Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.06K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
📌Bugun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdik.

Xalqaro koferensiyada Bosh prokuratura, Inson huquqlari boʻyicha Milliy Markaz, Ombudsman, Bolalar ombudsmani, BMT ning Giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston boʻyicha mintaqaviy vakili, Konstitutsiyaviy sud, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va qator boshqa mutasaddi idoralar hamda xorijiy turdosh akademiyalar vakillari qatnashdilar.

🚨Aytish kerakki, qiynoqqa solish faktlari asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida kuzatiladi va shubhasiz, bu holatlarga yoʻl qoʻyishni mazkur organlar xodimlarining oʻz vazifasiga, burchiga xiyonati deb baholash mumkin.

❗️Zero ularning asosiy funksiyasi - fuqarolarni himoya qilish boʻla turib, ular qiynoqqa solish kabi taqiqlangan usullardan foydalanib, nafaqat davlat organlari obrusiga putur yetkazadilar, balki fuqarolarning davlatga boʻlgan ishonchini yoʻqolishiga sabab boʻladilar.

Aynan shuning uchun ham bu illatning aynan huquqni muhofaza qilish tizimida batamom barham berilishiga oid jarayon uzluksiz davom etishi shart.

🎤Jumladan, anjuman doirasida koʻrib chiqilgan muhim masalalar qatorida Bolalar ombudsmani bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olish boʻyicha yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazishi va u yerda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning murojaatlarini koʻrib chiqishi kabi vazifalarga ham yigʻilganlar eʼtibori qaratildi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌Samarqand viloyatida voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan holat yuzasidan

📍Avval xabar berganimizdek, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv doirasida voyaga yetmagan K.U. (2008-yilda tug‘ilgan qiz bola) ga yetkazilgan tan jarohati darajasini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan edi.

Joriy yilning 17-dekabr kuni berilgan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, K.U. ga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

🔴Holat yuzasidan A.R. (2005-yilda tug‘ilgan ayol) ga nisbatan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB TB tomonidan JKning 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Shuningdek, A.R. tomonidan 2023-yil oktyabr oyida ham o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan voyaga yetmagan qizni tanasining turli sohalariga qo‘llari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, do‘pposlab, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan

Hozirda ushbu jismoniy zo‘ravonlik ham o‘rganilib, ichki ishlar organlari tomonidan huquqiy baho berilmoqda.

☑️ Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi bogʻcha tarbiyalanuvchisi bo’lgan bola kaltaklanganligiga oid holat yuzasidan

🔴Bolalar ombudsmani soʻrovi asosida aniqlanishicha, fuqaro S.S (ayol) 2020-yilda tugʻilgan farzandi MTMda tarbiyachi tomonidan kaltaklanganligi toʻgʻrisidagi ariza bilan 17-dekabr kuni murojaat qilgan.
Buning asosida joriy yilning 22-noyabr kuni (videokameradagi qaydlar tekshiruvi asosida) Olmaliq shahar 19-sonli maktabgacha taʼlim muasasasi tarbiyachisi D.Q tarbiyalanuvchi S.A (2020-yilda tugʻilgan oʻgʻil bola) ga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan A.S ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Shu bilan birga, kasbiy majburiyatlarini buzgan tarbiyachi D.Q ga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazosi qoʻllanilgan.

🌀Tergovga qadar tekshiruvi natijasiga koʻra holatga huquqiy baho berilishi yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

❗️Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o’z kuzatuvini davom ettiradi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#monitoring #ayollar_koloniyasi #Bolalar_ombudsmani

🏢 Bugun Zangiota tumanidagi jazoni ijro etish ayollar koloniyasiga navbatdagi monitoring tashrifini amalga oshirdik.

🖇️ Monitoring davomida voyaga yetmagan qizlarni bu yerda saqlanishi sharoitlari, xususan, ta’lim olish, kasbga o‘rgatish va tarbiyaviy jarayoni qonunchilikda o‘rnatilgan talablarga rioya etib tashkil etilganini atroflicha ko‘zdan kechirdik.

📝 Monitoringda voyaga yetmagan qizlarning har biri bilan individual suhbat o‘tkazib, ularning ehtiyojlari va fikrini o‘rgandik, jazo o‘tashga oid hujjatlar bilan tanishdik hamda yaqinlar bilan uchrashuvlar uchun yaratilgan sharoitlarni tekshirdik.

📍Shuningdek, koloniyada tashkil etilgan Bolalar uyida saqlanayotgan go‘daklar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish, ovqatlanish, yotoq, sanitariya-gigiyena sharoitlari minimal standartlarga rioya etgan holda tashkil etilganligi darajasi o‘rganildi.

Jumladan, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor mahkumalar bilan o‘tkazilgan jamoaviy va individual suhbatlar orqali ularning ehtiyojlari va mavjud muammolarga oid fikrini eshitdik ☑️.

📌 Xususan, mazkur mahkumalarning aksariyati yosh bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar hukm ijrosini kechiktirish, 3 yoshga to‘lmagan bolalarni saqlash sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarda ko‘mak so‘radilar.

📦 Aytish kerakki, Zangiota tumanidagi ayollar koloniyasida ham Bolalar ombudsmani qutisi o‘rnatilgan bo‘lib, voyaga yetmagan qizlar har qanday mazmundagi murojaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bolalar ombudsmaniga yo‘llashlari mumkin.

🔍 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar hamda koloniyadagi shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan mas’ullarga zaruriy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, monitoring natijasi yuzasidan Bolalar ombudsmani tegishli ta’sir hujjatlari kiritilishi ta’minlanadi
.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
⚡️Bugun Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz va Bolalar ombudsmani tomonidan “Inson huquqlari bolalar nigohida” mavzusida oʻtkazilgan respublika tanlovi gʻoliblari boʻlgan bolajonlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 📣Tanlovga 2024-yil fevral oyida start…
📌 Yodingizda bo‘lsa, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz va Bolalar ombudsmani tomonidan "Inson huquqlari bolalar nigohida" nomli ko'rik-tanlovi o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabar bergandik.

📸 Mazkur tanlovda mukofotlangan bolajonlar iste'dodi namunalari bilan tanishishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎄Bugun Toshkent shahar prokuraturasida ijtimoiy zaif va migratsiyadan qaytgan fuqarolarimiz oilalari farzandlari uchun bayram tadbiri uyushtirildi.

🇺🇿Dastavval Shahar prokurori E.Yuldashev bolalarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutlab, o‘z samimiy tilaklarini bildirdi.

Bolalar ombudsmani ham o‘z so’zida bola manfaatlari hamisha davlat va qonun himoyasida ekanligi, bolalarning xavfsiz, farovon xayotini ta’minlash har birimizning asosiy vazifamiz ekanligini ta’kidladi va barcha bolalarni Yangi yil bilan samimiy tabrikladi.

🎁Tadbir dasturi doirasida bolalarga bayram sovg‘alari (shirinliklar va issiq kiyimlar to‘plami) taqdim etilib, qorbobo va qorqiz ishtirokida bayramona ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

🌲Bayram bolalarni poytaxt markazida o‘rnatilgan archa va madaniy ko‘ngilochar maskanlardagi tomoshalarga olib borish bilan davom etdi.

Bugungi bayramona uchrashuvga kelgan bolajonlarni yuzidagi tabassum va ko‘zidagi quvonchni ko‘rish o‘zgacha quvonarlidir.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM