Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.06K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#zoravonlik #bolalar_ombudsmani

⚡️⚡️ Ijtimoiy tarmoqda moshinaning orqa o‘rindig‘ida oyog‘iga zanjir solingan bola tasvirlangan video tarqaldi.

Bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo‘ravonlik holati Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda

🖇 Dastlabki ma’lumotarga ko‘ra, 2011-yilda tug‘ilgan Sh.Sh. Paxtachi tumani “Qalqon-jasorat xarbiy sport maktabi”ning 6-sinfida o‘qiydi. Sh.Sh. ning vasiylari J.S. va E.M. lar mazkur maktab o‘qituvchisi X.Sh. ni chaqirib, xulqi og‘irligi tufayli bolani Samarqand viloyati “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi”ga olib borishni so‘ragan. 2024-yil 16-mart kuni o‘qituvchining moshinasiga bolaning vasiysi J.S. go‘yoki avtomashinadan tushib qochib ketmasin degan vaj bilan moshinaning orqa o‘rindig‘ida g‘ayriqonuniy tarzda bolani oyoqlarini temir zanjir bilan bog‘lab qo‘yganligi aniqlangan.

‼️Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, 17-mart kuni Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda voyaga yetmagan Sh.Sh. ga tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilishi choralari ko‘rilmoqda.

🔽Bola qanday xulqda bo‘lishidan qat’iy nazar unga nisbatan bunday g‘ayriinsoniy, noqonuniy chora ko‘rilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday chora bolaning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqiga ziddir.

Bolalar ombudsmani bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo‘ravonlik holati yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Xabar to’ldirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM