaxsiyatiga tegmasligi, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi yuzasidan qat’iy ogohlantirish berildi❗️
🖇️ Shuningdek, Y.P. ga maktab direktori tomonidan intizomiy chora qo‘llanilib, ushbu sinf o‘quvchilariga matematika fanidan boshqa o‘qituvchi biriktirildi.
Murojaat qilgan ota-onalar bilan ham holat yuzasidan muloqot qilinib, ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berildi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
📍 Bolalar ombudsmani qabuliga fuqaro J.E. kelib, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 103-sonli umumta’lim maktabi 6-sinf o‘quvchilarining ota-onalari tomonidan yozilgan jamoaviy ariza bilan murojaat qildi.
📝 Murojaatda ota-onalar mazkur maktabning matematika o‘qituvchisi Y.P. dars jarayonida
bolalarni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilishi, shuningdek, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilayotganini bildirib, o‘qituvchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rashgan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holatni atroflicha o‘rgandi.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan 103-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbariyati, maktab psixologi hamda matematika fani o‘qituvchisi Y.P. bilan suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilar bilan muloqot vaqtida ovoz ohangini ko‘tarmasligi, o‘quvchilarning shaxsiyatiga tegmasligi, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi yuzasidan qat’iy ogohlantirish berildi
🖇️ Shuningdek, Y.P. ga maktab direktori tomonidan intizomiy chora qo‘llanilib, ushbu sinf o‘quvchilariga matematika fanidan boshqa o‘qituvchi biriktirildi.
Murojaat qilgan ota-onalar bilan ham holat yuzasidan muloqot qilinib, ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berildi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 14, 2024
#murojaat #bolalar_ombudsmani
📌 Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga "ishonch telefoni" orqali Toshkent shahrida yashovchi D.X. dan murojaat kelib tushdi.
📝 Murojaatda D.X. 2016-yilda tug‘ilgan nabirasi F.S. Shayxontohur tumani 167-sonli maktabda 1-sinfda ta’lim olishini, mazkur sinf rahbari, o‘qituvchi M.O. qizchani koyigani va unga jismoniy chora qo‘llab, pedagog axloq-odob qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etganligini bildirib, M.O. ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holatni har tomonlama o‘rgandi❕
Shayxontohur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi o‘rganishiga ko‘ra, holat o‘z tasdig‘ini topib, sinf rahbari M.O. bolaga nisbatan hech bir tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslik borasida ogohlantirildi va unga tegishli intizomiy chora qo‘llanildi☑️.
Murojaatchi D.X. iltimosiga ko‘ra, nevarasi F.S. o‘qiyotgan 1 “A” sinfidan boshqa sinfga o‘tkazildi.

March 19, 2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ariza #murojaat #bolalar_ombudsmani
📝 Bolalar ombudsmani nomiga har kuni bola manfaatlariga oid turli ariza va murojaatlar kelib tushmoqda. Lekin ayrim hollarda arizani rasmiylashtirishda qator kamchiliklar uchramoqda.
🎞 Ushbu videoda "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida"gi Qonunning 26-moddasida Bola huquqlari bo‘yicha vakilga beriladigan shikoyatlarga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatilgan.

March 26, 2024
#murojaat #qonuniy_chora
📌 Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga "Ishonch telefoni" orqali Namangan viloyatida yashovchi M.T. dan murojaat kelib tushdi.
🖇 Ma’lum bo‘lishicha, M.T. ning 2019-yilda tug'ilgan farzandi M.X. (o‘g‘il bola) Pop tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashi, joriy yilning 21-fevral kuni ushbu ta’lim tashkilotida pedagog xodimlar guruhdagi bolalarni qarovsiz qoldirgan bo'lib, bu holatdan xabar topgan M.X. ning otasi Y.M. pedagog xodimlarga e’tiroz bildirgan. Shundan so‘ng, tarbiyachilar bolaga ruhiy bosim o‘tkazib, uni haqorat qilganligi uchun yuqoridagi xodimlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rib, farzandining huquqlari himoya qilinishini so‘ragan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi ushbu holatni atroflicha o‘rgandi❕
O‘rganish natijasida Pop tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari tarbiyachi va uning yordamchilari o‘z xizmat vazifalariga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lganliklari sababli tashkilot direktorining buyrug‘iga ko‘ra ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 312-moddasi 1-bandiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

March 29, 2024
#murojaat #qonuniy_chora_korish #Bolalar_ombudsmani
📌 Bolalar ombudsmaniga Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi D.M. dan murojaat kelib tushdi.
📄 Murojaatda D.M. voyaga yetmagan farzandi O.T. (7-sinf o‘quvchisi, o‘g‘il bola) 2023-yilning 26-dekabr kuni farzandi tahsil oladigan maktab o‘qituvchisi S.M. bolaning yuz qismiga bir necha bor tarsaki urib, uni turli nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganini bildirgan.
❕Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri mazkur holatni atroflicha o‘rgandi.
Jizzax viloyati Zomin tumani MMT bo‘limining tegishli mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilib, mazkur umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorining buyrug‘iga asosan S.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Shuningdek, joriy yilning 23-yanvardagi jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudida o‘qituvchining harakatlariga huquqiy baho berilib, S.M. ga nisbatan MJTKning 41-moddasi (Haqorat qilish) va 52-moddasini (Yengil tan jarohati yetkazish) sodir etgan deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barovari miqdorida jarima jazosi belgilandi✅ .
Yana bir bor ta’kidlaymiz, ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan nomaqbul muomala va zo‘ravonlik holatlari javobsiz qolishi mumkin emas.
Telegram|Facebook|Instagram|X
📄 Murojaatda D.M. voyaga yetmagan farzandi O.T. (7-sinf o‘quvchisi, o‘g‘il bola) 2023-yilning 26-dekabr kuni farzandi tahsil oladigan maktab o‘qituvchisi S.M. bolaning yuz qismiga bir necha bor tarsaki urib, uni turli nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganini bildirgan.
❕Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri mazkur holatni atroflicha o‘rgandi.
Jizzax viloyati Zomin tumani MMT bo‘limining tegishli mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilib, mazkur umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorining buyrug‘iga asosan S.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Shuningdek, joriy yilning 23-yanvardagi jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudida o‘qituvchining harakatlariga huquqiy baho berilib, S.M. ga nisbatan MJTKning 41-moddasi (Haqorat qilish) va 52-moddasini (Yengil tan jarohati yetkazish) sodir etgan deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barovari miqdorida jarima jazosi belgilandi
Yana bir bor ta’kidlaymiz, ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan nomaqbul muomala va zo‘ravonlik holatlari javobsiz qolishi mumkin emas.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 9, 2024
#murojaat #Bolalar_ombudsmani
📌 Bolalar ombudsmanining shaxsiy qabulida bo‘lgan fuqaro M.M. (ayol) o‘z murojaatida sobiq turmush o‘rtog‘i S.M. sport bo‘yicha milliy terma jamoada ishtirok etayotgan qizi Ya.M. (2011-yil) xalqaro musobaqaga tayyorgarlik va Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi uchun xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishda hamda qizini xorijga chiqishiga to‘sqinlik qilayotganligi yuzasidan murojaat qilgan.
Mazkur masalada Bolalar ombudsmani mutasaddi idoralar bilan birgalikda ko‘rgan choralari natijasida qizning istiqboli va kelgusi imkoniyatlari otaga tushuntirilib, S.M. farzandining xorijga sport musobaqalarida ishtirok etish uchun chiqishiga rasmiy ravishda ruxsat berdi☑️.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Mazkur masalada Bolalar ombudsmani mutasaddi idoralar bilan birgalikda ko‘rgan choralari natijasida qizning istiqboli va kelgusi imkoniyatlari otaga tushuntirilib, S.M. farzandining xorijga sport musobaqalarida ishtirok etish uchun chiqishiga rasmiy ravishda ruxsat berdi☑️.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 12, 2024
#murojaat #bola_manfaatlari
📌 Bolalar ombudsmani shaxsiy qabuliga Sirdaryo viloyatida yashovchi D.D. (ayol) kelib, fuqaro F.D. bilan turmushidan 2 nafar farzandi D.I. va D.M. lar borligi, oilaviy kelishmovchiliklar sabab hozirda birga yashamasligini, turmush o‘rtogi F.D.dan bolalar foydasiga aliment undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i mavjud bo‘lsada, lekin F.D. bugungi kunga qadar aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelayotganligini bildirdi.
🖇️ Shuningdek, D.D. sobiq turmush o‘rtog‘ining sudning hal qiluv qarori asosida bo‘lsada, farzandlari bilan ko‘rishish uchun olib ketishi va qaytarib olib kelishiga jiddiy xavotiri borligi tufayli bu jarayonni nazoratda ta’minlanishida yordam so‘ragan.
❕ Bolalar ombudsmanining Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga yo‘llagan so‘rovi asosida mazkur holat atroflicha o‘rganildi va choralar ko‘rildi.
⚪️ Xususan, ijro harakatlari davomida qarzdor F.D. ning nomida avtotransport vositasi hamda ko‘chmas mulki borligi aniqlanib, taqiq qo‘yilgan hamda qarzdorning mamlakat hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklandi.
🔸Shuningdek, ijro harakatlari davomida qarzdordan joriy yilning 12-iyul kuni alimentdan bo‘lgan qarzdorlik summasining 90% D.D. ga undirilib berildi.
☑️ Hozirda F.D. ning alimentdan bo‘lgan qoldiq qarzdorligini
undirish yuzasidan harakatlar davom etib, shuningdek, bolalarning ota bilan uchrashuvlari bola manfaatlariga zid bo‘lmagan tarzda ta’minlanishiga oid choralar ko‘rilmoqda.
Telegram|Facebook|Instagram|X
🖇️ Shuningdek, D.D. sobiq turmush o‘rtog‘ining sudning hal qiluv qarori asosida bo‘lsada, farzandlari bilan ko‘rishish uchun olib ketishi va qaytarib olib kelishiga jiddiy xavotiri borligi tufayli bu jarayonni nazoratda ta’minlanishida yordam so‘ragan.
⚪️ Xususan, ijro harakatlari davomida qarzdor F.D. ning nomida avtotransport vositasi hamda ko‘chmas mulki borligi aniqlanib, taqiq qo‘yilgan hamda qarzdorning mamlakat hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklandi.
🔸Shuningdek, ijro harakatlari davomida qarzdordan joriy yilning 12-iyul kuni alimentdan bo‘lgan qarzdorlik summasining 90% D.D. ga undirilib berildi.
☑️ Hozirda F.D. ning alimentdan bo‘lgan qoldiq qarzdorligini
undirish yuzasidan harakatlar davom etib, shuningdek, bolalarning ota bilan uchrashuvlari bola manfaatlariga zid bo‘lmagan tarzda ta’minlanishiga oid choralar ko‘rilmoqda.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 3, 2024
#murojaat #bola_manfaatlari
📝 Bolalar ombudsmaniga Surxondaryo viloyatida yashovchi A.N. (erkak) ning murojaati kelib tushdi.
🖇️ Murojaatida A.N. voyaga yetmagan farzandi Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashini, bog‘cha binosi yaqinda qurilgan bo‘lsada, ichimlik suvi bilan ta’minlanmaganligi, binoda sovutish tizimlari yo‘qligi, yoz kunlarida xonalar haddan ziyod issiqligi, bu esa bolalar sog‘lig‘i uchun xavfli ekanligi, shuningdek, muassasa hovlisidagi barcha daraxtlar ham sug‘orishsiz qurib qolganini bildirgan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganildi❕
📌 O‘rganish davomida murojaatdagi holat tasdig‘ini topib, maktabgacha ta’lim tashkiloti xonalariga 4 dona sovutgich texnikasi o‘rnatildi.
🚰Shuningdek, bog‘chada ichimlik suvi saqlanadigan 4 tonna sig‘imidagi maxsus inshoot toza ichimlik suvi bilan to‘ldirilishi ta’minlandi.
☑️ Shu bilan birga, muassasa joylashgan hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish va daraxtlarni sug‘orish uchun suv mavjud emasligi sababli daraxtlar maxsus texnika orqali olib kelinadigan suv bilan sug‘orilishi ma’lum bo‘ldi.
🔷 Hozirda hududiy byudjetdan 2024-yil xarajatlar smetasiga mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga mablag‘ ajratilishi va 980 metr uzoqlikdan toza ichimlik suvi quvuri tortilib, bog‘cha toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan, buning ijrosi ustidan viloyat prokuraturasi nazorat olib boradi.
Bolalar ombudsmani bu borada o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
📝 Bolalar ombudsmaniga Surxondaryo viloyatida yashovchi A.N. (erkak) ning murojaati kelib tushdi.
🖇️ Murojaatida A.N. voyaga yetmagan farzandi Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashini, bog‘cha binosi yaqinda qurilgan bo‘lsada, ichimlik suvi bilan ta’minlanmaganligi, binoda sovutish tizimlari yo‘qligi, yoz kunlarida xonalar haddan ziyod issiqligi, bu esa bolalar sog‘lig‘i uchun xavfli ekanligi, shuningdek, muassasa hovlisidagi barcha daraxtlar ham sug‘orishsiz qurib qolganini bildirgan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganildi
🚰Shuningdek, bog‘chada ichimlik suvi saqlanadigan 4 tonna sig‘imidagi maxsus inshoot toza ichimlik suvi bilan to‘ldirilishi ta’minlandi.
☑️ Shu bilan birga, muassasa joylashgan hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish va daraxtlarni sug‘orish uchun suv mavjud emasligi sababli daraxtlar maxsus texnika orqali olib kelinadigan suv bilan sug‘orilishi ma’lum bo‘ldi.
🔷 Hozirda hududiy byudjetdan 2024-yil xarajatlar smetasiga mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga mablag‘ ajratilishi va 980 metr uzoqlikdan toza ichimlik suvi quvuri tortilib, bog‘cha toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan, buning ijrosi ustidan viloyat prokuraturasi nazorat olib boradi.
Bolalar ombudsmani bu borada o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 21, 2024
#murojaat #tekshiruv #bolalar_manfaati #Bolalar_ombudsmani
📃 Bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi MCHJ rahbari B.B. ning murojaati kelib tushdi.
🖇️ Murojaatida 2022-yilda yakka tartibdagi tadbirkor E.M. (ayol) bilan MCHJga tegishli binoning bir necha xonalarini nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi sifatida foydalanish uchun ijaraga olish shartnomasi tuzilganligini, lekin tadbirkor o‘z faoliyatida belgilangan talablarga rioya etmayotganligini bildirgan.
◽️Xususan, tarbiyalanuvchi bolalar soni muassasa sig‘imidan ortiqligi, bolalar uchun yotoqxona, hojatxona va oshxona sanitariya normalariga muvofiq emasligi, ayniqsa bolalar yuqori bosimdagi elektr toki mavjud bo‘lgan xonada saqlanayotganligi va bu xonada deraza mavjud emasligi, oqibatda esa bolalarning sog‘lig‘i xavf ostida qolayotganligini ma’lum qilib, MTMda tarbiyalanayotgan bolalar manfaatlarini himoya qilishni so‘ragan.
📌 Mazkur holat Bolalar ombudsmanining nazorat so‘rovi asosida Toshkent viloyati prokuraturasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan atroflicha o‘rganildi.
⚪️ Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rganishi asosida Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi tegishli Nizomi talablariga zid ravishda manzili (joylashuv geolokatsiyasi) bitimda ko‘rsatilgan manzildan boshqa joyda faoliyat olib borganligi sababli mazkur oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga subsidiya to‘lovlari to‘xtatildi.
☑️ Shuningdek, Biznes-ombudsman bilan kelishilgan holda mazkur muassasada SSV huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.
🔷 Tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan MJtKning 53-moddasi (Sanitariya qonunchiligini buzish) bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudiga yuborildi. Hozirda tashkilot faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
📃 Bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi MCHJ rahbari B.B. ning murojaati kelib tushdi.
🖇️ Murojaatida 2022-yilda yakka tartibdagi tadbirkor E.M. (ayol) bilan MCHJga tegishli binoning bir necha xonalarini nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi sifatida foydalanish uchun ijaraga olish shartnomasi tuzilganligini, lekin tadbirkor o‘z faoliyatida belgilangan talablarga rioya etmayotganligini bildirgan.
◽️Xususan, tarbiyalanuvchi bolalar soni muassasa sig‘imidan ortiqligi, bolalar uchun yotoqxona, hojatxona va oshxona sanitariya normalariga muvofiq emasligi, ayniqsa bolalar yuqori bosimdagi elektr toki mavjud bo‘lgan xonada saqlanayotganligi va bu xonada deraza mavjud emasligi, oqibatda esa bolalarning sog‘lig‘i xavf ostida qolayotganligini ma’lum qilib, MTMda tarbiyalanayotgan bolalar manfaatlarini himoya qilishni so‘ragan.
⚪️ Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rganishi asosida Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi tegishli Nizomi talablariga zid ravishda manzili (joylashuv geolokatsiyasi) bitimda ko‘rsatilgan manzildan boshqa joyda faoliyat olib borganligi sababli mazkur oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga subsidiya to‘lovlari to‘xtatildi.
☑️ Shuningdek, Biznes-ombudsman bilan kelishilgan holda mazkur muassasada SSV huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.
🔷 Tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan MJtKning 53-moddasi (Sanitariya qonunchiligini buzish) bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudiga yuborildi. Hozirda tashkilot faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 5, 2024
#murojaat #bola_huquqlari #moddiy_yordam
🖇 Bolalar ombudsmaniga IIV huzuridagi ikkinchi mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan Sh.X. (ayol) dan murojaat kelib tushdi.
📃 Murojaatda Sh.X. sodir etgan jinoyati tergovi doirasida hozirda mazkur tergov hibsxonasida saqlanayotganligi, oilada yolg‘iz boquvchi ekanligi, voyaga yetmagan farzandi M.X. (2022-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) nafaqada bo‘lgan ota-onasining qaramog‘ida qolganligi, farzandi tug‘ma xastaligi, o‘g‘liga tibbiy, moddiy, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatilishini yoki vaqtincha davlat qaramog‘iga olinishini so‘ragan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘rganildi❕
📌 O‘rganish davomida kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan oilaga ijtimoiy ish bo‘yicha keys ochilib, shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ajratish choralari ko‘rildi. Voyaga yetmagan M.X. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan buvisi X.M. ga patronatga topshirildi (moddiy ta'minot nazarda tutilgan).
O‘z navbatida, Bolalar ombudsmani mazkur vaziyatda bola manfaatlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi☑️.
Telegram|Facebook|Instagram|X
🖇 Bolalar ombudsmaniga IIV huzuridagi ikkinchi mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan Sh.X. (ayol) dan murojaat kelib tushdi.
📃 Murojaatda Sh.X. sodir etgan jinoyati tergovi doirasida hozirda mazkur tergov hibsxonasida saqlanayotganligi, oilada yolg‘iz boquvchi ekanligi, voyaga yetmagan farzandi M.X. (2022-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) nafaqada bo‘lgan ota-onasining qaramog‘ida qolganligi, farzandi tug‘ma xastaligi, o‘g‘liga tibbiy, moddiy, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatilishini yoki vaqtincha davlat qaramog‘iga olinishini so‘ragan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘rganildi❕
O‘z navbatida, Bolalar ombudsmani mazkur vaziyatda bola manfaatlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi☑️.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 12, 2024