Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.06K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#bolalar_murojaati

15-yanvar kuni Bolalar ombudsmaniga Shaxrisabz shahrida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan qiz M.M. dan murojaat kelib tushdi.

Bugun, 16-yanvar kuni Bolalar ombudsmani qizning o‘zini shaxsan qabul qilib, uning murojaati mazmuni bilan tanishdi.

M.M. ning aytishicha, hozirda u universitetning 1-kursida o‘qimoqda va o‘qishini davom ettirish niyatida. Bir necha yildan buyon tanishi bo‘lgan O.B. (yigit) unga turmushga chiqishiga undab, turli shaklda bosim o‘tkazib kelmoqda. O.B. ning va M.M. ning ota-onalari o‘zaro kelishib, qizning roziligisiz unashtiruv marosimini o‘tkazgan bo‘lib, hozirda O.B. tomonidan unga turmushga chiqishga undab, ruhiy bosim o‘tkazilmoqda.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olinib, tezkor ravishda prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganildi

Hozirda O.B. va qizning ota-onasi ayolni turmushga chiqishga majburlash harakati jinoiy javobgarlikka asos bo‘lishi haqida ogohlantirilib, buning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Shuningdek, M.M. ga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi taqdim etilib, uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Hurmatli ota-onalar! Farzandingiz taqdirini hal etishga oid bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda uning ixtiyoriga, istaklariga nihoyatda e’tiborli bo‘ling!

Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (Ma’muriy javobgarik to‘g‘risidagi Kodeksi 47 (3) moddasi), ayolni turmushga chiqishga majburlash (JK 136-moddasi) uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
#bolalar_murojaati 15-yanvar kuni Bolalar ombudsmaniga Shaxrisabz shahrida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan qiz M.M. dan murojaat kelib tushdi. Bugun, 16-yanvar kuni Bolalar ombudsmani qizning o‘zini shaxsan qabul qilib, uning murojaati mazmuni bilan tanishdi.…
📌 Bolalar ombudsmaniga Shaxrisabz shahrida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan qiz M.M. dan 16-yanvar kuni murojaat kelib tushgan edi. Bu holat yuzasidan M.M ga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi taqdim etilib, uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

29-yanvar kuni M.M. Bolalar ombudsmaniga takroran murojaat qilib, himoya orderi berilgan bo'lsada, O.B (yigit) unga tazyiq va ruhiy bosim qilishni davom etayotganligini bayon etdi.

29-yanvar kuni O.B. bunday harakatlari uchun ma'muriy tartibda ushlanib, bugun, 30-yanvar kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Shaxrisabz shahar sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 206 (1) moddasi (Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik) bilan 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar_murojaati

📌 Bolalar ombudsmani bolalarning o‘zidan bevosita kelib tushgan murojaatlarni alohida e’tibor bilan o‘rganadi. Jumladan, yaqin kunlarda Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Buxoro viloyatida yashovchi 15 yoshli M.M. (o‘g‘il bola) dan murojaat kelgan.

📄 Aytilishicha, M.M. ning onasi unga uzoq vaqt davomida tazyiq o‘tkazib kelgan bo‘lib, shu sababli bola 2023-yildan buyon onasidan alohida, buvisi qaramog‘ida yashab kelgan. Shuningdek, M.M. uning otasi aliment majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun ozodlikdan mahrum qilinganligini bildirib, singlisi va o‘zini onasi qaramog‘iga berilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalasida amaliy yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmanining so‘rovi asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur oilaning ijtimoiy vaziyati atroflicha o‘rganildi. Jumladan, Buxoro viloyati Jondor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi holatni o‘rganishi davomida haqiqatdan ham bolaning ustun manfaatlarini ona emas, buvisi ta’minlay olishi to‘g‘risidagi berilgan xulosasi asosida M.M. ga va uning singlisiga buvisi rasmiy ravishda vasiy etib belgilandi.

Mazkur oilaning ijtimoiy masalalari kelgusida ham Bolalar ombudsmani va mutasaddilar kuzatuvi ostida bo‘lib, zarur hollarda tegishli ko‘mak ko‘rsatish choralari ko‘riladi

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar_murojaati

📌 Bolalar ombudsmaniga 2008-yilda tug‘ilgan N.X. (qiz bola) dan murojaat kelib tushdi.

📃 Murojaatda N.X. uning onasi S.X. sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli N.X. ta’lim olayotgan Mirobod tumanidagi 147-sonli maktabdan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 35-sonli maktabga ko‘chirish yuzasidan joriy yilning 14-fevral kuni tegishli organlarga murojaat qilganligini va murojaati qanoatlantirilganligini bildirgan.
So‘ng onasi S.X. ning sog‘lig‘i yaxshilanganligi tufayli N.X. ning o‘qishini Mirobod tumanidagi 147-sonli maktabiga qayta ko‘chirish yuzasidan bergan murojaati mazkur maktabda joy yo‘qligi sababli bekor qilinganligi, mazkur holat yuzasidan bir nechta davlat tashkilotlariga murojaat qilganligi, biroq arizasi oqibatsiz qoldirilganligi aytilgan.

Shuningdek, mazkur yilning 17-fevral kunidan beri maktabga bora olmayotganligini va maktabda o‘qishni juda xohlashini bildirib, o‘qishini Mirobod tumanidagi 147-sonli maktabda davom ettirish yuzasidan amaliy yordam berilishini so‘ragan.

‼️Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holatni har tomonlama xolisona o‘rgandi.

Jumladan, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Mirobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari o‘rganishi natijasida N.X. o‘qishini Mirobod tumanidagi 147-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinfida davom ettirishi bo‘yicha xulosa qilindi hamda N.X. Mirobod tumanidagi 147-sonli maktabning 9-A sinfiga qabul qilindi va hozirda N.X. mazkur maktabda o‘qishini davom ettirmoqda ☑️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar_murojaati #bulling #qonuniy_chora_korish

📌 Bolalar ombudsmanining shaxsiy qabuliga 3-aprel kuni 2010-yilda tug‘ilgan, Bo‘stonliq tumanida yashovchi E.O. (qiz bola) kelib, murojaat qildi.

🖇 E.O. o'z murojaatida maktabda sinfdoshlari tomonidan muttasil tazyiq va bullingga uchrayotganligi, bu holatga maktab ma’muriyati ham, boshqa mas’ullar ham e'tiborsiz ekanligini bildirdi.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Ichki ishlar organlari mazkur holatni o‘rgandi.

Bo‘stonliq tumani MMT bo‘limi o‘rganishi davomida joriy yilning 18-mart kuni informatika darsida E.O, S.M., M.K., K.V. lar (barchasi qizlar) o‘zaro gap talashib qolishgani, dars mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng nizoni xal qilishni kelishib, dars tugaganidan keyin maktab sinf xonasida yig‘ilib o‘zaro janjallashgani va 3 nafar qiz birgalikda E.O. ni urishgani, uni turli haqoratli so‘zlar bilan kamsitishgani ma’lum bo‘ldi.

Bo'stonliq tumani, “Markaziy” MFY profilaktika inspektori tomonidan bolalar o‘rtasidagi bu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan o‘quvchi qizlar E.O. va K.V. ga sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va ularning yengil tan jarohati olganliklari aniqlangan.

🔴Mazkur bulling holati yuzasidan K.V., S.M., M.K. larning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1- qismi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosida ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qizlar bilan maxsus psixologik korreksion ish olib borish uchun psixolog biriktirildi.

Maktab rahbariyati va inspektor-psixolog
bolalar o‘rtasida bu kabi bulling holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishlicha ogohlantirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM