Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.05K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#qabul #bola_masalalari #buzilgan_huquqlar

📖 Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalarda qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.

🖇️ Ko‘rib chiqilgan murojaatlar turlicha bo‘lsada, ularning barchasi bola huquqlarini jiddiy cheklanishiga oid holatlardir.

📍 Shaxsiy qabul davomida:

🔸Livan Respublikasida qolib ketgan farzandini O‘zbekistonga qaytarishga oid;

🔹bolaning o‘z yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi buzilishi yuzasidan;

🔸bolaga maktab o‘qituvchisi tomonidan o‘tkazilgan jismoniy tazyiq hamda uning oqibatlariga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganilgan murojaatlarda bayon etilgan holatlarda bolaning buzilgan huquqlari tiklanishi bo‘yicha amaliy jarayon boshlandi✔️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #bola_masalalari #buzilgan_huquqlar

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola masalalari yuzasidan o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🗣 Qabul davomida:

🔸qizining vafotidan so‘ng buvi o‘z nevarasi bilan uchrashuvlari uning otasi ishtirokisiz bo‘lishini istashi, shu bilan birga oiladagi muhit nevarasining sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi yuzasidan;

🔹farzandida murakkab kasallik borligi tufayli ona bolasini davolash uchun xorijga olib bormoqchi ekanligi, lekin sud qarori mavjud bo‘lsa-da, sobiq turmush o‘rtog‘i bunga asossiz yo‘l qo‘ymayotganligi oqibatida farzandining sog‘lig‘i yomonlashayotganligiga oid;

🔸onaning 3 nafar farzandining barchasi Dyushen miodistrofiyasi og‘ir kasalligiga chalinganligi, 2017-yilda davlat tomonidan oilaga ajratilgan xonadon 3-qavatda joylashganligi tufayli hozirda bolalarni ko‘chaga olib chiqishga qiynalayotganligi, shu sababli oilaga pastroq qavatdan uy berilishida ko‘mak ko‘rsatilishiga oid;

🔹farzandi jismoniy tarbiya darsida ko‘krak qafasiga to‘p tegishi oqibatida yuragidan jarohatlanib vafot etganligi, holat sodir bo‘lgan paytda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi darsda bo‘lmay, o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🕗 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM