Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.06K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#bolalar_ombudsmani
#bola_huquqlari
#bola_manfaatlari

Bugungi kunda bola huquqlarini himoya qilishga oid davlat siyosati sohada ko‘plab dolzarb masalalarni hal etishni taqozo etmoqda. Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) etib saylanish ortidan shunday ulkan mas’uliyat zimmamga yuklanayapti.

📌 O‘tgan qisqa davr ichida davlatimizda bola huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bolalarni majburiy mehnatga jalb qilinmasligidan tortib turli zo‘ravonliklarga chek qo‘yish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralar ko‘rildi.

🖇 Shu bilan birga, bugun bolalarning shaxsiy va ijtimoiy huquqlari:
– uzluksiz va sifatli ta’limga bo‘lgan huquqi;
– hayoti va sog‘lig‘i uchun;
– jismoniy va ma’naviy salomatligi uchun xavfsiz shart-sharoitga bo‘lgan huquqi va boshqa ajralmas kafolatlarini ta’minlash mexanizmi yanada izchil va ta’sirchan tashkil etilishi zarur.

Bu borada Bolalar ombudsmanining birlamchi vazifasi – bola manfaatlariga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini olib borish bo‘lib, mazkur jarayonda:
▫️Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlangan bola huquqlari ta’minlanishi darajasi qanday?
▫️Bolalar manfaatlariga rioya etishda bugungi kunda alohida e’tibor qaratishni talab etadigan tizimli muammolar va ularning yechimlari nimadan iborat?

Aynan ana shu masalalar faoliyatimizning asosiy funksional yo‘nalishini belgilaydi.

Albatta, bola huquqlarini himoya qilish sohasida parlament, mutasaddi davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, faol jamoatchilik vakillari va OAV – barchamiz bor sa’y-harakatlarni birlashtirishimiz muhim.

Shu nuqtai nazardan Bolalar ombudsmani farzandlarimiz manfaatlariga e’tiborsiz bo‘lmagan jamiyatimizning har qanday faol a’zolari bilan hamkorlikka va muloqotga ochiqdir.

Shubhasiz, bolalar manfaatlarini himoya qilish vazifasi – ulkan mas’uliyat, lekin shu bilan birga, sharafli missiya hamdir. Mazkur vazifaga munosib bo‘lish uchun jamoamiz bilan barcha kuch va imkoniyatni ishga solamiz.
#rasmiy_munosabat #Xorazm #bola_huquqlari

‼️Xorazmdagi maktabda o‘quvchining kaltaklangani holati Bolalar Ombudsmani nazoratiga olindi.

2023-yil 30-oktabr Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi o‘qituvchisi Q.X. o‘quvchi M.B.ni kaltaklagani holati Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

O‘qituvchi tomonidan bolaga nisbatan bunday noma’qul muomalada bo‘lishi, uni urishi, tahqirlashiga hech bir holatda mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu borada bolaning manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur bo‘lgan barcha choralar ko‘riladi.

🛡Mazkur holat bo‘yicha Bog‘ot tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv tayinlangan.
 
Facebook|telegram
#rasmiy_munosabat #Xorazm #bola_huquqlari

⚡️Xorazm viloyati, Xonqa tumanida yashovchi R.A. tomonidan go‘dak farzandiga nisbatan baqirib tazyiq o‘tkazishi va urishi holati Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

‼️ Mazkur holat bo‘yicha Xonqa tumani Ichki ishlar bo‘limi tergovga qadar tekshiruv boshlagan bo‘lib, uning doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bola_huquqlari #Konvensiya #bolalar_ombudsmani

📃BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasining 16-moddasi:

Birorta bola uning shaxsiy hayot, oilaviy hayot, uy-joy daxlsizligi yoki pochta orqali yuboriladigan narsalarning maxfiyligiga bo'lgan huquqi amalga oshirilishiga o'zboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha’ni va obro'siga g'ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo'lishi mumkin emas.

___________________

📃 Статья 16 Конвенции ООН о правах ребёнка:

"Ни один ребенок не может быть объектом произвольного или незаконного вмешательства в осуществление его права на личную жизнь, семейную жизнь, неприкосновенность жилища или тайну корреспонденции, или незаконного посягательства на его честь и репутацию".

