Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.05K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

🗣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Jumladan,

🔹ota-ona nikohidan ajralganidan so‘ng bolani kim bilan yashashi masalasini sud belgilagan bo‘lsada, bolaning otasi bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi hamda bola onaning qarindoshlari tomonidan majburiy og‘ir mehnatga jalb qilinayotganligi yuzasidan;

🔸bolani rasmiy tarzda farzandlikka olgach ko‘p o‘tmay, go‘dakni o‘z qarindoshlari tarbiyasiga topshirib ketib, 7 yil o‘tib hozirda bolani olib ketgan va uning hayoti, sog‘lig‘iga xavf solayotgan vasiyning harakatlari yuzasidan;

🔹O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirligida yashab kelgan paytida bola boqib olganligi, hozirda O‘zbekistonga qaytib kelganida bolani shaxsiga oid hujjatlarini rasmiylashtirishdagi muammo yuzasidan;

🔸Nabirasiga onasi tomonidan tan jarohati yetkazilganligi, shu sababli bolaning onasini onalik huquqini cheklashga oid;

🔹mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetganligi, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan;

🔸sud ajrimidan so‘ng bolaning otasi o‘z vaqtida aliment to‘lamayotganligi, sobiq turmush o‘rtog‘iga farzandini undan olib qo‘yishi bilan muntazam ravishda tahdid qilayotganligi sababli bola otasi bilan uchrashgan paytida psixolog yoki vasiylik organi vakili ishtirok etishi so‘rovi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

💬 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #bola_manfaatlari

🗓️ Bugun, 24-iyul kuni Bolalar ombudsmani bola huquqlariga oid masalalar yuzasidan murojaatchilar bilan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🗣️ Bugungi qabul jarayonida:

☑️ 2 nafar voyaga yetmagan bolaning fuqaroligini tiklash masalasiga oid sud majlisida ishtirok yuzasidan;

☑️ bolaning yoshi 12 da bo‘lsada, sudda uning ota-onalardan qay biri bilan yashashi borasidagi fikri inobatga olinmayotganligi yuzasidan;

☑️ noto‘g‘ri tashhis oqibatida bolaga nojoiz tibbiy davolash kursi tufayli uning ahvoli yomonlashib borayotganligi yuzasidan;

☑️ turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng chuqur depressiya holati tufayli ona o‘z farzandiga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazayotganligi yuzasidan;

☑️ nevarasini maktabga joylashtirishda qator to‘siqlarga uchrayotganligiga oid;

☑️ ona farzandi ta’lim olishida to‘sqinlik qilayotganligi masalasi yuzasidan;

☑️ bola onasi bilan boshqa davlatga yashash uchun ketayotganligi va otasi ruxsat bermayotganligiga oid;

☑️ iste’dodli va ko‘plab yutuqlarga erishgan bo‘lsada, o‘smir qizni iqtidorli yoshlar guruhida e’tirof etilmayotganligi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

🟢 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_huquqlari

📌 Kecha Bolalar ombudsmani iyul oyidagi o‘zining beshinchi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

👫 Qabul davomida nafaqat ota-onalari yoki boshqa yaqinlari, balki bolalarning o‘zlari ham kelib, huquqlari buzilayotganligi yuzasidan murojaat qildilar.

📍Xususan,

1️⃣ 12 yoshli qiz sudda ota-onalardan qay biri bilan yashash borasidagi qat’iy fikri inobatga olinmaganligi yuzasidan;

2️⃣ mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetib, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda qator muammolarga duch kelayotganligiga oid;

3️⃣ o‘g‘li Koreya Respublikasida ish joyida fojea sabab vafot etganligi, ish beruvchi ajratgan kompensatsiya puli esa nevaralariga topshirilmay, kelinining qarindoshlari tomonidan ishlatib yuborilganligi yuzasidan;

4️⃣ sobiq turmush o‘rtog‘i bo‘lgan ayol ikki nafar farzandini mutassil ravishda kaltaklab, tazyiq o‘tkazib kelayotganligi yuzasidan;

5️⃣ bolani kim bilan yashash masalasini sud hali hal etmay, ayol farzandini turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatmayotganligi, ota bolaning salomatligi va ahvolidan xabar ololmayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan har bitta murojaat bo‘yicha mas’ul idoralar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi boshlandi✔️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bolalar

🖇️ Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🗣️ Qabul davomida:

☑️ Ayol farzand asrab olganligi, hozirda bolani shaxsiga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga uchrayotganligiga oid;

☑️ Farzandiga nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi tomonidan o‘tkazilgan tazyiq va bunga bog‘cha ma’muriyati befarqligi yuzasidan;

☑️ Og‘ir kasallikka chalingan bolani davolatish uchun xorijga olib chiqishga to‘sqinlik qilayotgan sobiq turmush o‘rtog‘ining bolani manfaatiga zid harakatlariga nisbatan chora ko‘rishga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🔷 Shuningdek, Bolalar ombudsmaniga 2 yoshga ham to‘lmagan bolaga onasi tomonidan g‘amxo‘rlik va parvarish ko‘rsatilmayotganligi, bolani yashash joyi sanitariya talablariga zidligi, onani onalik huquqini cheklash masalasi yuzasidan ushbu mahallada istiqomat qilayotgan qo‘shnilar murojaat qildilar.

Mazkur holatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganishni boshladi

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani

🗓️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan yoz oyidagi so‘nggi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🗣️ Qabul davomida:

1️⃣ bolaga onasi tomonidan sodir etilayotgan g‘ayriqonuniy harakatlar, xususan, mutassil qiynash, urish, haqoratlash kabi holatlarga chek qo‘yish maqsadida onalik huquqini cheklashga oid;

2️⃣ bolaga noto‘g‘ri tashhis bo‘yicha tibbiy davolash kursi o‘tkazilgani oqibatida uning ahvoli yomonlashib borayotganligi yuzasidan;

3️⃣ qizining vafotidan so‘ng ayol voyaga yetmagan nevaralarini ularning yaqin qarindoshi sifatida o‘z qaramog‘iga olishga oid nizo yuzasidan;

4️⃣ mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetib, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda qator muammolarga duch kelayotganligiga oid;

5️⃣ ota-ona ajrimidan so‘ng bolaning otasi va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi, bola nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotganligi va yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmasligiga oid;

6️⃣ bolalarga ona tomonidan mutassil ravishda maishiy zo‘ravonlik o‘tkazib kelinganligi, sudda 12 va 13 yoshdagi bolalarning kim bilan yashash masalasi yuzasidan fikrlari inobatga olinmayotganligi yuzasidan;

7️⃣ davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qituvchi va direktor tomonidan 1-sinf o‘quvchilariga ruhiy zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazib kelinayotganligi, shuningdek, maktab ma’muriyati tomonidan go‘yoki maktab sharoitini yaxshilash maqsadida ota-onalardan muttasil pul yig‘ilayotganligiga oid;

8️⃣ oilaviy nizo sabab ayol farzandi otasiga va uning yaqin qarindoshlariga ko‘rsatmayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🖇️ Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan kuz oyidagi ilk shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🖇 Qabul davomida:

▫️ona vafotidan so‘ng voyaga yetmagan qiz Rossiya Federatsiyasida buvisi qaramog‘iga topshirilganligi, lekin qizning o‘zi O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan otasi bilan yashashni istayotganligi yuzasidan;

▪️nabirasini maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun onlayn ro‘yxatga qo‘yilib, navbati kelgan bo‘lsada, elektron bazada navbati ancha pastga tushib qolganligi tufayli bolani bog‘chaga berish kechikayotganiga oid;

▫️bir necha yil avval ona o‘z farzandidan voz kechib, bolani otasiga tashlab ketganligi, endilikda farzandini o‘z qaramog‘iga olmoqchi bo‘layotganligi yuzasidan;

▪️oilaviy nizo tufayli ota 3 nafar farzandini onasi bilan uydan haydab yuborgani, bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqlari buzilayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

📝 Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli idoralar tomonidan chora ko‘rish va bolaning buzilgan huquqlari tiklanishiga oid amaliy jarayon boshlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bolalar #bola_manfaatlari

🖇️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

📌 Qabul davomida:

1️⃣ maktabda o‘qituvchi va direktor tomonidan 1-sinf o‘quvchilariga ruhiy zo‘ravonlik va bosim o‘tkazilayotganligi, shuningdek, maktab o‘qituvchilari o‘z mutaxassisligi bo‘lmagan fanlardan dars berayotganiga oid;

2️⃣ Bolani yashash joyini belgilashga oid sud qarori ijrosini yashash joyida emas, maktabdagi bo‘layotgan dars jarayonida amalga oshirilishi yuzasidan;

3️⃣ tunda aholi yashaydigan ko‘p qavatli uyda joylashgan restoran 24 soat ishlashi natijasidagi shovqin oqibatida bolalarning dam olish huquqi buzilayotganligiga oid;

4️⃣ Farzandiga maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi tomonidan o‘tkazilgan tazyiq va bunga bog‘cha ma’muriyatining befarqligi masalasi yuzasidan;

5️⃣ ota-ona ajrimidan so‘ng bolaning otasi va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi, bola nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotganligi va unga yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmasligiga oid;

6️⃣ ajrimdan keyin ona bilan yashayotgan kichik yoshdagi bolalarni sog‘lig‘i yuzasidan yetarli g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmayotganligiga oid;

7️⃣ Professional sport bilan shug‘ullanayotgan bolaga onasi tomonidan ruhiy bosim o‘tkazilib, uning sportda intilishlariga to‘sqinlik qilayotganliga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🔸Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_huquqlari #murojaatlar

📌 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

📒 Qabul davomida:

✔️ ta’lim muassasasida o‘smir qizga sinfdoshlari tomonidan ruhiy bosim va tazyiq (bulling) o‘tkazib kelinganligi, o‘quvchilar tomonidan internetda asossiz, qizning sha’ni va qadr-qimmatiga zid bo‘lgan xabarlar tarqatilganligi, mazkur bulling oqibatida qiz o‘z joniga qasd qilishga uringanligi yuzasidan;

✔️ Otaning 2 nafar qizi RFning Yekaterinburg shahriga ko‘chib ketganligi, yangi maktabga joylashishda ma’muriyat avvalgi maktabdan ma’lumotnoma so‘rayotganligi, lekin ushbu hujjatni olishda hozirda muammoga duch kelayotganligiga oid;

✔️ Ota ko‘p yillar davomida bolaning hayotida ishtirok etmay kelganligi, otalik majburiyatlarini bajarmayotganligi, mutassil ichkilikbozlikka mubtalo bo‘lganligi sababli uni otalik huquqidan mahrum qilish masalasiga oid;

✔️ Xususiy tibbiy markaz defektologi nogironligi bo‘lgan bolani urib mashg‘ulot o‘tkazishi yuzasidan;

✔️ bolaning o‘z yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqini buzilishiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani tegishli idoralarni jalb qilgan holda tizimli ravishda o‘rganishni boshladi

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_masalalari #buzilgan_huquqlar

📖 Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalarda qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.

🖇️ Ko‘rib chiqilgan murojaatlar turlicha bo‘lsada, ularning barchasi bola huquqlarini jiddiy cheklanishiga oid holatlardir.

📍 Shaxsiy qabul davomida:

🔸Livan Respublikasida qolib ketgan farzandini O‘zbekistonga qaytarishga oid;

🔹bolaning o‘z yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi buzilishi yuzasidan;

🔸bolaga maktab o‘qituvchisi tomonidan o‘tkazilgan jismoniy tazyiq hamda uning oqibatlariga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganilgan murojaatlarda bayon etilgan holatlarda bolaning buzilgan huquqlari tiklanishi bo‘yicha amaliy jarayon boshlandi✔️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #bola_huquqlari #bola_manfaatlari

🗣️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🖇️ Qabul davomida:

1️⃣ Voyaga yetmagan qizni bexabarligidan foydalanib, yaqin qarindoshi uni o‘z jinoyatiga ko‘makka jalb qilganligi yuzasidan;

2️⃣ Turli asossiz vajlar bilan qizlarini 3 yildan beri maktabga qo‘ymay, ularni ta’limga bo‘lgan huquqini buzayotgan ota-onaga jiddiy chora ko‘rish zarurligiga oid;

3️⃣ Ota-ona ajrimidan so‘ng bolani yashash joyini belgilash va yaqin qarindoshlari bilan uchrashish huquqi buzilayotganligi yuzasidan;

4️⃣ Logoped-defektolog muolajadan so‘ng qo‘pol harakatlar bilan bolaga zarar yetkazganligiga oid;

5️⃣ Oilaviy nizo tufayli ota 3 nafar kichik yoshdagi farzandini olib ketib, ularni onasi bilan ko‘rishishga to‘sqinlik qilayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Mazkur holatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganishni boshladi☑️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #bola_masalalari #buzilgan_huquqlar

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola masalalari yuzasidan o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🗣 Qabul davomida:

🔸qizining vafotidan so‘ng buvi o‘z nevarasi bilan uchrashuvlari uning otasi ishtirokisiz bo‘lishini istashi, shu bilan birga oiladagi muhit nevarasining sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi yuzasidan;

🔹farzandida murakkab kasallik borligi tufayli ona bolasini davolash uchun xorijga olib bormoqchi ekanligi, lekin sud qarori mavjud bo‘lsa-da, sobiq turmush o‘rtog‘i bunga asossiz yo‘l qo‘ymayotganligi oqibatida farzandining sog‘lig‘i yomonlashayotganligiga oid;

🔸onaning 3 nafar farzandining barchasi Dyushen miodistrofiyasi og‘ir kasalligiga chalinganligi, 2017-yilda davlat tomonidan oilaga ajratilgan xonadon 3-qavatda joylashganligi tufayli hozirda bolalarni ko‘chaga olib chiqishga qiynalayotganligi, shu sababli oilaga pastroq qavatdan uy berilishida ko‘mak ko‘rsatilishiga oid;

🔹farzandi jismoniy tarbiya darsida ko‘krak qafasiga to‘p tegishi oqibatida yuragidan jarohatlanib vafot etganligi, holat sodir bo‘lgan paytda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi darsda bo‘lmay, o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🕗 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_manfaatlari #Bolalar_ombudsmani

🖇️ Kuni kecha Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar bilan kelgan fuqarolarning navbatdagi qabulini o‘tkazdi.

📍Qabulga kelganlar quyidagi masalalar yuzasidan murojaat qildilar:

🔸9 yosh o‘quvchining xulqida jiddiy og‘ishlar bo‘layotganligi, sinfdoshlariga nisbatan nojo‘ya harakatlar qilayotganligi,
uning oilaviy muhiti barqaror emasligi, oqibatda esa boshqa o‘quvchilarning ta’limiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi yuzasidan;

🔹sud ajrimidan so‘ng ham bolaning otasi o‘z vaqtida aliment to‘lamayotganligi, otalik majburiyatlarini bajarmayotganligi, mutassil ichkilikbozlikka mubtalo bo‘lganligi sababli uni otalik huquqidan mahrum qilish masalasini o‘rganishga oid;

🔸8-sinf o‘quvchisi darslarni o‘zlashtirmaganligi sababli sinfdan sinfga o‘tmay qolganligi va shu sababli diskriminatsiyaga uchrayotganligidan ruhiy tushkunlikda ekanligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

💬 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X