📣 Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
◽️voyaga yetmagan qizga va uning ukalariga otasi tomonidan o‘tkazilayotgan oilaviy zo‘ravonlik holati yuzasidan;
◼️nogironligi bo‘lgan onaga bolasi uchun nafaqaning muntazam to‘lanmayotganligi yuzasidan;
◽️bugungi kunda yashash joyi bo‘yicha bolani maktabga joylashtirishga oid to‘sqinliklar yuzasidan;
◼️bolalarning ajrim jarayonida bo‘lgan ota-onalardan qay biri bilan yashash (shu jumladan, O'zbekistondagi onaning xorijda otasi bilan bo'lgan farzandini unga qaytarilishi) masalasiga oid;
- ajrim jarayonidagi onaning farzandlariga jismoniy zarar qilishi va g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.
❕Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.
📣 Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
📌Qabul davomida:
✔️ sport bo‘yicha milliy terma jamoada ishtirok etayotgan qizni xalqaro musobaqada ishtirok etishi uchun xorijga chiqishga to‘sqinlik qilayotgan otaning bola manfaatiga zid hatti-harakatiga oid;
✔️ voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jinoyati bo‘yicha ishning sudda ko‘rilishida bolalar ombudsmani kuzatuvini so‘rayotgan ota-ona iltimosiga oid;
✔️ xonadon eshigini oldida topib olingan bola (qiz)ni hujjatlarini rasmiylashtirish masalasi yuzasidan;
✔️ xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga iste’mol uchun berilayotgan taomlar sifati talablarga javob bermasligi yuzasidan;
✔️ bolaga nisbatan turli shakldagi zo‘ravonlik ko‘rsatayotganligi tufayli ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasiga oid;
✔️ voyaga yetmagan qizning qonuniy vakillari bo‘la turib, bolani uchinchi shaxs qo‘lida ekanligi va u tomonidan zo‘ravonlikka uchrayotganligi yuzasidan va boshqa turdagi murojaatlar ko‘rib chiqildi va huquqiy ko‘mak choralari ko‘rildi.
Shuningdek, o‘tgan qabul davomida oilaviy zo‘ravonlik holati yuzasidan murojaat qilgan voyaga yetmagan qizning onasi bilan suhbat olib borilib, vaziyat atroflicha o‘rganildi.
🖇 Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganmoqda.
☑️ Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid turli murojaatlarni ko‘rib chiqdi.
❕Xususan,
🖇️ voyaga yetmagan qizning jinsiy daxlsizligi buzilishiga oid;
🖇️ bola asrab olgan ota-onaning nikohdan ajrashishi tufayli bolaning kim bilan yashash masalasiga oid;
🖇️ maxsus ta’lim muassasasini bitirgan nogironligi bo‘lgan bolalarni band qilish va ijtimoiylashtirish masalasiga oid;
🖇️ voyaga yetmagan bolalarning fuqaroligi masalasiga oid nizo yuzasidan;
🖇️ voyaga yetmagan qiz xorijda yashab kelayoygan onasi bilan ko‘rishish uchun Koreya Respublikasiga borish yuzasidan ota roziligini ololmayotganligi masalasiga oid;
🖇️ O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirligida yashab kelgan paytida bola boqib olganligi, hozirda O‘zbekistonga qaytib kelganida bolani shaxsiga oid hujjatlarini rasmiylashtirish masalasi yuzasidan;
🖇️ onaning 3 nafar farzandida “epileptik ensefalopatiya” kassaligi bo‘lib, ularning muntazam davolanishida ko‘mak ko‘rsatilishi masalasida va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.
📍Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.
📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalarda qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.
❕Ko‘rib chiqilgan murojaatlar turlicha bo‘lsada, ularning barchasi bola huquqlarini jiddiy cheklanishiga oid holatlardir.
🖇 Jumladan,
1️⃣ Oilaviy ajrim jarayonida otaning o‘z farzandlari bilan ko‘rishishiga to‘sqinlik qilinayotganligiga oid;
2️⃣ 2-sinf o‘quvchisi muntazam ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq va bullingga uchrayotganligi va maktab mas’ullari va tegishli organlarning bunga befarqligi yuzasidan;
3️⃣ Shayxontohur tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida mental nogironligi bo‘lgan qizaloqqa boshqa tarbiyalanuvchi bola tomonidan muntazam turli jarohatlar yetkazilayotganligi va bu holatga bog‘cha ma’muriyatining e’tiborsizligi yuzasidan;
4️⃣ Bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqi jiddiy buzilishiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Yuqoridagi murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganib, har bir holat yuzasidan tegishli idoralar bilan birgalikda chora ko‘rish jarayoni boshlandi☑️.
📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.
📍Bugungi qabul davomida:
1⃣ ona bolani tarbiyalashda yetarli imkoniyatlarga ega emasligi, otaning bola tarbiyasida ishtirok etishiga muttasil qarshilik ko‘rsatib kelayotganligi hamda bolani yashash joyini belgilash masalasi yuzasidan;
2⃣ ona o‘zining voyaga yetmagan sog‘lom farzandini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizganligi, bir necha yil avval bolaga pichoq bilan jarohatlagani va hozirda bolani tilanchilikka majburlayotgani tufayli uni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi yuzasidan;
3⃣ tashlab ketilgan 2 nafar egizak bolalarni parvarish qilayotgan vasiyni patronaj shaklidagi vasiylikka o‘tkazish orqali uni qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mutasaddi idoralar bilan birga tizimli ravishda o‘rganishni boshladi✅.
📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalarda qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.
❕Ko‘rib chiqilgan murojaatlar turlicha bo‘lsada, ularning barchasi bola huquqlarini jiddiy cheklanishiga oid holatlardir.
🖇 Xususan,
1️⃣ bolani rasmiy tarzda farzandlikka olgach ko‘p o‘tmay go‘dakni o‘z qarindoshlari tarbiyasiga topshirib ketganligi, 7 yildan so‘ng hozirda bolani olib ketib, uning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotganligi yuzasidan;
2️⃣ sud qarori bilan bolaning yashash joyi ona bilan belgilangan bo‘lsada, ona tomonidan bolaga yetarlicha parvarish ko‘rsatilmayotganligi sababli bola uydan tinimsiz qochib ketayotganligi va og‘ir ruhiy tushkunlik holatida ekanligiga doir;
3️⃣ shifokor noto‘g‘ri tashxis qo‘yganligi oqibatida bolaga nojoiz tibbiy davolash kursi natijasida uning ahvoli yomonlashib borayotganligi, bunga sababchi mutasaddilarga qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan;
4️⃣ oilaviy vaziyat tufayli ona o‘z bolasidan voz kechib, qarindoshiga farzandlikka berib ketganligi, keyinchalik oilaviy nizolar sababli bolani o‘z qaramog‘iga qaytarishga urinayotganligi yuzasidan;
5️⃣ bolaga ona tomonidan tazyiq o‘tkazilayotganligi, uning o‘qishi uchun yetarlicha sharoit yaratib berilmayotganligi yuzasidan uni onalik huquqini cheklashga oid;
6️⃣ bolaning uy-joyga egalik qilish huquqi buzilayotganligi masalasiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.
7️⃣ Shu bilan birga Bolalar ombudsmaniga 2 nafar qiz shaxsan o‘zi murojaat qilib, 10 yoshga to‘lgan bo‘lsada, ularning kim bilan yashashni istashiga oid fikri sud protsessida inobatga olinmayotganligini bildirdi.
O‘tgan qabul davomida, shuningdek, onasi o‘z sog‘lom farzandini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizganligi, bir necha yil avval bolaga og‘ir jarohat yetkazgani va hozirda uni tilanchilikka majburlayotgani masalasi yuzasidan murojaat qilgan bolaning (12 yosh) onasi bilan ham suhbat olib borilib, vaziyat atroflicha o‘rganildi✅.