Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.05K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#memorandum #bola_huquqlari #huquqiy_savodxonlik

🖇 Mamlakatimizda bolalarning huquqiy bilimlarini hamda huquqiy ong darajasini oshirish, muhimi esa, ularda qonunga hurmat, huquq buzilishi holatlariga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan manzilli ishlar olib borilmoqda.

📌 Mazkur ishlarni samarasi va ta’sirchanligini oshirish maqsadida bugun Bolalar ombudsmani va Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va anglashuv Memorandumi imzolandi🤝.

📄Memorandumda:

✔️ Bola huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, shuningdek bu borada o‘zaro monitoringlar o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

✔️ Bolalar ta’lim olishiga to‘sqinlik qilayotgan hamda o‘quvchilar o‘rtasida nazoratsizlikni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda choralar ko‘rish;

✔️ Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining asl sabablaridan kelib chiqqan holda uning barvaqt oldini olish bo‘yicha fundamental ilmiy amaliy tadqiqotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bunday hamkorlik bolalar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish borasida o‘zining samarasi va ijobiy natijasini berishiga ishonamiz.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#memorandum #hamkorlik #Istiqbolli_avlod #Bolalar_ombudsmani

📑 Bugun Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot markazi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladik.

🖇️ Aytish kerakki, 2001-yilda tashkil etilgan mazkur tashkilot bugungi kunda O‘zbekistondagi odam savdosi va zo‘ravonlikning boshqa turlariga qarshi kurashish sohasida yetakchi nodavlat notijorat tashkilotlardan biri hisoblanadi.

✏️ Memorandum doirasida:

1️⃣ alohida ijtimoiy zaif guruhga mansub va e’tiborga muhtoj oilalarda bolalarga nisbatan odam savdosi, majburiy mehnat, noqonuniy migratsiya, zo‘ravonlik, tazyiq ostida sodir etiladigan jinoyatlar profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish;

2️⃣ odam savdosi, majburiy mehnat, noqonuniy migratsiya va zo‘ravonlikning boshqa shakllari bilan to‘qnash kelgan bolalarni aniqlash va ularga kechiktirib bo‘lmaydigan ijtimoiy-huquqiy yordamni tashkillashtirish;

3️⃣ bolalarga nisbatan sodir etilgan bu kabi jinoyatlar oqibatlarini minimallashtirish, jabrlanuvchilarni himoyalash borasida hamkorlikni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

📌 Aytish kerakki, Bolalar ombudsmani hozida ham «Istiqbolli avlod» NNT bilan murakkab vaziyatlarga duch kelgan bolalarga turli shakldagi ko‘mak ko‘rsatish yo‘nalishida amaliy hamkorlik olib bormoqda.

Ishonch bilan aytish mumkinki, bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan olib borilayotgan bu hamkorlik o‘zining samarasi va ijobiy natijasini beradi🤝.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM