Yoshlar ishlari agentligi
104K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
😊” Mutolaa” loyihasining taqdimoti o’tkazildi

Bugun,Yoshlar ishlar agentligi tomonidan yo’lga qo’yilgan “Mutolaa” loyihasining keng ko‘lamdagi taqdimoti va “Qo‘rqma” asariga ishlangan hujjatli film premyerasi bo’lib o’tdi.

Loyiha taqdimotiga jamoatchilik faollari, adabiyotshunoslar, yozuvchilar, shoirlar, nashriyot vakillari, faxriy mehmonlar hamda OAV vakillari tashrif buyurishdi. Tadbir teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi bilan boshlanib, ilovaning keng qamrovli taqdimoti amalga oshirildi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi va buguncha erishgan natijalari haqida 👉 batafsil.

📹“Qo‘rqma” filmini YouTube kanalida tomosha qiling

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ota-onang bag‘rida tinch-omon yurganga yetmaydi…”

Yoshlarga dehqonchilik qilishlari uchun yer maydonlari ajratib berish davom etmoqda. Jumladan, Koson tumani, “Tinchlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Xushvaqtov Madaminga eksportbop mahsulotlarni yetishtirish uchun 1 gektar yer maydoni ajratildi.

📹Vatan sog‘inchi bilan o‘z mahallasiga qaytgan qahramonimiz hikoyasini tinglang!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓1-maydan boshlab Toshkentda “Bitiruvchi va talaba yoshlar-2024” loyihasiga start beriladi

Loyiha 1 milliondan ziyod yoshlarni 60 dan ortiq tadbirlar bilan qarshi oladi. Unda bandlikka ko‘maklashish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni IT va zamonaviy sohalarga yo‘naltirish, ilm-fan va til o‘rganishlariga keng imkoniyat yaratish, madaniyat, sport sohalaridagi bir-biridan qiziqarli tadbirlar o‘rin olgan.

Batafsil
@talaba_bitiruvchi_bot

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️TOP-100 Yoshlar yetakchilari reytingi!

2024-yilning 1-choragi davomida mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan Yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingi aniqlandi.

Mazkur reyting natijalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 92-sonli qarori hamda PF-209-sonida belgilangan vazifalarni sifatli va yuqori darajada bajarganligiga qarab belgilangan. Ushbu reyting natijalari har chorakda yangilab boriladi.

🏆 Mazkur yoshlar yetakchilari bugungi kunda mahalla tizimida bor kuch-imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanib yoshlarning haqiqiy yetakchisi bo’lib mehnat qilayotgan yosh kadrlar deyishimiz mumkin.

#TOPreyting

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Mutolaa” haftaligi

🔶“Qo‘rqma” hujjatli film namoyishi mamlakatimiz bo’ylab davom etmoqda. Ushbu film “Mutolaa” loyihasining kitob-kino yo‘nalishida suratga olingan bo‘lib, 2021-yil O‘zbekistonning bestseller kitobi bo‘lgan Javlon Jovliyevning “Qo’rqma” nomli asariga asoslanadi.

📹Xususan, xorazmlik yoshlar, ochiq osmon ostida tashkil etilgan manzilda 29-apreldan 4-mayga qadar mazkur hujjatli filmni tomosha qilishlari mumkin.

📹Filmni YouTube kanali orqali ko‘rish

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Harbiy-sport musobaqalari davom etmoqda

⭐️Avval xabar berganimizdek, yurtimiz yoshlari uchun 10 ta tanlov va musobaqalarni o’z ichiga olgan “Shunqorlar” harbiy-vatanparvarlik tadbirlari bo’lib o’tmoqda.

⭐️Birgina “Yosh gvardiyachilar – 2024” harbiy-sport musobaqalari 120 mingga yaqin yoshlarni qamrab olgan. Ushbu yo’nalishning respublika bosqichi g’oliblari milliy gvardiyaning hududiy tuman va shahar bo‘limlariga navbat bilan ishga olinishi muhim ahamiyatga ega.

📹Tafsilotlar Farg‘ona viloyatidagi musobaqa jarayonlaridan

#yoshgvardiyachilar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆Iste’dod egalarini final bosqichi kutmoqda

🖐Mahalla yoshlarini katta sahnalarga olib chiqayotgan “Yoshlar ovozi” tanlovining hududiy bosqichi g’oliblari aniqlanmoqda. Tanlov an’anaviy ijro, baxshichilik, opera va estrada yo’nalishlarida tashkil etilgan.

Ma’lumot o’rnida, tanlovning respublika bosqichi 9-16-may kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasida o’tkaziladi. Har bir yo’nalish va yosh toifasida 1-o’ringa 50 million so’m, 2-o’ringa 30 million so’m hamda 3-o’ringa 20 million so’m pul mukofoti beriladi.

📹Yuqoridagi lavhalarda Samarqand viloyatining hududiy bosqichi jarayonlarini ko’rishingiz mumkin

#Beshtashabbusolimpiadasi #yoshlarovozi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga tabrik yo‘lladi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli kitobxonlar, saralash bosqichiga tayyormisiz?

📚Kitobxonlarimiz uchun navbatdagi imkoniyat. Bugun, soat 14:00da “Zukko kitobxon” tanlovining saralash bosqichi boshlanadi. Saralash bosqichi test shaklida o’tkaziladi va davomiyligi 3 soatni tashkil etiladi.

📝Testlar @kitobxontestbot orqali onlayn bo’lib o’tadi.

📚 Aprel oyidagi kitoblar ro’yxati

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“To‘xtab qolmasdan doim olg‘a intilish kerak…”

Doimo olg‘a intilishni o‘ziga shior qilgan buxorolik Zulfiya Xudoyorova “Turkiston” mahallasida istiqomat qilib kelmoqda. Unga 2024-yilning birinchi choragida mahalla yoshlar yetakchisining yordami bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilib, imtiyozli kredit asosida overlok va ikkita tikuv mashinasi olib berilgan.

📹Yuqoridagi lavhalarda ishni bitta tikuv mashinasi bilan boshlab, hozirda 4 xil turdagi tikuv mashinasiga ega qahramonimiz, bu natijaga faqatgina harakat va mehnat bilan erishgani haqida so‘zladi.

#yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM