Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.06K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#qabul #bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan kuz oyidagi ilk shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🖇 Qabul davomida:

▫️ona vafotidan so‘ng voyaga yetmagan qiz Rossiya Federatsiyasida buvisi qaramog‘iga topshirilganligi, lekin qizning o‘zi O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan otasi bilan yashashni istayotganligi yuzasidan;

▪️nabirasini maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun onlayn ro‘yxatga qo‘yilib, navbati kelgan bo‘lsada, elektron bazada navbati ancha pastga tushib qolganligi tufayli bolani bog‘chaga berish kechikayotganiga oid;

▫️bir necha yil avval ona o‘z farzandidan voz kechib, bolani otasiga tashlab ketganligi, endilikda farzandini o‘z qaramog‘iga olmoqchi bo‘layotganligi yuzasidan;

▪️oilaviy nizo tufayli ota 3 nafar farzandini onasi bilan uydan haydab yuborgani, bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqlari buzilayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

📝 Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli idoralar tomonidan chora ko‘rish va bolaning buzilgan huquqlari tiklanishiga oid amaliy jarayon boshlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bolalar #bola_manfaatlari

🖇️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

📌 Qabul davomida:

1️⃣ maktabda o‘qituvchi va direktor tomonidan 1-sinf o‘quvchilariga ruhiy zo‘ravonlik va bosim o‘tkazilayotganligi, shuningdek, maktab o‘qituvchilari o‘z mutaxassisligi bo‘lmagan fanlardan dars berayotganiga oid;

2️⃣ Bolani yashash joyini belgilashga oid sud qarori ijrosini yashash joyida emas, maktabdagi bo‘layotgan dars jarayonida amalga oshirilishi yuzasidan;

3️⃣ tunda aholi yashaydigan ko‘p qavatli uyda joylashgan restoran 24 soat ishlashi natijasidagi shovqin oqibatida bolalarning dam olish huquqi buzilayotganligiga oid;

4️⃣ Farzandiga maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi tomonidan o‘tkazilgan tazyiq va bunga bog‘cha ma’muriyatining befarqligi masalasi yuzasidan;

5️⃣ ota-ona ajrimidan so‘ng bolaning otasi va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi, bola nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotganligi va unga yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmasligiga oid;

6️⃣ ajrimdan keyin ona bilan yashayotgan kichik yoshdagi bolalarni sog‘lig‘i yuzasidan yetarli g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmayotganligiga oid;

7️⃣ Professional sport bilan shug‘ullanayotgan bolaga onasi tomonidan ruhiy bosim o‘tkazilib, uning sportda intilishlariga to‘sqinlik qilayotganliga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🔸Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_huquqlari #murojaatlar

📌 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

📒 Qabul davomida:

✔️ ta’lim muassasasida o‘smir qizga sinfdoshlari tomonidan ruhiy bosim va tazyiq (bulling) o‘tkazib kelinganligi, o‘quvchilar tomonidan internetda asossiz, qizning sha’ni va qadr-qimmatiga zid bo‘lgan xabarlar tarqatilganligi, mazkur bulling oqibatida qiz o‘z joniga qasd qilishga uringanligi yuzasidan;

✔️ Otaning 2 nafar qizi RFning Yekaterinburg shahriga ko‘chib ketganligi, yangi maktabga joylashishda ma’muriyat avvalgi maktabdan ma’lumotnoma so‘rayotganligi, lekin ushbu hujjatni olishda hozirda muammoga duch kelayotganligiga oid;

✔️ Ota ko‘p yillar davomida bolaning hayotida ishtirok etmay kelganligi, otalik majburiyatlarini bajarmayotganligi, mutassil ichkilikbozlikka mubtalo bo‘lganligi sababli uni otalik huquqidan mahrum qilish masalasiga oid;

✔️ Xususiy tibbiy markaz defektologi nogironligi bo‘lgan bolani urib mashg‘ulot o‘tkazishi yuzasidan;

✔️ bolaning o‘z yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqini buzilishiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani tegishli idoralarni jalb qilgan holda tizimli ravishda o‘rganishni boshladi

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_masalalari #buzilgan_huquqlar

📖 Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalarda qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.

🖇️ Ko‘rib chiqilgan murojaatlar turlicha bo‘lsada, ularning barchasi bola huquqlarini jiddiy cheklanishiga oid holatlardir.

📍 Shaxsiy qabul davomida:

🔸Livan Respublikasida qolib ketgan farzandini O‘zbekistonga qaytarishga oid;

🔹bolaning o‘z yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi buzilishi yuzasidan;

🔸bolaga maktab o‘qituvchisi tomonidan o‘tkazilgan jismoniy tazyiq hamda uning oqibatlariga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganilgan murojaatlarda bayon etilgan holatlarda bolaning buzilgan huquqlari tiklanishi bo‘yicha amaliy jarayon boshlandi✔️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #bola_huquqlari #bola_manfaatlari

🗣️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🖇️ Qabul davomida:

1️⃣ Voyaga yetmagan qizni bexabarligidan foydalanib, yaqin qarindoshi uni o‘z jinoyatiga ko‘makka jalb qilganligi yuzasidan;

2️⃣ Turli asossiz vajlar bilan qizlarini 3 yildan beri maktabga qo‘ymay, ularni ta’limga bo‘lgan huquqini buzayotgan ota-onaga jiddiy chora ko‘rish zarurligiga oid;

3️⃣ Ota-ona ajrimidan so‘ng bolani yashash joyini belgilash va yaqin qarindoshlari bilan uchrashish huquqi buzilayotganligi yuzasidan;

4️⃣ Logoped-defektolog muolajadan so‘ng qo‘pol harakatlar bilan bolaga zarar yetkazganligiga oid;

5️⃣ Oilaviy nizo tufayli ota 3 nafar kichik yoshdagi farzandini olib ketib, ularni onasi bilan ko‘rishishga to‘sqinlik qilayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Mazkur holatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganishni boshladi☑️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #bola_masalalari #buzilgan_huquqlar

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola masalalari yuzasidan o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🗣 Qabul davomida:

🔸qizining vafotidan so‘ng buvi o‘z nevarasi bilan uchrashuvlari uning otasi ishtirokisiz bo‘lishini istashi, shu bilan birga oiladagi muhit nevarasining sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi yuzasidan;

🔹farzandida murakkab kasallik borligi tufayli ona bolasini davolash uchun xorijga olib bormoqchi ekanligi, lekin sud qarori mavjud bo‘lsa-da, sobiq turmush o‘rtog‘i bunga asossiz yo‘l qo‘ymayotganligi oqibatida farzandining sog‘lig‘i yomonlashayotganligiga oid;

🔸onaning 3 nafar farzandining barchasi Dyushen miodistrofiyasi og‘ir kasalligiga chalinganligi, 2017-yilda davlat tomonidan oilaga ajratilgan xonadon 3-qavatda joylashganligi tufayli hozirda bolalarni ko‘chaga olib chiqishga qiynalayotganligi, shu sababli oilaga pastroq qavatdan uy berilishida ko‘mak ko‘rsatilishiga oid;

🔹farzandi jismoniy tarbiya darsida ko‘krak qafasiga to‘p tegishi oqibatida yuragidan jarohatlanib vafot etganligi, holat sodir bo‘lgan paytda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi darsda bo‘lmay, o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🕗 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_manfaatlari #Bolalar_ombudsmani

🖇️ Kuni kecha Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar bilan kelgan fuqarolarning navbatdagi qabulini o‘tkazdi.

📍Qabulga kelganlar quyidagi masalalar yuzasidan murojaat qildilar:

🔸9 yosh o‘quvchining xulqida jiddiy og‘ishlar bo‘layotganligi, sinfdoshlariga nisbatan nojo‘ya harakatlar qilayotganligi,
uning oilaviy muhiti barqaror emasligi, oqibatda esa boshqa o‘quvchilarning ta’limiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi yuzasidan;

🔹sud ajrimidan so‘ng ham bolaning otasi o‘z vaqtida aliment to‘lamayotganligi, otalik majburiyatlarini bajarmayotganligi, mutassil ichkilikbozlikka mubtalo bo‘lganligi sababli uni otalik huquqidan mahrum qilish masalasini o‘rganishga oid;

🔸8-sinf o‘quvchisi darslarni o‘zlashtirmaganligi sababli sinfdan sinfga o‘tmay qolganligi va shu sababli diskriminatsiyaga uchrayotganligidan ruhiy tushkunlikda ekanligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

💬 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X