Telegram|Facebook|Instagram
#rasmiy_munosabat #Andijon #bola_huquqlari

⚡️ Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan Muruvvat uyida himoyaga muhtoj bolalarga nisbatan tazyiq o‘tkazish va kaltaklash holati Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

📌 Ushbu holat Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi hamda tuman IIB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida o‘rganilib, "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyi tarbiyalanuvchisi 01.02.2014-yilda tug‘ilgan A.Yu. internat uyida 2012-yildan buyon kichik tibbiyot xodimi enaga bo‘lib ishlovchi M.D. tomonidan kaltaklanganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari davom etmoqda

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
‼️Qator internet resurslarida va ijtimoiy tarmoqlarda xonadon hovlisida yosh bolani ayovsiz kaltaklayotgan ayol aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha zudlik bilan Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB tezkor tergov guruhi voqea joyida hozir…
#bola_huquqlari #Konvensiya #bolalar_ombudsmani

📃BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasining 19-moddasi:

Bolani jismoniy va ruhiy zo’ravonlikning turli shakllaridan, xaqoratlash va suiiste’molliklar, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo‘lish, qo‘pol muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan ekspluatatsiya qilishdan, jumladan, shahvoniy suiiste’molliklardan himoyalash maqsadida davlat tomonidan barcha zarur qonuniy, ma’muriy, ijtimoiy va ma’rifiy chora-tadbirlar ko‘rilishi zarur.

____________________

📃Статья 19 Конвенции ООН о правах ребёнка:

Государство обязано предпринять законодательные, административные, социальные и просветительные меры с целью защиты ребенка от всех форм физического или психологического насилия, оскорбления или злоупотребления, отсутствия заботы или небрежного обращения, грубого обращения или эксплуатации со стороны родителей, законных опекунов или любого другого лица, заботящегося о ребёнке.

Telegram|Facebook|Instagram
#rasmiy_munosabat #Chilonzortumani #bola_huquqlari

⚡️Qator internet resurslarida va ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar o‘quvchini ayovsiz kaltaklayotgan maktab direktori aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan aniqlanishicha, 217-sonli umumta’lim maktabning 8 “V” sinf o‘quvchisi A.M. sinfdoshi bilan sinf xonasida o‘zaro janjallashgani bo‘yicha maktab direktori Sh.Ya. o‘quvchilarni o‘z xizmat xonasida ularning yuzi va tanasining boshqa joylariga qo‘li va oyog‘i bilan urib tan jarohati yetkazgan‼️

🛡Yuqoridagilarga ko‘ra, 217-sonli maktab direktori Sh.Yа. ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Bundan tashqari, 217-sonli maktab direktori Sh.Yа. ga nisbatan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga, maktab direktorining ushbu hatti-harakatlarini to‘xtatish choralarini ko‘rmaganligi uchun Chilonzor tuman IIO FMB profilaktika inspektoriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
#rasmiy_munosabat #bola_huquqlari

⚡️⚡️ Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan «Logo bilim» ta’lim markazida, pedagog 2019-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi M.B ni urgan holda olib borayotgan mashg‘uloti yuzasidan Bolalar ombudsmaniga bolaning onasi X.D.ning murojaati kelib tushdi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi va u yuzasidan tuman IIB tomonidan bugun 5-dekabr kuni tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi.

O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan bolaga nisbatan bunday pedagogika zid harakatlarga yo‘l qo‘ygan mutaxassis hozirda ishdan bo‘shatilgan bo‘lib, uning harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda

Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan bunday nomaqbul muomalada bo‘lish holatlari Bolalar ombudsmani nazoratida va ular yuzasidan qonuniy tartibda chora ko‘rish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda tizimli ravishda ish olib borilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram
#memorandum #bola_huquqlari #huquqiy_savodxonlik

🖇 Mamlakatimizda bolalarning huquqiy bilimlarini hamda huquqiy ong darajasini oshirish, muhimi esa, ularda qonunga hurmat, huquq buzilishi holatlariga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan manzilli ishlar olib borilmoqda.

📌 Mazkur ishlarni samarasi va ta’sirchanligini oshirish maqsadida bugun Bolalar ombudsmani va Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va anglashuv Memorandumi imzolandi🤝.

📄Memorandumda:

✔️ Bola huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, shuningdek bu borada o‘zaro monitoringlar o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

✔️ Bolalar ta’lim olishiga to‘sqinlik qilayotgan hamda o‘quvchilar o‘rtasida nazoratsizlikni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda choralar ko‘rish;

✔️ Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining asl sabablaridan kelib chiqqan holda uning barvaqt oldini olish bo‘yicha fundamental ilmiy amaliy tadqiqotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bunday hamkorlik bolalar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish borasida o‘zining samarasi va ijobiy natijasini berishiga ishonamiz.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_huquqlari

📌 Kecha Bolalar ombudsmani iyul oyidagi o‘zining beshinchi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

👫 Qabul davomida nafaqat ota-onalari yoki boshqa yaqinlari, balki bolalarning o‘zlari ham kelib, huquqlari buzilayotganligi yuzasidan murojaat qildilar.

📍Xususan,

1️⃣ 12 yoshli qiz sudda ota-onalardan qay biri bilan yashash borasidagi qat’iy fikri inobatga olinmaganligi yuzasidan;

2️⃣ mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetib, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda qator muammolarga duch kelayotganligiga oid;

3️⃣ o‘g‘li Koreya Respublikasida ish joyida fojea sabab vafot etganligi, ish beruvchi ajratgan kompensatsiya puli esa nevaralariga topshirilmay, kelinining qarindoshlari tomonidan ishlatib yuborilganligi yuzasidan;

4️⃣ sobiq turmush o‘rtog‘i bo‘lgan ayol ikki nafar farzandini mutassil ravishda kaltaklab, tazyiq o‘tkazib kelayotganligi yuzasidan;

5️⃣ bolani kim bilan yashash masalasini sud hali hal etmay, ayol farzandini turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatmayotganligi, ota bolaning salomatligi va ahvolidan xabar ololmayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan har bitta murojaat bo‘yicha mas’ul idoralar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi boshlandi✔️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani

Bolalar ombudsmani shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida qanday huquqlarga ega

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani

🗓️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan yoz oyidagi so‘nggi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🗣️ Qabul davomida:

1️⃣ bolaga onasi tomonidan sodir etilayotgan g‘ayriqonuniy harakatlar, xususan, mutassil qiynash, urish, haqoratlash kabi holatlarga chek qo‘yish maqsadida onalik huquqini cheklashga oid;

2️⃣ bolaga noto‘g‘ri tashhis bo‘yicha tibbiy davolash kursi o‘tkazilgani oqibatida uning ahvoli yomonlashib borayotganligi yuzasidan;

3️⃣ qizining vafotidan so‘ng ayol voyaga yetmagan nevaralarini ularning yaqin qarindoshi sifatida o‘z qaramog‘iga olishga oid nizo yuzasidan;

4️⃣ mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetib, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda qator muammolarga duch kelayotganligiga oid;

5️⃣ ota-ona ajrimidan so‘ng bolaning otasi va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi, bola nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotganligi va yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmasligiga oid;

6️⃣ bolalarga ona tomonidan mutassil ravishda maishiy zo‘ravonlik o‘tkazib kelinganligi, sudda 12 va 13 yoshdagi bolalarning kim bilan yashash masalasi yuzasidan fikrlari inobatga olinmayotganligi yuzasidan;

7️⃣ davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qituvchi va direktor tomonidan 1-sinf o‘quvchilariga ruhiy zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazib kelinayotganligi, shuningdek, maktab ma’muriyati tomonidan go‘yoki maktab sharoitini yaxshilash maqsadida ota-onalardan muttasil pul yig‘ilayotganligiga oid;

8️⃣ oilaviy nizo sabab ayol farzandi otasiga va uning yaqin qarindoshlariga ko‘rsatmayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🖇️ Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan kuz oyidagi ilk shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🖇 Qabul davomida:

▫️ona vafotidan so‘ng voyaga yetmagan qiz Rossiya Federatsiyasida buvisi qaramog‘iga topshirilganligi, lekin qizning o‘zi O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan otasi bilan yashashni istayotganligi yuzasidan;

▪️nabirasini maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun onlayn ro‘yxatga qo‘yilib, navbati kelgan bo‘lsada, elektron bazada navbati ancha pastga tushib qolganligi tufayli bolani bog‘chaga berish kechikayotganiga oid;

▫️bir necha yil avval ona o‘z farzandidan voz kechib, bolani otasiga tashlab ketganligi, endilikda farzandini o‘z qaramog‘iga olmoqchi bo‘layotganligi yuzasidan;

▪️oilaviy nizo tufayli ota 3 nafar farzandini onasi bilan uydan haydab yuborgani, bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqlari buzilayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

📝 Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli idoralar tomonidan chora ko‘rish va bolaning buzilgan huquqlari tiklanishiga oid amaliy jarayon boshlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_huquqlari #murojaatlar

📌 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

📒 Qabul davomida:

✔️ ta’lim muassasasida o‘smir qizga sinfdoshlari tomonidan ruhiy bosim va tazyiq (bulling) o‘tkazib kelinganligi, o‘quvchilar tomonidan internetda asossiz, qizning sha’ni va qadr-qimmatiga zid bo‘lgan xabarlar tarqatilganligi, mazkur bulling oqibatida qiz o‘z joniga qasd qilishga uringanligi yuzasidan;

✔️ Otaning 2 nafar qizi RFning Yekaterinburg shahriga ko‘chib ketganligi, yangi maktabga joylashishda ma’muriyat avvalgi maktabdan ma’lumotnoma so‘rayotganligi, lekin ushbu hujjatni olishda hozirda muammoga duch kelayotganligiga oid;

✔️ Ota ko‘p yillar davomida bolaning hayotida ishtirok etmay kelganligi, otalik majburiyatlarini bajarmayotganligi, mutassil ichkilikbozlikka mubtalo bo‘lganligi sababli uni otalik huquqidan mahrum qilish masalasiga oid;

✔️ Xususiy tibbiy markaz defektologi nogironligi bo‘lgan bolani urib mashg‘ulot o‘tkazishi yuzasidan;

✔️ bolaning o‘z yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqini buzilishiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani tegishli idoralarni jalb qilgan holda tizimli ravishda o‘rganishni boshladi

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_huquqlari #bola_manfaatlari

🗣️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🖇️ Qabul davomida:

1️⃣ Voyaga yetmagan qizni bexabarligidan foydalanib, yaqin qarindoshi uni o‘z jinoyatiga ko‘makka jalb qilganligi yuzasidan;

2️⃣ Turli asossiz vajlar bilan qizlarini 3 yildan beri maktabga qo‘ymay, ularni ta’limga bo‘lgan huquqini buzayotgan ota-onaga jiddiy chora ko‘rish zarurligiga oid;

3️⃣ Ota-ona ajrimidan so‘ng bolani yashash joyini belgilash va yaqin qarindoshlari bilan uchrashish huquqi buzilayotganligi yuzasidan;

4️⃣ Logoped-defektolog muolajadan so‘ng qo‘pol harakatlar bilan bolaga zarar yetkazganligiga oid;

5️⃣ Oilaviy nizo tufayli ota 3 nafar kichik yoshdagi farzandini olib ketib, ularni onasi bilan ko‘rishishga to‘sqinlik qilayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Mazkur holatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganishni boshladi☑️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#murojaat #bola_huquqlari #moddiy_yordam

🖇 Bolalar ombudsmaniga IIV huzuridagi ikkinchi mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan Sh.X. (ayol) dan murojaat kelib tushdi.

📃 Murojaatda Sh.X. sodir etgan jinoyati tergovi doirasida hozirda mazkur tergov hibsxonasida saqlanayotganligi, oilada yolg‘iz boquvchi ekanligi, voyaga yetmagan farzandi M.X. (2022-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) nafaqada bo‘lgan ota-onasining qaramog‘ida qolganligi, farzandi tug‘ma xastaligi, o‘g‘liga tibbiy, moddiy, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatilishini yoki vaqtincha davlat qaramog‘iga olinishini so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘rganildi

📌 O‘rganish davomida kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan oilaga ijtimoiy ish bo‘yicha keys ochilib, shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ajratish choralari ko‘rildi. Voyaga yetmagan M.X. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan buvisi X.M. ga patronatga topshirildi (moddiy ta'minot nazarda tutilgan).

O‘z navbatida, Bolalar ombudsmani mazkur vaziyatda bola manfaatlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi☑️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu
#bola_huquqlari

🚨Mavzu: “Bolalar huquqlari va ta’limda ota-onalarning javobgarligini oshirish”

🎥Bolalarning ta’lim olishlari va ta’lim tizimidagi islohotlar doirasida ota-onalarning javobgarligi va mas’uliyatini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar borasida "O‘zbekiston 24" telekanalida "Maxsus reportaj" dasturining navbatdagi sonida tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM