Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.06K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#bola_manfaati #sud_amaliyoti #qonuniy_chora

📌 Joriy yilning 12-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida bolaga (2013-yilda tug‘ilgan qizga) nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat (JKning 129 moddasi, 2 qismi, "v" bandi) yuzasidan yopiq tarzdagi sud protsessi bo‘lib o‘tdi.
Bola manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan Bolalar ombudsmani o'z vakolatlari doirasida mazkur ish hujjatlari bilan tanishib chiqdi.

🖇 Sud ushbu jinoyatni har tomonlama, xolisona o‘rgangan ravishda, mavjud dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchini aybli deb topdi hamda unga amaldagi Jinoyat qonuni doirasidagi jazo chorasi – 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

E’tiborlisi, bunday toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng mahkumga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va u jazoni to‘liq o‘taydi.

Aytish kerakki, bugungi kunda sudlarimizda bola huquqlarini ishonchli ta’minlash borasida alohida qat’iyat va bolaning eng ustun manfaatlarini himoya qilishga ustuvorlik yondashuvi mustahkamlanib borayotganligi nihoyatda muhimdir. Bunday yondashuv yanada barqaror davom etishi va bu borada respublikada yagona sud amaliyoti shakllanishi zarur

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bola_manfaati #sud_amaliyoti #qonuniy_chora

📌 Bolalar ombudsmaniga joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida yashovchi L.S. (ayol) dan murojaat kelib tushgan edi.

📝 Murojaatida 1957-yilda tug‘ilgan erkak A.S. L.S. ning voyaga yetmagan (2012-yilda tug‘ilgan) qiziga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganligini ish tergov qilinib, sudda ko‘rilayotganini bildirib, mazkur ishda bola manfaatlari himoyasi yuzasidan Bolalar ombudsmani kuzatuvini so‘ragan.

📍Joriy yilning 25-mart kuni Mirobod tumani sudida yopiq tarzda bo‘lib o‘tgan sud majlisida A.S. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

🔴 Sudi hukmi ustidan kiritilgan shikoyat asosida apellyatsiya tartibida ish qayta ko‘rilib, kecha, 26-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida apellyatsiya tartibida sud muhokamasi yakunlandi va apellyatsiya sudi tomonidan birinchi instansiya sudi hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.

☑️ Aytish muhimki, bugungi kunda sudlarimizda bola huquqlarini ishonchli ta’minlash borasida alohida qat’iyat va bolaning eng ustun manfaatlarini himoya qilishga ustuvorlik yondashuvi mustahkamlanib bormoqda.
Bunday yondashuv yanada barqaror davom etishi va bu borada respublikada yagona
sud amaliyoti shakllanishi zarur.

Yana bir muhim jihat, mazkur toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mahkumga hukm bilan tayinlangan jazoni yumshatishning hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va u jazoni to‘liq o‘taydi

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM