Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.05K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#Sirdaryo #bolalar #bolalar_ombudsmani
#birinchi_kun

📍Shu kunlarda Bolalar ombudsmani Sirdaryo viloyatidagi bir qator bolalar joylashgan muassasalar faoliyatini o‘rganmoqda.

Xususan, dastlab o‘rganishlarni Sirdaryo tumani Baxt shahridagi Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasidan boshlab, bu yerdagi bolalarning yashash va ta’lim olish sharoitlarini ko‘zdan kechirdik🔎.

📌 Muassasada tarbiyalanuvchi bolalarning dars jarayonlari, kasbga yo‘naltirish to‘garaklari, yotoq, sanitariya va ovqatlanish sharoitlari, psixologik ko‘mak hamda tibbiy xizmat bo‘limlari faoliyatini o‘rgandik.

Voyaga yetmaganlarning o‘zlari bilan suhbatimiz davomida muassasadagi tartib va sharoitlar borasida ularning fikrlarini eshitib, hozirda qanday ehtiyojlari va muammolari borligini tingladik☑️.

Bolalarning o‘zi va muassasa ma’muriyati tomonidan bildirilgan mavjud muammolarni hal etish yuzasidan IIV va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda amaliy choralar ko‘rish jarayonini boshladik.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo #bolalar #bolalar_ombudsmani

Bolalar ombudsmanining Sirdaryo viloyatiga qilgan safaridan fotolavha📸

Telegram|Facebook|Instagram|X
#Sirdaryo #bolalar #bolalar_ombudsmani
#ikkinchi_kun

☀️Bola yaqinlaridan qanchalik ko‘p mehr ko‘rsa, qalbiga, fikriga quloq tutilsa, uning o‘ziga, hayotga bo‘lgan ishonchi ortadi. Ana shu oddiy haqiqatning yaqqol isbotini kuni kecha Guliston shahridagi oilaviy bolalar uylarini o'rganishimiz davomida ko‘rdik.

Oilaviy bolalar uyida hukm surayotgan samimiy ahillik va baxtni ko‘rib chindan quvondik.

Tutingan ota-ona-onalar bolalarga berayotgan mehr va to‘g‘ri motivatsiya tufayli bolajonlar nihoyatda faol, maktabdagi turli musobaqalarda va tanlovlarda doimo faxrli o‘rinlari egallab kelishmoqda🏅.

Ular faqat maktabdagi dars mashg‘ulotlari bilan cheklanib qolmay, bo‘sh paytlarida birgalikda turli estetik buyumlar yasash, tikuvchilik bilan band bo‘lib, shuningdek, gimnastika, aykido, kurash kabi sport turlari hamda tasviriy san’at va she’riyat bilan mashg‘uldirlar.

Ota-onalar bolajonlar uchun ajoyib motivatsiya namunasi bo‘lib, har bir katta va kichik yutuq uchun bolalarni rag‘batlantirib borishadi, bu esa ularga yanada kuch bag‘ishlaydi💪🏻.

Bunday samimiy va do‘stona muhitda tarbiyalanayotgan bolajonlar albatta kelgusida jamiyatimizda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan inson bo‘lib yetishadilar.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#Sirdaryo #oilaviy_bolalar_uyi #bolalar_ombudsmani

Bolalar ombudsmanining Guliston shahridagi oilaviy bolalar uyiga safaridan fotolavha📸

Telegram|Facebook|Instagram|X