Yoshlar ishlari agentligi
104K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.28K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Navoiy viloyati yoshlariga qanday imkoniyatlar yaratilgan?

30-yanvar kuni Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi” binosida tashkil etilgan press-turda OAVlar, jurnalistlar va blogerlarga viloyatda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Yoshlar markazida o’tkazilgan press-turda yoshlarga yaratilgan sharoitlar, xususan 16 ta bepul to‘g‘araklar faoliyati batafsil yoritildi. Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan hududlarda tashkil etilgan “Yoshlar media markazi”ning eng kattasi Navoiy viloyatida faoliyat olib borayotgani ham e’tiborga loyiq. 2023-yil davomida media markazda 1200 dan ortiq yoshlar bilan bog’liq yangiliklar, koʻrsatuvlar hamda ijtimoiy roliklar tayyorlangan.

Batafsil 👉 havolada

#Navoiy #YoshlarMarkazi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Andijonda yoshlar festivalining 1-kuni

Bugun Andijon viloyatida “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” munosabati bilan tashkil etilgan festivalining 1-kuni yakunlandi. Festival doirasida yoshlar uchun bir qancha loyihalar, ochiq muloqotlar, sport musobalari va yoshlar o’rtasida vatanparvarlik ruhini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

Shu bilan bir qatorda viloyat hokimi ishtirokida “Hokim va sardorlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida yoshlar o’zlarining orzu-intilishlari, kelgusidagi rejalari hamda “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini yanada rivojlantirish bilan bogʻliq takliflarini bildirishdi.

#Andijon #Yoshlarfestivali

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷 Turkiya Respublikasi “T3 Vakfi” fondining boshqaruv raisi Elvan Kuzuchu Xidir O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Fond raisi tashrif davomida Poytaxtimizdagi “Kreativ park” va “IT park” faoliyati bilan tanishdi. Nufuzli mehmon Turin Politexnika universiteti talabalari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab talaba-o‘quvchilari bilan uchrashib, ularga “T3 Vakfi” fondi va "Teknofest 2024" tanlovi haqida ma'lumot berdi.

🚀 Uchrashuvlar doirasida “T3 Vakfi” fondining boshqaruv raisi "Teknofest 2024" arizalar qabuli boshlangani munosabati bilan, tanlovda maktab va o‘rta maxsus taʼlim yo‘nalishidagi yurtimiz bitiruvchi yoshlarni qatnashishga chorladi.

#Teknofest2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM