#monitoring_natijasi
#bolalar_uchun_sharoit_yaxshilandi
🗓 Avval xabar berganimizdek, Bolalar ombudsmani noyabr oyida Samarqand viloyatidagi bolalar saqlanayotgan qator muassasalarga monitoring tashrifi doirasida IIB huzuridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi faoliyatini o‘rgandi.
✏️ Bolalar ombudsmani markazda voyaga yetmaganlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirib, bola huquqlarini ta’minlanishida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Markaz faoliyatini takomillashtirish zarurati bo‘yicha IIVga tegishli xulosa kiritdi.
✅ Bunga javoban Bolalar ombudsmani o‘z xulosasida qayd etgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazirlik tomonidan hududiy ichki ishlar organlariga maxsus ko‘rsatma yuborildi va aniqlangan muammolarni hal qilish choralari ko‘rildi.
⬇️ Xususan, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi ma’muriy binosining ta’mirga muhtoj joylari (o‘quv xonasi, yotoqxona, sport zali va yuvinish xonalari) sanitariya-gigiyena me’yorlari talablari asosida ta’mirlandi. Bolalar uchun yotoqxonalar sharoiti yaxshilanib, yangi choyshab va yostiq jildlar bilan ta’minlandi.
🚨 Shuningdek, Markazning kompyuter qurilmalari internet tarmog‘iga ulandi hamda yangi maktab darsliklari, sport anjomlari bilan ta’minlangan ravishda muntazam dars mashg‘ulotlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.
⌛ Bolalar ombudsmani bola saqlanayotgan yopiq muassasasalarda o‘z monitoring faoliyatini davom ettiradi.
Telegram|Facebook|Instagram
#bolalar_uchun_sharoit_yaxshilandi
✏️ Bolalar ombudsmani markazda voyaga yetmaganlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirib, bola huquqlarini ta’minlanishida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Markaz faoliyatini takomillashtirish zarurati bo‘yicha IIVga tegishli xulosa kiritdi.
Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM